Adabiy turlar va janrlar modulini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish mavzusidagi BITIRUV LOYIHA ISHINING MUNDARIJASI KIRISH…… 3-6 I BOB. ADABIY TURLAR VA JANRLAR MODULINI O'QITISHNING NAZARIY MASALALARI7-12 1.1. Adabiy turlar va janrlar moduli taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari7-12 1.2. Adabiy turlar va janrlar modulini o'qitishga doir innovatsiyalar va ilg'or xorijiy tajribalar13-33 II BOB. ADABIY TURLAR VA JANRLAR MODULINING O'QUV-USLUBIY TA'MINOTI 2.1. Ma'ruza matni 34-59 2.2. Modul yuzasidan keyslar to'plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar 60-80 2.3. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta'lim yuzasidan ko'rsatmalar 81-88 2.4. Xulosa va tavsiyalar 89-90 2.4. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 91-93 Kirish Mavzuning dolzarbligi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash dolzarb vazifalardan etib belgilangan. Ta'lim jarayoniga yangi o'qitish texnologiyalari va faol metodlarini qo'llash orqali bo'lajak kadrlarning ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, yangi bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini rivojlantirishga erishish mumkin. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan shaxsgina o'z muammolarini o'zi mustaqil hal qila oladi va jamiyatda o'z mavqeiga ega bo'ladi. Bunday qobiliyat esa ta'lim muassasalarida shakllantiriladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o'z yo'liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir». Hozirgi paytda Respublikamizda yetuk mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash bo'yicha qator pedagogik izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning aksariyatida pedagog olimlar, amaliëtchi va tadqiqotchilarning diqqat e'tibori o'qitish maqsadi va uning natijalariga erishishga, ta'limni texnologiyalashtirish orqali sifatli o'qitishni tashkil etishga, shuningdek, ilmiy asoslangan zamonaviy o'qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etishga yo'naltirilgan. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar o'z navbatida pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish uchun zamonaviy o'qitish texnologiyalaridan foydalanib o'quv-tarbiya jarayonini samaradorligi va sifatini oshirish talablarini qo'ymoqda. «Insonni, uning ma'naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo'lsa so'z san'ati-badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari deb ta'riflashi bejiz emas, albatta». Inson ma'naviyatini shakllantirishda, e'tiqodini qaror toptirishda adabiyotning o'rni beqiyosdir va bu jarayon, asosan, adabiyot darslarida amalga oshiriladi. Adabiyot san'atning bir turi sifatida o'zining badiiy jozibasi bilan insonlar qalbiga oson yo'l topa olish, estetik hissiyotlariga kuchli ta'sir qilish, hayotiy voqea-hodisalar haqida chuqur mulohaza yuritishga da'vat etish kabi xususiyatlarga ega. Biroq buning uchun muallimning o'zi muayyan adabiy-nazariy ko'nikmaga ega bo'lishi lozim. Shundagina u dars davomida o'quvchilarga asar mohiyatini, badiiyatini va tarbiyaviy jihatlarini singdira olishi mumkin. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.63 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.63 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:46 ]
Arxiv ichida: docx