Adabiyot - ma'naviyat ko'zgusi

Adabiyot - ma'naviyat ko'zgusi

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot - ma'naviyat ko'zgusi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI O'ZBEK ADABIYOTI VA UNI O'QITISH USLUBIYATI KAFEDRASI MAMATQULOVA MOHIRANING Fozil Yo'ldosh o'g'lining Balogardon dostoni badiiyati mavzusidagi B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I Adabiyot - ma'naviyat ko'zgusi! Fozil Yo'ldosh o'g'lining Balogardon dostoni badiiyati REJA: Kirish I bob. Balogardon dostonining xalq dostonchiligidagi tutgan o'rni II bob. Dostonning badiiy xususiyatlari II bob. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida xalq bahshilarining hayoti va ijodini o'rganish Xulosa KIRISH O'zbek xalq dostonlari milliy ma'naviyatimizning ajralmas o'zak qismini tashkil qiladi. An'anaviy xalq dostonchiligi asrlar davomida badiiy jihatdan sayqallanib, bizgacha yetib kelganligi sababli, ularda xalqimizning urf-odatlari, milliy qadriyatlari, orzu-umidlari o'z aksini topgan. Shu sababli ham yurtimiz istiqlolga erishgandan so'ng an'anaviy dostonchilikni o'rganishga qiziqish yanada oshdi. Buning ikkinchi bir sababi adabiyotga nisbatan qarashda g'oyaviylik emas, badiiylik asosiy o'ringa ko'tarilganligi edi. Har qanday badiiy asarga baho berishda uning poetikasi, badiiyati yetakchi ko'rinish kasb etdi. O'zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo'g'ini, jamiyatdagi demokratik o'zgarishlarni barqaror rivojlantirish Respublikada ham jamiyat integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta'lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O'zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi. Bular: BMIning yangiligi quyidagilar : -Balogardon dostonida xalqimiz mentalitetiga xos xususiyatlariga alohida e'tibor beriladi; - dostonda qo'llanilgan badiiy-tasviriy vositalar aniqlanib, ularning estetik ahamiyati tahlil qilindi; dostonning bugungi hayotimizga bog'liq jihatlari ochib berildi; bir qator misollar bitiruv malakaviy ishimizda ilk marta qo'llanilib, ularni badiiy-g'oyaviy jihatdan yoritishga harakat qildik. Bitiruv malakaviy ishidan ko'zda tutilgan asosiy maqsad Go'ro'g'li turkumiga kiruvchi Balogardon dostonining g'oyaviy xususiyatlarini yoritib berish, badiiy tasvir vositalarini tahlil etish, uning o'zbek xalq og'zaki ijodidagi o'rni, xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini o'rganish kabilardan iborat. Belgilangan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish ko'zda tutiladi: Tadqiqotning asosiy manbayi Fozil Yo'ldosh o'g'lining Balogardon dostoni. Eng mukammal va to'liq variant sifatida o'rganildi. Doston 1986-yil G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashryotida chop etilgan. I.BOB. BALOGARDON DOSTONINING XALQ DOSTONCHILIGIDAGI TUTGAN O'RNI Xalq eposi qaysi millatga mansub bo'lsa, uning tarixini, ma'naviyatini, madaniyatini, urf-odatlarini o'zida boshqa san'atlarga nisbatan to'liqroq qamrab olishi bilan farqlanib turadi. Xalq og'zaki ijodining eng yirik, murakkab va keng tarqalgan janrlaridan biri dostonlar hisoblanadi. Xalq dostonlarida xalq hayoti, kurashi va orzu-umidlari aks etadi. O'zbek xalq dostonlarida voqea-hodisalar she'riy va prozaik yo'l bilan ifoda qilinadi, qahramonlarning xarakteri, xulq-atvori, ichki-kechinmalari, xatti-harakati ba'zan bahshi nutqida, ba'zan personajlar nutqida aks etadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 557.57 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:46 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 557.57 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga