Adabiy ta'lim metodlari

Adabiy ta'lim metodlari

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiy ta'lim metodlari - rasmi

Material tavsifi

Adabiy ta'lim metodlari. Reja: 1.Adabiy ta'lim metodinng o'quvchi faoliyati shakllanishidagi ahamiyati. 2.Adabiy ta'lim metodini asoslash negizlari. 3.Adabiy ta'lim metodlari va ularning tarkibi. Adabiyot o'quv fani sifatida murakkab,ko'p qirrali mazmunga ega bo'lganligi sababli,darsda o'quvchilarning estetik ,axloqiy va aqliy taraqqiyotiga,bilimlarni ongli,chuqur va puxta egallashlariga,ularda bilish va anglash ko'nikmalarini o'stirishga yordam beradigan usul va uslublar qo'llaniladi.Masalan,o'qiyuvchi,ijodiy o'qish,evristik,tadqiqot,reproduktiv usullarini qo'llaydi. Adabiyotni o'quv fani sifatida o'rganishning birinchi bosqichi-badiiy asarni o'zlashtirishdi.O'qituvchi o'quvchini badiiy asar orqali hayot bilan tanishtiradi,unda hayotni ko'rish va anglashga qiziqish hissini o'stiradi.Ko'rish va anglash asarni chuqur,ijodiy o'zlashtirishning zaruriy shartidir. O'quvchniing shaxsiy ijodiy tajribasi,ijodiy o'qish usuli bu shartlarni amalga oshirishga katta yordam beradi.Badiiy asarni o'qish ilmiy va publisistik asarlarni o'qishdan sifat jihatdan farq qiladi.Ijodiy o'qish so'zga,jumlaga,vaznga alohida e'tibor berishni talab qiladi. Ijodiy o'qish usuli adabiyotga xos usuldir.Chunki,adabiyot fanining muhim qismi so'z san'atidir.O'quvchida badiiy asar vositasida badiiy didni rivojlantirish,badiiy kechinma va qobiliyat hosil qilish va o'stirish ijodiy o'qish usulining asosiy xususiyatdir.O'quvchi badiiy so'zni tinglashni,qadrlashni,undan zavqlanishini,ifodali so'zlash va yozishni bilishi kerak.Ijodiy o'qish o'quvchilarda ana shu ko'nikmalarni o'stirishni ta'minlaydi. Badiiy qabul qilish,estetik zavqlanish adabiyotni ilmiy asosda anglashda birinchi va muhim bosqich hisoblanadi.Chunki badiiy qabul qilish va estetik zavqlanish orqali asar obrazlari,til xususiyati o'zlashtiriladi. Ijodiy o'qish usuli quyidagi ta'lim usullarida qo'llaniladi. 1.O'qituvchining ifodali o'qishida ,badiiy so'z ustalarining o'qishida ,aktyorlarning pesadan ayrim parcha,ko'rinishlarni ijro etishida . 2.O'quvchilarning ifodali o'qishida,o'qituvchining badiiy asarni sharh bilan o'qishida va asardagi nafosatni ko'rsatish maqsadida qiladigan qisqacha nutqida. 3.Asarni o'qish bilan o'quvchilarda hosil bo'lgan tasavvurni faollashtirish maqsadida suhbat o'tkazishda. 4.Asarni o'qish natijasida yuzaga kelgan va o'quvchilarning anglash faoliyatini rivojlantirish niyatida qo'yilgan masalalarni muhokama qilishda. 5.Asar tahlilidan keyin o'quvchning badiiy tasavvurini kuchaytirish yoki umlashtirish maqsadida o'tkazilgan suhbatda,o'qituvchining yakunlovchi nutqida. 6.Hayotiy kuzatishlar va asar matni bo'yicha ijodiy topshiriqlarni muhokama qilishda. Bu usullar o'quvchilarning o'qish faoliyatida quyidagi ish turlarini faollashtirishni taqozo qiladi: -badiiy asarni sinfda va uyda o'qish; -asarni uning xususiyatiga e'tibor bergan holda ifodali o'qishni,yoddan o'qishni; -lavhalarni jonli,obrazli tushunishga yordam beradigan sarlavha topish va reja tuzishni; -matnga yaqin qilib qayta hikoyalashni,badiiy hikoyalashni; -ssenariylar tuzish,o'qilgan asar mazmuniga doir rasmlar chizishni; -o'qilgan kitob,ko'rilgan kinokartina,teatr,teletomosha haqida qisqacha taqriz yozishni; -asarga doir rasmlar haqida fikr bildirishni,rasm,xotira asosida turli janrda insho yozishni. Darsda qo''lanilgan har bir usul o'quvchilar faoliyatida u yoki bu ish turini yuzaga keltiradi,o'qituvchi o'quvchilar faoliyatida yuzaga keltiradi,o'qituvchi o'quvchilar faoliyatida yuzaga kelgan bu ish turining tartibli rivojlanishiga rahbarlik qiladi. Adabiyotni o'quv fani sifatida o'rganishning keyingi ikkinchi bosqichida ham badiiy asar asosiy material sifatida o'rganiladi.Ammo bu bosqichda asar tanqidiy materiallar,shu sinf dasturida ko'rsatilgan nazariy yoki tarixiy materiallarga bog'liq va o'quvchilarning yoshi,bilim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 25.85 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:46 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 25.85 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga