Adabiyot darslarida ko'rgazmalilik

Adabiyot darslarida ko'rgazmalilik

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot darslarida ko'rgazmalilik - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot darslarida ko'rgazmalilik Reja: 1. Adabiyot darslarida ko'rgazmalilikning vazifalari. 2. Ko'rgazma turlari. 3. Ko'rish bilan bog'liq ko'rgazmalilik. 4. Eshitish bilan bog'liq ko'rgazmalilik. 5. Ko'rgazmalilikning sintetik vositalari. 6. Ko'rgazmalilik qurollardan darsda foydalanish metodikasi. Yan Amos Komenskiyning ta'kidlashicha, «Mumkin bo'lgan hamma narsa tuyg'ularning his etilishi uchun yetkazilishi kerak». Boshqa bir yirik pedagog K.D. Ushinskiy esa shunday yozadi: «Bola xotirasida nimanidir o'rnab qolishini istagan pedagog imkoni boricha ko'proq sezgi organlari: ko'z, quloq, tovush, muskul harakatlari tuyg'usi, hatgo, mumkin bo'lsa, hidlash va ta'm bilishni ham eslab qolishda ishtirok etishi haqida qayg'urishi kerak». Badiiy adabiyot borliqni jonli manzaralar, obrazlar orqali aks ettiradi. Tabiatiga ko'ra adabiyotning o'zi borliqning ko'rgazmali tasviridan iborat. Ammo adabiyot darslarida san'atning boshqa turlari: kino, televideniye, musiqa, tasviriy san'at ham yordamga kelishi mumkin. Bular adabiyot darslariga qo'shimcha axborot manbasi bo'lib xizmat qiladi, o'quvchilarda estetik tuyg'ularning shakllanishi va rivojiga imkon beradi, shuningdek adib yaratgan obrazlarning o'quvchi ongida yanada puxtaroq muhrlanishiga yordam beradi. Hozirgi paytda turli kinoapparatlar, televizor, epidiaskop, magnitofon v.b. har bir maktabda mavjud. Bularning hisobiga ko'rgazmali qurollar doirasi yanada kengaydi. Ko'rgazmalilikdan darsda va sinfdan tashqari ishlarda foydalanish bir-biridan jiddiy farq qiladi va boshqa-boshqa maqsadlarni ko'zda tutadi. To'garak ishlarida, fakultativ mashg'ulotlarda v.b.da o'qituvchi biror tasviriy san'at, musiqa asari, tele yoki kinofilm bilan tanishtirish vazifasini qo'yishi mumkin. Bu albatta o'quvchilarning adabiy asarlarni o'zlashtirishlariga muayyan darajada ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Darsda esa ko'rgazmalilik o'quvchilarning asarni o'zlashtirishiga yordam bera oladigan darajadagina qo'llanishi mumkin. Adabiyot darslaridagi ko'rgazmalilikning bosh vazifasi o'quvchilarga adabiy asarni idrok etishda ko'maklashish, yozuvchi ijodini to'laroq tasavvur etishga yordamlashish, adabiy-nazariy tushunchalarni egallashga qo'shimcha imkon yaratish, o'quvchilar nutqini o'stirishni ta'minlash, bir so'z bilan aytganda, adabiyot o'qituvchisi oldida turgan barcha vazifalarni hal qilishga yordam berishdan iborat. Ko'rgazmalilikning vazifalari nihoyatda xilma-xil bo'lishi mumkin. Hozirda ko'rgazmalilikning turlari xilma-xil: illyustrativ-badiiy hamda grafik chizma materiallar, gramofon yozuvi va radioeshittirishlar, kinofragment va o'quv filmlari, telefragment va televizion darslar v.b. Ularning har biri ko'rish, eshitish, sintetik shakldagi ko'rgazmalilikka tegishli bo'lishi mumkin. Ko'rish bilan bog'liq ko'rgazmalilik. Bunga yozuvchi va shoirlarning portretlari , asarlarga illyustratsiyalar ,yozuvchi adib hayoti va ijodiga aloqador bo'lgan joylar fotografiyasi yoki yozuvchining hayoti,asari bilan bog'liq fotosuratlar , v. b. kiradi. Har holda eng kamida darslikdagi rasm namunalari shu vazifani bajarishi mumkin . Ishda hajmi qo'shimcha texnik vositalarni talab qilmaydigan reproduksiyalardan foydalanish ham qulaylik tug'diradi. Otkritka ko'rinishidagi rasmlardan tarqatma material sifatida foydalanish mumkin. Uning qulayligi shundaki ,bu holda har bir o'quvchining qobiliyati va imkoniyatini ham nazarda tutish mumkin bo'ladi . Yozuvchi hayoti va ijodini o'rganishga doir albomlarda tasviriy san'at asarlaridan namunalargina emas, yozuvchining o'zi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.7 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.7 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga