MUNDARIJA Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikdan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy - siyosiy, ma'naviy - ma'rifiy, madaniy, ilmiy, ta'limiy muhit, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risidagi Qonunning qabul qilinishi va tarixiy ahamiyati, Yurtboshimiz tomonidan ilm-fanga alohida e'tibor berilayotganligi tufayli ta'lim sohasida keng imkoniyatlar, qulay sharoitlar yuzaga keldi. Birinchi Prezidentimiz Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarida quyidagilarni a'lohida e'tirof etadilar: Istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bolgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm ma'rifat sirlarini o'rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o'quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o'z iste'dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu - intilishlarimiz bugunning o'zida o'z hosilini berayotganining guvohi bo'lmoqdamiz. Mazkur davrda darsliklarning yangi avlodi tushunchasi hayotiylik kasb etdi. Har bir sinf uchun darsliklarning yangi avlodi shakllantirildi. Bu davrda yaratilgan dastur va darsliklarda asosiy maqsad milliy qadriyatlarimiz asosi sanalmish adabiyotimizning bebaho merosi, an'analari bilan tanish bo'lgan o'quvchilarning bilimlarini sistemali yo'sinda umumlashtirish va egallangan ko'nikmalarini mustahkamlashga qaratila boshlandi. Binobarin, adabiyot fanidan mavzularni chuqur anglash ehtiyojini to'ldirish, o'quvchilar to'la anglab yetmagan yoki tushunilishi qiyinchilik tug'diradigan mavzularni kengroq izohlash va shu orqali etarli nutqiy malakani shakllantirish, adabiy-badiiy matnlar ustida ishlash ko'nikmalarni o'stirish kabi vazifalarni bajarish nazarda tutilgan. Kuzatishlardan ma'lum bo'ladiki, darslik va dasturni tuzishda ta'lim bosqichida chuqur o'zlashtirilmagan bilimlarni singdirishga e'tibor berilgan. Ular mazmunida o'quvchilarning muayyan mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritishlariga, o'z ustilarida ko'proq ishlashlariga, bilim egallashning tipiklashtirishdan umumlashtirishga qarab borish, dalillarni sharhlash va asoslash yo'sinlariga asosiy diqqat qaratilgan. Amaldagi dasturlar bo'yicha mavzular, birinchidan, umumiy o'rta maktabning sinovdan o'tgan yangi dasturlari negizida yaratilganligi, ikkinchidan, o'zlashtirilayotgan bilimlarning amaliy tadbiqi bosh mezon sifatida tanlanganligi hamda tarixiylik, izchillik, milliylik va zamonaviylik tamoyillariga to'la bo'ysundirilganligi bilan ajralib turadi. SHu bilan bir qatorda, doimiy taraqqiyot yaratilgan o'quv adabiyotlarini ilmiy-metodik tomondan kuzatishni ham talab etadiki, bu tabiiy jarayondir. Xuddi shu jihat adabiyot darslarida didaktik o'yin texnologiyalaridan foydalanishga ham aloqador. Mazkur holat ishimiz dolzarb mavzulardan biriga bag'ishlanganligini ko'rsatadi, albatta. Mavzuning o'rganilishi. Adabiyot darslarini tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari haqida S. Dolimov1, A.Zunnunov2, Q.Yo'ldoshev3, B.To'xliyev4, R.Niyozmetova5, M.Mirqosimova6 va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida atroflicha fikr yuritilgan. Ammo adabiyot darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish xususida alohida tadqiqotlar amalga oshirilgan emas. Kurs ishimizning obyekti va predmeti. Ushbu tadqiqotda obyekt qilib, 5-11-sinflar hamda akademik litseylar uchun tayyorlangan adabiyot darsliklari olindi. Uning predmeti esa darslik materiallari bilan chambarchas bog'liqlikda xarakterlanadi. Kurs ishimizning metodologik asosi va metodlari. Prezidentimizning ilm-fan, ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari, soha mutaxassislarining mavzuga doir fundamental asarlari ishimizning metodologik asosini belgilaydi. Shuningdek, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
138.58 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
138.58 KB
Ko'rishlar soni
146 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:46 ]
Arxiv ichida: docx