Adabiy tanqid va publisistika Reja: Jamiyat ma'naviy taraqqiyotida publitsistika va adabiy tanqidning o'rni. Bugungi o'zbek publitsistikasida yoritilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy muammolar. Bugungi o'zbek adabiy tanqidchiligining etakchi muammolari. Adabiy tanqidchilikda mahorat masalasi talqini. Tayanch so'zlar: o'zbek nasri, she'riyati, tasvir uslublari, etakchi tamoyillar, taraqqiyot tendensiyalari, o'zbek publitsistikasi, tanqidchilik, ekologiya muammolari, ma'naviy-axloqiy muammolar, uslub va mahorat. Tavsiya qilinuvchi adabiyotlar: O.Tog'aev. O'zbek badiiy publitsistikasi. -T.: Fan. 1973. O.Tog'aev. Publitsistika janrlari. -T.: 1976. H.Karimov. Janrmi yoki uslub?. -T.: Fan. 1991. H.Karimov. Davr va inson -T.: Fan. 1992. U.Normatov. Umidbahsh tamoyillar. -T.: 2001. Istiqlol davri o'zbek publitsistikasining diqqat markazida zamon va zamondoshimiz hayoti, intilish kurashlari bilan bog'liq dolzarb ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy hamda maishiy muammolar ko'ndalang turdi. Bu davr publitsistikasida bozor iqtisodiga o'tish masalalari bilan bog'liq muammolarni yoritish; xalqimiz hayotidagina emas, balki butun jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish yo'lidagi kamchiliklarni, «soyalarni» fosh qilish; ekologiya masalalarini dadil ko'tarib chiqish; jamiyatning ma'naviy hayotini sog'lomlashtirish bilan bog'liq qator muammolarni tahlil qilish; insonning ruhiy, jismoniy va ma'naviy sog'lomligi uchun kurash ruhini ifodalash; diniy oqimlarga munosabat masalasini teran tahlil qilish etakchilik qiladi. Yoqubjon Xo'jamberdiev, Murod Abdullaev, Jumaniyoz Meliqulov, Karim Bahriev, Abdunabi Haydarov singari qator ijodkorlar o'zlarining o'tkir publitsistik ruhdagi maqolalari bilan jamiyatimiz ravnaqiga to'siq bo'layotgan illatlarni yo'qotishga qaratilgan fikr-mulohazalarini ilgari surganliklarini kuzatish mumkin. Xususan, Murod Abdullaevning «Ulug' Temurga alla aytgan yurt» (2006 yil, 3 noyabr. 2-bet, 44-son O'zAS) navqiron o'zbekning ham ko'hna ham durdona shaharlaridan biri - Nasaf shahrining 27 yillik to'yi munosabati bilan yozilgan bu maqolada obod, me'moriy obidalarga boy shahar misolida Respublikada amalga oshirilgan buyuk bunyodkorlik ishlari yoritilgan. Sherali Turdievning «Qutbiddin domla qismati» (2006 yil, 3 noyabr. O'zAS) ta'qib va quvg'inlar ostida yashagan urgutlik ulamo va olim Qutbiddin domla Muhiddinovning hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli mulohazalar, faktik ma'lumotlar berilgan; U.Normatovning «Bir asar tarixi» rukni ostidagi maqolasida A.Qahhorning «Yoshlar bilan suhbat» asari bilan bog'liq voqealar, adibning «ko'rguliklari» haqidagi xotiralari yozilgan. Istiqlol davri o'zbek publitsistikasi karvonboshlaridan biri M.Abdullaev hisoblanadi. Uning rang-barang mavzudagi publitsistik maqolalari janr ravnaqiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi, deyish mumkin. Uning «Dehqonboy boy bo'lsa» (2006 yil, 17 noyabr. 2-bet, 46-son O'zAS) maqolasida Zangiota tumanidagi «Turkiston» jamoa xo'jaligi hududidagi xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda qurilgan uch gektar maydondagi issiqxonalarda etishtirilgan bodring, pomidorlardan tashqari Xitoydan keltirilgan nok, olma daraxtlar ham o'stirilayotganligi haqidagi kuzatishlari yoritilgan bo'lib, ilg'or texnologiyalar asosida unumdorlikka intilgan xo'jalik a'zolarining samarali mehnati, izlanishlari ostida ezgu niyat: dehqoni boy yurtning xalqini farovon etish maqsadi yotganligi ochib berilgan. Maqolada minimal texnologiyalar va ixcham uskunalarni foydalanish orqali yuksak samaradorlikka erishish - elimizni farovon etish ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.24 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.24 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:46 ]
Arxiv ichida: doc