REJA: 1. Kirish. Adabiy tanqidchilikdagi janr va shakllarning o'ziga xos xususiyatlari va muammoli masalalari xususida. 2. Taqriz-adabiy tanqidchilikning qadimiy, hamisha navqiron janri. 3. Adabiy obzor janri haqida. 4. Problematik maqola tanqidchilik va adabiyotshunoslikning tayanch, asosiy janri. 5. Badia (esse) janri haqida tushuncha. 6. Tanqidiy -biografik ocherk janrining o'ziga xos xususiyatlari. 7. Ilmiy-biografik tadqiqot janri haqida. 8. Xulosa. Ma'lumki, o'tmishda adabiyotshunoslik va adabiyot tanqid tushunchalari o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, adabiyotshunoslik atamasi hozir ishlatayotganimiz shaklda uchramaydi. Adabiy tanqidchilikdagi janr va shakllar xususida adabiyotshunos olimlar Boturxon Valixo'jayev va Abdug'afur Rasulovlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Shuning uchun ham biz mazkur mavzuni yoritishda ularning darslik va ilmiy maqolalari, ma'ruza matnlari manbalariga asoslanib ish kurdik. Tanqid arabcha-naqada so'zidan tashkil topgan bo'lib, muhokama qilmoq, topshiriq, o'rganmoq, nimaningdir haqqoniyligi va to'g'riligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarni belgilamoq va nihoyat, badiiy asarni tahlil qilish, izohlash kabi ma'nolarni ifodalaydi. Demak, bu hol tanqid tushunchasi doirasining kengligi, uning hayotdagi barcha hodisa-voqealarga tegishli ekanini ko'rsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bo'lsa, u shu nom bilan ataladi. Jumladan, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid va hokazo. San'atning turli-tuman sohalari va uning o'ziga xos xususiyatlari nazarga olinib, hozirgi kunda har bir sohaga tegishli tanqid bir-biridan farq qiladi. Bunga teatr tanqidi, kino tanqidi va boshqalarni misol tarzida keltirish mumkin. San'atning sohalaridan biri bo'lmish adabiyot bilan bog'liq bo'lgan tanqid-adabiy tanqid deb nomlanadi. Chunki adabiy tanqidning qiziqish doirasini so'z orqali o'ymakorlarcha tasvirlash san'ati hisoblangan adabiyot tashkil etadi. Adabiy tanqid, bir tomondan, badiiy tanqidning shakllaridan hisoblansa, o'ziga xos xususiyati - adabiyot uning qiziqish doirasi bo'ladi. O'tmish adabiy tanqidchiligini 2 guruhga bo'lish mumkin: Birinchi guruh: 1) Faxriya, 2) SHe'riy parchalar-g'azalning ayrim baytlari, qit'a, soqiynoma, kichik masnaviy; 3) Ilmi adabga bag'ishlangan asarlar; 4) Dostonlarning ayrim boblari; 5) Tarixiy va tarixiy-esdalik asarlar; 6) Nasihatnomalarni kiritish mumkin. 2- guruh. Bevosita janrlar, ya'ni adabiyotshunoslik va adabiy tanqid masalalaridan bahs yurituvchi asarlar guruhi. Bu guruhga: 1) Tazkira; 2) Manoqib-holatlar, Faxriya; 3) Aruz, qofiya va she'riy san'atlarga bag'ishlangan risllalar; 4) Debocha; 5) Ro'znoma va oynomalarda (XIX asrning II yarmi va XX asrning avvali) e'lon qilingan taqriz va ixcham maqolalarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruhga kiritilganlarni o'tmish adabiyotshunosligi va adabiy tanqidning maxsus janrlari sifatida qarash mumkin. Tazkira-arabcha zikr so'zidan olingan bo'lib, esdalik daftari ma'nosini anglatadi. XII asrda Muhammad Avfiy Buxoriyning Lubob ul-albob (Bilimlar mag'zi) tazkirasi yaratilgan. Muhammad Avfiy aslan Buxorolik bo'lib, Samarqandda yashab, keyinchalik Xurosonga safar qilib va, nihoyat, Hindistonda turg'un bo'lib qolgan adiblardandir. Uning Lubob ul-albob tazkirasi 1221 yilda hind o'lkasida yozib tugatilgan. Taskirada she'r ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
442.47 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
442.47 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:46 ]
Arxiv ichida: doc