Adabiyot darslarida o'quvchilar mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish

Adabiyot darslarida o'quvchilar mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot darslarida o'quvchilar mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot darslarida o'quvchilar mustaqil ijodiy ishlarini tashkil etish Reja: Kirish 1. Adabiyotdan mustaqil ishlarning ilmiy-mntodik va didaktik asoslari… 2. Dastur talabi asosida mustaqil ishlarni tashkil etish 3. Darsdan tashqari mashg'ulotlarda mustaqil ishlar ustida ishlash 4. O'quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirishga doir mustaqil ishlar Xulosa KIRISH Barkamol avlod tarbiyasida shaxsning kadrlar tayyorlash tizimida bosh ubyekt va obyekt, «ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi» sifatida qayd qilinishi ta'lim tizimiga mutlaqo yangicha yondashishni taqozo etadi. Jumladan, ta'lim tizimidagi islohotlar, ta'lim mazmunidagi o'zgarishlar bevosita adabiyot o'qitish metodikasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmasdan iloji yo'q. Qolaversa, adabiyotshunoslik fani va uning metodologik asoslaridagi yangilanishlar ham adabiyotni o'qitish mazmuniga yangicha yo'nalishlar berishini tabiiy hol deb, tushunmoq kerak. Bu esa uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlaridagi adabiyot dasturlari va darsliklarining yangi avlodini yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Ana shu ehtiyoj natijasida so'nggi 10-12 yil ichida o'rta maktablarning adabiyot dasturlari va darsliklari bir necha bor yangilandi. Bu jarayon davom etmoqda. Boshqacha aytganda, mustaqil ishlar mohiyat e'tibori bilan nafaqat o'quvchi, balki o'qituvchi uchun ham juda muhim ta'limiy-didaktik vazifani bajaradi. Mustaqil ishlarni to'g'ri tashkil qilmasdan turib, ta'lim taraqqiyotiga erishib bo'lmaydi. So'nggi o'n yillikda ta'lim tizimidan mustahkam o'rin egallagan test topshiriqlari mazkur muammoning jahon standarti talablari asosida yanada teran mohiyat kasb etganidan dalolat beradi. Mustaqil ishlar ustida ishlash o'quvchilarni badiiy asar tahlili, yozuvchi mahorati, badiiy so'zning obrazlilik xususiyati kabi adabiy-nazariy tushunchalar bilangina qurollantirib qolmay, ularni mustaqil mushohada yuritish, chunonchi, asar tahlilida muhimni nomuhimdan ajratish, asosiy masalani aniqlash, misollarni taqqoslash, umumlashtirish va tegishli xulosa chiqarish malakalarini ham shakllantiradi. O'quvchi darslikdagi mustaqil ishlarustida mustaqil ishlarni bajarish jarayonida bilimlarni passiv qabul qiluvchidan faol o'zlashtiruvchiga aylanadi. O'quvchi mustaqil ishlarustida ishlaganda o'rganilayotgan asar matni, u haqda darslikda berilgan nazariy material yuzasidan mustaqil mulohaza yuritadi, imkon doirasida boshqa manbalarga murojaat qiladi, izlanadi. Shu tariqa mehnat qilib o'zlashtirilgan bilim va tushunchalar, malaka va ko'nikmalar asta-sekin o'quvchi xotirasiga muhrlanib qoladi. Uning intellektual salohiyati va ma'naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltiradi. ADABIYOT DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLAR USTIDA ISHLASHNING ILMIY-METODIK VA DIDAKTIK ASOSLARI Adabiyot o'qitish metodikasida didaktik tamoyillarga keng murojaat qilinadi. Buning asosiy sababi adabiy ta'limning ma'naviy-axloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bog'liqligidir. Zero, eng qadimgi afsona va rivoyatlar, O'rxun-Enasoy yodgorliklaridan tortib to hozirgi kungacha yaratilgan mavjud badiiy adabiyot namunalari insonni olam jumboqlariyu ko'ngil kengliklarini teran anglash orqali ma'naviy-axloqiy kamolot sari yetaklaydi. Ikkinchidan, badiiy asarlarni adabiyot predmeti doirasida o'rganib, berilgan matnlarni adabiyot nazariyasi asosida tahlil etish o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini o'stirishga, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga, nutqini boyitishga yordam beradi. Uchinchidan, adabiy ta'lim jarayonida mustaqil ishlarasosida uyushtiriladigan mustaqil ishlarni bajarish orqali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.43 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.43 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga