Adabiy yo'nalish va oqimlar

Adabiy yo'nalish va oqimlar

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiy yo'nalish va oqimlar - rasmi

Material tavsifi

Adabiy yo'nalish va oqimlar Reja: Hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari. Metod va uslub tushunchalari haqida. Adabiy yo'nalish tushunchasi. Avalo shuni aytish kerakki, biz hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari(G.Pospelov) tarzida ishlatayotgan tushuncha adabiyot nazariyasi va estetikaga oid ishlarda ijod tipi (L.Timofeyev), badiiy tafakkur shakli (I.Sulton), badiiy tafakkur usuli (Y.Borev) kabi qator atamalar bilan yuritiladi. Lo'nda qilib aytsak, bu o'rinda gap adabiy asarlarni ularda yaratilgan badiiy voqelikning real voqelikka munosabatiga ko'ra ikkita katta guruhga (realistik va norealistik) ajratish ustida boradi. Shunisi ham borki, guruhga ajratish prinsiplarida ham muayyan farqlar mavjud. Xususan, L.Timofeyev bunda quyidagicha fikrga tayanadi: biz realistlar deb ataydigan yozuvchilarning ijodida oldingi planga biz aks ettirish deb atagan ibtido, ya'ni, voqelikdagi hodisalarni ular hayotda qanday bo'lsa o'shandayligicha ko'rsatishga intilish yetakchilik qiladi; shunisi bilan ular yozuvchining voqelikka bevosita moslikdan chekinishiga imkon beruvchi qayta yaratish ibtidosi ustivorlik qilgan obrazlardan farqlanadi (Timofeyev L.I. Osnovo' teorii literaturo'.- M.,1966.- S.1O1). Ko'ramizki, L.Timofeyev ijod jarayonida aks ettirish va qayta yaratish amallari nisbatidan kelib chiqadi-da, ijodning realistik va romantik tiplari haqida so'z yuritadi. Biroq, bizningcha, voqelikni aslidagicha tasvirlashga intilish talabi realistik adabiyot imkoniyatlarini toraytirib yuborishi, deylik, uning badiiy arsenaliga shartli obrazu vositalarning kirib kelishiga to'sqinlik qilishi tabiiy (realistik adabiyotning hozirgi holati buning aksini ko'rsatayotir) bo'lur edi. Boz ustiga, har qanday badiiy asarda aks ettirish va qayta yaratish amallarining natijasi zuhur qilishini L.Timofeyevning o'zi ham e'tirof etadi. Zero, badiiy ijod estetik faoliyat ekan, faoliyat predmeti (hayot materiali) ijodiy qayta ishlanib qayta yaratilganidagina chinakam san'at asari dunyoga keladi. O'ylashimizcha, mazkur masalada G.Pospelov tutgan mavqe realizmni birmuncha kengroq tushunish imkonini berishi bilan diqqatga molikdir. Sababki, G.Pospelov realistik adabiyot tabiatini asarda yaratilgan xarakterlardan kelib chiqib tushuntiradi. Olimning fikricha, realistik asarda: yozuvchi o'z qahramonlarini o'zlari yashagan davr va muhit ijtimoiy munosabatlari asosida shakllangan ijtimoiy xarakterlari xususiyatlariga, ularning ichki mantiqiga muvofiq tarzda harakat qilish(istash, o'ylash, his etish, gapirish)ga majbur qiladi. Buning aksi o'laroq, hayotni badiiy aks ettirishning norealistik (normativ) prinsipiga tayanilgan asarda esa: yozuvchi o'z personajlarini o'z xarakterlarining real, tarixan konkret xususiyatlari va imkoniyatlariga muvofiq tarzda emas, balki o'sha xarakterlarning yozuvchi qarashlari va ideallari asosida hissiy idrok etilgan, tarixiy konkretlilikdan ayro tushuvchi mohiyatiga muvofiq tarzda harakat qilish(istash, o'ylash, his etish, gapirish)ga majbur qiladi ( Pospelov G.N. Problemo' istoricheskogo razvitiya literaturo'.-M.,1972.-S.258-27O). E'tiborli jihati shundaki, bu xil yondashuvda badiiy voqelikdagi epik tafsilotlaru detallarning har vaqt ham hayotiy(ya'ni, real voqelikdagiga monand) bo'lishi talab qilinmaydi. Zero, bu o'rinda bosh mezon - personajlarning konkret ijtimoiy sharoitda shakllangan xarakterlari ichki mantiqidan kelib chiqqan holda harakat qilishidir. Demak, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 426.89 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 426.89 KB
Ko'rishlar soni 195 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga