Adabiyot darslarida rolli va didaktik o'yinlarni qo'llash Reja 1. Badiiy asar tahlilining nazariy-metodik asoslari. 2. Filologik tahlil (ilmiy tahlil) 3. Didaktik tahlil (o'quv tahlili). 4. Didaktik tahlilda o'qituvchi va o'quvchi faoliyati. 5. O'quv tahlilida adabiy turga xos xususiyatlarni hisobga olish metodikasi. Mavzuga oida asosiy tushunchalar. Adabiy ta'lim oldida turgan vazifalar ham badiiy asarni guruh tahlil etishni talab qiladi. Maktab o'quvchilarida kitobga muhabbat o'qilgan kitobning sir-asrorlarini bilagn so'ng bilinadi. Badiiy asar tahlili yo'nalishiga qarab ikki turga bo'linadi: filologik (ilmiy), va didaktik (o'quv) tahlili. Filologik tahlil, didaktik tahlil va ularning farqli jihatlari. Badiiy asarni tahlil qilishda estetik asosning ustivorligi. Yakka va guruhli ishlash. Adabiy asarni tahlil qilishda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining uch yo'nalishi. Identiv o'quv maqsadlari. 1. O'quv tahlilining ilmiy tahlildan farqli jihatlari. 2. O'quv tahlilining pedagogik maqsadga yo'naltirilganligi. 3. Didaktik tahlilning vazifasi. 4. Tahlilda estetik asoslarning ustivorligi. 5. Didaktik tahlilda o'qituvchi va o'quvchi faoliyati. Asosiy masala bayoni Adabiy ta'lim oldida turgan vazifalar ham badiiy asarni guruh tahlil qilishni talab etadi. Maktab o'quvchilarida kitobga muhabbat o'qilgan kitobning sir-asrorini bilgandan keyingina shakllanadi. O'quvchi badiiy asardan lazzat tuysa, o'zining zavqini keltirgan tasviriy unsurlarni payqay bilsa, chinakam badiyat namunasini soxta asarlardan ajrata olish malakasini egallagan bo'lsagina kitobxonga aylanadi. Chunki biror asarni o'qish jarayonida, uni tahlillash maboynida tuyilgan lazzat o'quvchini boshqa asarlarini o'qishga, ulardan zavqlanishga undaydi. Amaliyotda badiiy tahlil qanday maqsadga yo'naltirilganligiga qarab ikki turga: filologik va didaktik tahlilga bo'linadi. Filologik (ilmiy) tahlil badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajaga muvofiq kelishini talab qiladi. Tahlil jarayonidagi har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo'ladi. Filologik (ilmiy) tahlil badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajaga muvofiq kelishini talab qiladi. Tahlil jarayonidagi har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo'ladi. O'quv tahlili - ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik faoliyat bo'lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir. Chunki pedagogik maqsadga yo'naltirilganlik har qanday didaktik tahlilning asosiy belgisidir. Dars jarayonida to'g'ri amalga oshirilgan didaktik tahlil o'quvchining badiiy madaniyatini yuksaltiradi, estetik hodisalarni ko'rish undan mantiqiy-hissiy ta'sirlanish va ular ta'sirida umumlashma xulosalariga kelish qobiliyatini shakllantiradi. Chunki badiiy asar tahlil qilinayotganda tarbiyalanuvchining tafakkuri va qissiyoti faol ishlashga majbur bo'ladi. Masalan: Rauf Parfining «Yomg'ir yog'ar» she'rini tahlil qilishga urinib ko'raylik. Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar, Tomchilar, tomchilar sochimga, Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar, Ham qayg'umga, ham boshimga. O'qituvchi misralar zamiriga yashiringan jozibani topishga o'quvchilarni qaratish lozim. Shig'alab yog'ayotgan ezgin yomg'ir, yomg'ir tagida ruhi goh maxzun, goh xushnud shoir, sochlariga tomayotgan tomchilar, yog'ayotgar yomg'irning lirik qahramon qayg'usiga ham, quvonchiga ham ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, ppt
Fayl hajmi
179.46 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:47
Arxiv ichida: zip, ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, ppt
Fayl hajmi
179.46 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:47 ]
Arxiv ichida: zip, ppt