Adabiyot nazariyasi fan sifatida

Adabiyot nazariyasi fan sifatida

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot nazariyasi fan sifatida - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot nazariyasi fan sifatida R e j a: 1. Adabiyotning o'ziga xos xususiyatlari. 2. Adabiyotshunoslikning obyekti va tarkibiy qismlari. 3. O'rta Osiyoda adabiy-nazariy fikrlar. 4. Adabiyot nazariyasi fani oldidagi vazifalar. «Adabiyot» terminining tor va maxsus ma'noda ishlatilishi. Muhammad Giyosiddin binni Jaloliddin Rompuriyning «Giyosul-lugat» kitobi. O'rta Osiyoda keng tarqalgan «Mayidul-fuzalo» («Fozillarning madadkori»), «Muntahibul-lugat» («Saralangan so'zlar») asarlarida «adabiyot», «adab», «ilmi adab» so'zlarining ishlatilishi. Adabiyotning uch xususiyati: ommaviylik, ma'lum shaxslar tomonidan yaratilishi, badiiylik. Adabiyot tarixi-adabiyotshunoslikning yetakchi sohalaridan biri. Adabiy tanqid-adabiy jarayon bilan shugullanuvchi adabiyotshunoslik sohasi. Matnshunoslik -adabiy asar matnining haqqoniyligi va tayanch muammolari bilan shugullanuvchi soha. Manbashunoslik-badiiy asar va uni o'rganishga asos bo'lgan manbalarni o'rganuvchi soha. Badiiy adabiyotni o'rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. «Adabiyot» termini ikki ma'noda ishlatiladi. Keng ma'noda umuman kitoblar, maqolalar, ya'ni ko'pchilikning o'qishi uchun yozilgan va bosib chiqarilgan asarlar ko'zda tutiladi. Bu ma'nodagi adabiyot o'zi yana turli sohalarga bo'linadi. Masalan: iqtisodiy adabiyot, siyosiy adabiyot, texnika adabiyoti. Adabiyot termini tor va maxsus ma'noda ham ishlatiladi. Bu holda u she'riy asarlar (dostonlar, gazallar, qo'shiqlar), romanlar, qissalar, hikoyalar sahna va kinofilm asarlarini anglatadi. Maxsus ma'noda ishlatilganda, masalan, «O'zbek adabiyoti tarixi» deyilganda o'zbeklarda kitob yozish va bosish tarixi emas, balki badiiy so'z asarlari yaratish tarixi ko'zda tutiladi. Adabiyot so'zi jahon fanida tor va maxsus ma'noda 18-19 asrlarda paydo bo'ldi. Undan avval badiiy adabiyot ko'pincha boshqa adabiyotlardan farq etilmay, «adabiyot» termini, umuman ko'pchilikning o'qishi uchun yaratilgan asarlar ma'nosida ishlatilar edi. Dunyodagi bir qancha xalqlar tilida literature (literatura) termini bilan ifoda etilayotgan bu tushuncha aslida lotincha littera (littera), ya'ni «harf» so'zi asosida tuzilgandir. 5O'zbek tilidagi «adabiyot» so'zi aslida «adab» so'zidan yasalgan bo'lib, kishilarga yaxshi xulq va umuman, hayotni to'gri tushunish maqsadida yozilgan asarlarni ko'zda tutar edi. Adabiyot tushunchasining ma'nosini to'laligi bilan ochib berish uchun, avvalo adabiyotning bir necha muhim, eng ko'zga tashlanadigan va hamma tomonidan tan olingan xususiyatlarini ko'zdan kechirish lozim. V.G.Belinskiy ta'rificha «adabiyot doimo ommaviylikka suyanadi, o'z tasdiqini jamiyat fikridan oladi, u faqat bilimdonlarning yoki mumtoz havaskorlarning kichik doirasi e'tiboridan emas, balki butun xalqdan madad oladi. Adabiyot butun jamiyatning mulkidir». Haqiqatdan ham adabiyot odamlarning yoshi, jinsi, kasbi, ijtimoiy kelib chiqishiga qaramasdan har bir kishida qiziqish uygotadi. Bugina emas, bir tilda yaratilgan adabiyot asarlari boshqa xalqlar tomonidan qiziqib o'qiladi, butun insoniyatning mulki bo'lib qoladi. Adabiyoti taraqqiy topgan xar bir xalqning yutuqlari tezda butun jahon miqyosiga chiqadi, turli mamlakatlar va xalqlar tomonidan keng miqyosda qabul etiladi. «Keling, Alisher Navoiydek shoir bo'lgani uchun quvonaylik. Bizga shunday shoirni armugon qilgan o'zbek xalqiga katta raxmat aytaylik, - degan akademik N.I.Konrad. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 450.98 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 450.98 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga