Adabiyot fanini o'qitishda badiiy tahlil

Adabiyot fanini o'qitishda badiiy tahlil

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot fanini o'qitishda badiiy tahlil - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot fanini o'qitishda badiiy tahlil Badiiy tahlilini amalga oshirishdan maqsad: adabiy-badiiy nasr va nazmning jamiyat ijtimoiy tafakkuriga ta'sirini va milliy badiiyat xazinasidagi ahamiyatini o'rganish; o'quvchi ma'naviyatini shakllantirishga va badiiy adabiyotni o'qishga qiziqishini oshirish; sher yoki asarning syujetini to'g'ri qabul etish orqali o'quvchilarda ezgu sifatlarini shakllantirish. Asar nomi - tahlilning boshi Asarni o'rganishdagi birinchi qadam shu badiiy asar nomining tahlilidan boshlanadi. Jumladan: Nega Usmon Nosir o'z she'rini Yurganmisiz birga oy bilan, deb atagan? Navoiyning pand-nasihat shaklidagi asari Mahbub ul-qulub (Ko'ngillarning sevgani)ning shunday atalishiga sabab nima? Bu sarlavha qay darajada asarda o'z aksini topgan, o'zini oqlagan? Asar nomi - tahlilning boshi Mirtemirning eng mashhur she'rlaridan biri Shudring deb ataladi. Shunday atalishiga sabab nima? Shudring timsoli sarlavha bo'lishi uchun qanday ramziy ma'nolarni bildirishi va nimalarga qiyoslanishi kerak bo'ldi? Nodar Dumbadzening hikoyasi Hellados deb atalishiga sabab nima? Hellados so'zining lug'aviy ma'nosi nima? Asar nomi - tahlilning boshi Asrga tatigulik kun, O'tkan kunlar, Kecha va kunduz, Chinor va hokazo asarlarning nomlanishidagi ramziylikning idrok qilinishi asarni tushunish uchun birinchi qadam hisoblanadi. Masalan, Chingiz Aytmatovning birinchi romani Asrga tatigulik kun (I dolshe veka dlitsya den) deb atalgan. Nima uchun? (Axborot bilan ishlash, kommunikativ, o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyalari) ASAR TAHLILIDA: Muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o'quvchi tomoni idrok etilgan badiiy manzara hamisha ham adib istaganiday bo'lavermay bazan o'quvchi adib mutlaqo ko'zda tutmagan, xayolga keltirmagan, muallifning qarashlariga zid, ammo hayot haqiqati oldida to'g'ri bo'lishi mumkin. Sujet elementlari Tahlilda ikkinchi bosqich asar sujetini, uning elementlarini o'rganib chiqishdir. O'quvchi asarning kirish (prolog) qismidayoq ijodkorning mahoratiga tan berishni boshlashi kerak. Jumladan, Uning ikki ertagi bo'lardi. Biri o'ziniki bo'lib, uni hech kim bilmasdi. Ikkinchisini esa bobosi so'zlab bergandi. Keyin birontasi ham qolmadi. Gap shu xususda. (Chingiz Aytmatov, Oq kema) Sujet elementlari 1264-inchi hijriy, dalv oyining o'n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir… (Abdulla Qodiriy, O'tkan kunlar) Sujet elementlari Savollarga javob berish asnosida asarning ichiga kirib boriladi. Prologdan so'ng tugun, voqealar rivoji, asardagi ziddiyat, kulminatsion nuqta, yechim, epilog - bularning barchasi yozuvchining mahorati bilan yuksak cho'qqiga olib chiqilgani, shu badiiy asarni mashhur qilgani o'quvchi tomonidan his qilinishi kerak. (Ba'zi o'rinlarda o'qituvchi yordamida) Badiiy asarda ramz Badiiy asarda ramz katta ahamiyatga ega. O'quvchi ramziylikni tushunib yetsa, asarni tushungan bo'ladi. Jumladan, Qodiriyning O'tkan kunlar romani shom tasviri bilan boshlanadi, Yusufbek hoji xatmi Qur'on qilib elga osh berdi, O'zbek oyim qora kiyib, aza ochdi, - degan so'zlar bilan yakunlanadi. O'quvchilar tomonidan berilgan har qanday tahlil qabul qilinishi va birgalikda asoslanishi lozim. O'quvchilar birgalikda asar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.93 MB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.93 MB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga