Adabiy matn yuzasidan o'tkaziladigan seminar mashg'ulotlari

Adabiy matn yuzasidan o'tkaziladigan seminar mashg'ulotlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiy matn yuzasidan o'tkaziladigan seminar mashg'ulotlari - rasmi

Material tavsifi

Adabiy matn yuzasidan o'tkaziladigan seminar mashg'ulotlari Reja: Seminar haqida tushuncha Seminar mashg'ulotlarini o'tkazish yo'nalishlari Adabiy materiallarni o'rganishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Ta'lim rus tilida olib boriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'zbek adabiyoti namunalarini o'rganish yuzasidan tashkil etiladigan seminar-darslar o'quvchilarning ijodiy faolligini uyg'otishda, o'zbek tilida badiiy asarlardan olingan parchalarni qo'shimcha ravishda o'qishlarini tashkil etishda ulkan imkoniyatlarga ega. Bunday darslar orqali milliy ma'naviyat tarbiyasini amalga oshirish talab etilgan asarlar minimumini o'qib borish uchun, zamon bilan ulgurib hamnafaslikda yangi adabiyotlarni bilan tanishish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Uroki russkogo yazika i literaturi v natsionalnoy shkole nomli qo'llanmada seminar mashg'ulotlari o'tilgan materiallarni nazariy umumlashtirish, o'quvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etish maqsadi bilan tashkil etish mo'ljallanadi Shuning uchun ularni dasturning asosiy bo'limlari o'tib bo'lingandan keyin o'tkazish tavsiya etiladi. O'zbek tili mashg'ulotlarida bunday bo'limlar ajratilmaydi, shu bois seminarlarni o'tkazishdan ko'zlanadigan maqsad qo'shimcha ravishda tanlangan adabiy materiallar ustida ishlash sanalishi mumkin. Metodist olim L.T.Tkachenko darslikdagi axborot (matnlar mazmuni deyilmoqchi - maqola muallifi) eskirib boradigan bo'lgani uchun uni leksiya tariqasida o'tiladigan material bilan almashtirish taqozo etiladi, degan fikrni ilgari suradi Uning seminar-dars, zachyot-dars, konferensiya-dars, bahs-munozara darsi kabi dars turlari haqidagi tavsiyalari ham shu maqsad uchun xizmat qiladi. Seminar - qadimgi lotin tilidan olingan bo'lib, nihol, ko'chat ma'nosini anglatadi. Aftidan, qadimgi faylasuflar shogirdlarini o'zlariga kelgusida meva beradigan o'rinbosar, ko'chat (nihol) etib tayyorlash uchun doira shaklida atroflariga o'tirg'izganlar. Maktabda o'tkaziladigan seminar-darsning maqsadi uni yuqoridagi kabi tushunishdan birmuncha farq qiladi. Lekin mohiyatan bo'lg'usi nihollarni tarbiyalash maqsadidan ham yiroq emas. Zero, maktab o'quvchilarni oliy o'quv yurtidagi, ishlab chiqarishdagi mustaqil faoliyatga tayyorlaydi, binobarin ular seminarga duch keladilar. Seminar-darslarning o'z, alohida shakli bor. Seminarlarning uch xil ko'rinishini (faoliyat tavsifiga ko'ra) ajratish mumkin: 1) oldindan berib qo'yilgan savollar bo'yicha o'quvchilarning kengaytirilgan chiqishlari; 2) o'quvilarning referatlari yoki ma'ruzalarining muhokamasi; 3) disput Ta'kidlash joizki, seminar-darsni yuqori sinf o'quvchilari bilan o'tkazish mumkin. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil etish ayni muddaodir. Maktabda ham, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtida ham o'quvchilar mustaqil faoliyatga o'rgatiladi, shu maqsadda darsning seminar shaklidan foydalaniladi. O'zbek tili mashg'ulotida, aksariyat metodistlar ogohlantirganlaridek, seminarning formal o'tishi uchun imkon yo'q: o'quvchilar o'zlari tayyorlaydigan ma'ruza yoki referatni darslikda bo'lmagani uchun ko'chira olmaydilar. Ma'ruza yoki referat o'quvchining o'zi tomonidan tayyorlanadi, mustaqil ijodiy fikrlash mahsuli sifatida taqdim etiladi. Aktivniye formi prepodavaniya literaturi: leksii i seminari na urokax v starshix klassax qo'llanmasida ta'kidlanganidek, bunda kitob bilan ishlash jarayoni kechadi. O'quvchi o'qilganlarni tahlil qiladi, muhim o'rinlarini va ma'ruza uchun kerak bo'lgan materiallarni ajratadi, tanlangan narsalarini joy-joyiga qo'yib chiqadi, bular haqidagi o'z fikrlarini bayon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 445.26 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 445.26 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga