Adabiyot darslarida ko'rgazmalilikning ahamiyati

Adabiyot darslarida ko'rgazmalilikning ahamiyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot darslarida ko'rgazmalilikning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot darslarida ko'rgazmalilikning ahamiyati. Reja: 1.Adabiytda o'quvchining mantiqiy fikrlashdagi faoliyatini tashkil etishda ko'rgazmalilikning ahamiyati. 2.Adabiyot darslarida ko'rgazmalilikning vazifasi va uning turlari. Adabiyot darslarida ko'rgazmali qurollardan foydalanish darsning samaradorligini ta'minlaydi.Buning uchun o'qituvchi tinimsiz ijodiy mehnat va tajribasidan kelib chiqib mavzuni turli metodlar asosida o'quvchilarga keng ko'lamda yetkaza oladi. Hozirgi kunda fan-texnikaning intensiv holda rivojlanib borayotganligi hech kimga sir emas.Shuning uchun imkon qadar maktablarda adabiyot darslarini ya'ni yozuvchi hayoti va badiiy asarlarini zamonaviy texnologiyalar vositasida darslarni tashkil eta olish va o'quvchilarning mavjud holatdan olgan taassurotlarini dars davomida qiyosiy yo'sinda tahlil qilsa, bevosita o'quvchi dunyoqarashining shakllanishiga va munosabat bildirishiga imkon yaratadi. Dars jarayonida ijodkorlarga daxldor foto albomlardan foydalanish,shuningdek musavvirning tasvirdagi san'atkorlik mahoratiga ham munosabat bildirsa,bevosita o'quvchida mavjud bo'lgan materialga qiziqish ortadi va jiddiy mulohaza yuritishga zamin tayyorlaydi. Adabiyot darslarida ko'rgazmalilikni maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish bilan o'quvchilarning yozuvchi ijodi va uning badiiy asarlarini,adabiy-nazariy bilimlarini anglab,bilib olishlariga, adabiy nutqlarini o'stirishga erishish o'qituvchining oldiga turgan muhim vazifadir.Ko'rgazmalilik amalga oshirilgan darslarda o'quvchilarda faollik oshib borishi zarur.Agar ularda ana shu faollik bo'lmasa, masalan, tasviriy san'at asrlari ustida o'tkazilgan mashg'ulotda o'quvchilar faolligi sezilmasa. Bunday ko'rgazmalilikning ahamiyati ham bo'lmaydi. Rivojlangan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yetakchi tendensiyalardan biri inson faoliyatining hamma sohalarining, shuningdek, ta'lim sohasining axborotlashuvi jarayonidir.Ta'limning axborotlashuvi axborotlarga qiziquvchilarning foydalanishlari maqsadida axborotlarni to'plash, qayta ishlash va ularni tarqatish maqsadidagi metod jarayon va texnik-dastur vositalarini o'ziga oladi.Bunda o'quvchilar bilimlarini muntazam texnik vosita asosida ularning o'zlashtirishini nazorat qilishga ham o'z ichiga olgan tizim shaklida o'rganadilar.(ya'ni elektron darsliklar, test yoki nazorat dasturlari, lug'atlar, o'quv materiallari bazasi, o'quv videofilmlar) ya'ni o'rganayotgan obyekt, jarayon va hodisalar madem asosida qurilgan va ularni ko'rsatadigan o'quv materiallari tizimli bo'laklarga bo'lib o'rganiladi.Ta'limning axborotlashuvi muammosini yechishga ilmiy yondashish o'quvchilarning kompleks bilim, ko'nikma va malakalar,shaxsiy fikrlarni shakllantirish orqaqli professional vazifalarni samarali bajarish va axborotlash jamiyatida o'zini qulay hal etish eng yaqin kunlardagi maqsaddir. Hozirgi davrda o'qituvchilar ixtiyorida ko'rgazmalilikning xilma-xil turlari badiiy rasm va grafik, radio eshittirish va gramplastinka yozuvlari,kinofragmentlar, o'quv va kinofilmlar, telefragmentlar, diafilmlar va boshqalar mavjud. Ular ko'rgazmalilikning ekran, eshituv, sintetik turiga kiradi. An Amos Komenskiyning ta'kidlashicha Mumkin bo'lgan hamma narsa tuyg'ularning his etilishi uchun yetkazilishi kerak'.Boshqa bir yirik pedagog K.D.Ushinskiy esa shunday yozadiBola xotirasida nimanidir o'rnab qolishini istagan pedagog imkoni boricha ko'proq sezgi organlari:ko'z,quloq,tovush,muskul harakatlari tuyg'usi,hatto ,mumkin bo'lsa,hidlash va ta'm bilishni ham eslab qolishda ishtirok etishi haqida qayg'urishi kerak. Adabiyot darslarida ko'rgazmalilikning yana bir turi xarita-sxemalar bo'lishi mumkin.Xususan, O'rxun-Yenisey obidalari,Mahmud Koshg'ariy,Alisher Navoiy,Zahiriddin Muhammad Bobur,Munis,Ogahiy,Muqimiy,Furqat,Hamza singari shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini o'rganishda bunday xarita-sxemalardan foydalanish katta samara beradi.Masalan,Muqimiyning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.98 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 8.98 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga