Adabiyot bo'yicha fakultativ mashg'ulotlar. adabiyot to'garagi Reja: Adabiy-ijodiy to'garak To'garak mashg'ulotlarining tematikasi va formasi Drama to'garagi Ifodali o'qish va badiiy hikoya qilish to'garagi. Biz o'quvchilarning sinfdan tashqari ishlari va o'qishlari haqida so'zlab o'tdik. Haqiqatan ham, badiiy asar o'qish mashg'ulotining deyarli ko'pchilik qismi sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladi. Sinf mashg'ulotining barcha turlari badiiy asarni mufassal ravishda sinfda o'qib chiqishga imkoniyat bermaydi. Shuning uchun ham sinfdan tashqarida o'qish ishiga alohida e'tibor beriladi. O'qilayotgan asar yuzasidan umumiy fikrga kelish, maslahatlashish, konkret tushuncha hosil qilishning eng yaxshi vositasi-to'garaklardir. To'garak o'quvchilarni uyushtiradi, asar ustida ishlashga o'rgatadi, o'qituvchi bu ishga rahbarlik qiladi. O'quvchilar asarlarni mustaqil ravishda o'rganish yuzasidan malaka hosil qiladilar. Adabiyot va adabiy o'qish mashg'ulotlariga aloqador bo'lgan to'garaklar asosan uch turlidir: 1. Adabiy-ijodiy to'garak. 2. Drama to'garagi. 3. Ifodali o'qish va badiiy hikoya qilish to'garagi. Ma'lumki, bu uch to'garak ham asosan o'quvchilarning bilim doirasini kengaytirish, ularning adabiyot yuzasidan yanada ko'prok ma'lumot olishini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham bu to'garaklarning maqsad va yo'nalishlari umumiy bir nuqtada birlashadi. To'garak mashg'ulotlari sinf mashg'ulotlaridan farq qilishi kerak. To'garakda o'quvchilar o'zlarini qiziqtiradigan yangiliklar bilan tanishadilar. To'garak mashg'ulotlari ko'ngilli, qiziqarli va jonli bo'lishi kerak. Odatda to'garak a'zolari turli saviyada bo'ladilar. Chunki ular turli sinflardan to'plangan bo'ladilar. O'quvchilar bu to'garakka faqat shu to'garak rejasida belgilangan narsalarni o'rganish uchun birlashadilar. Shu aytib o'tganimiz uch to'garakning biror xiliga yozilishning o'zi ham o'quvchilarning nimaga qiziqishlarini belgilab beradi. o'quvchilarning qiziqishlarini o'stirish uchun eng kerakli za muhim shartlardan biri shuki, har bir to'garak rahbari shu to'garakning xususiyatini aniqlagan va o'z ishini shunga qarab rejalashtirgan bo'lishi kerak. Drama to'garagiga rahbarlik qiladigan o'qituvchi dramaning xususiyatlarini egallagan va ma'lum darajada aktyorlik san'atidan ham xabardor bo'lishi, o'quvchilar oldida biror-bir personajning harakat va nutqini, odat va xarakterini ko'rsatib bera oladigan bo'lishi kerak. Adabiy-ijodiy to'garakning rahbari esa adabiy asarlarni tahlil qilish va shu asosda o'quvchilarga nazariy bilim berishdan tashqari, ijod ishidan ham xabardor, iloji bo'lsa, birorta o'zi yozgan she'r yoki hikoyani o'quvchilarga manzur qila oladigan bo'lishi lozim. Badiiy o'qish va ifodali so'zlash to'taragining rahbari nutqi nuqsonsiz va ifodali o'qishi orqali barcha o'quvchilarda shunday o'qishga havas uyg'ota oladigan kishi bo'lishi kerak. To'garak a'zolari o'rtasida yaxshigina she'r yozadigan, o'z asarlari bilan Respublika matbuotida, ayniqsa bolalar va yoshlar gazetalarida qatnashadiganlarni uchratish mumkin. Bu ishda ham to'garaklarda ishning to'g'ri tashkil qilinishi va mashg'ulotning muntazam ravishda o'tkazib turilishi katta yordam beradi. To'garak mashg'ulotlarini bir oyda bir yoki ikki marta o'tkazish lozim. Bu muddat ichida o'quvchilar mashg'ulotga puxta tayyorlanib keladilar. Mashg'ulotga tayyorlanib kelish esa a'zolardagi qiziqishni ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.29 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.29 KB
Ko'rishlar soni
114 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:46 ]
Arxiv ichida: doc