Adabiyot o'qitish metodikasi fan sifatida Reja: 1.Ta'lim bosqichlarida adabiyotnng o'quv fani sifatida o'rganish xususiyatlari. 2.Adabiyot o'qitishning maqsad va vazifalari va o'zia xos xususiyatlari. 3.Adabiyot o'qitilishi jarayonini tadqiq etishning jamiyat ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati. Maktabda o'quvchilarga faqat umumiy ta'lim berish bilan cheklanmaydi , unda ijodiy mehnatning zaruriy sharti bo'lgan mustaqil fikrlash ko'nikmasi ham rivojlantirilib , har bir ishga ijobiy yondashish hissi shakllantiriladi va kamol toptiriladi . Maktab adabiy ta'limi jamiyat ma'naviy qadriyatlarini shakllantirishga eng ko'p ishtirok etadigan faoliyat turi bo'lganligi uchun ham mustaqillikka erishilgandan buyon yangilangan sharoit talabaiga muvofiq uyushtirish,sog'lom mantiqqa to'g'ri keladigan tarzda tashkil qilishga urinish izchilligi va mazkur muammo bilan mutaxassislar va mutasaddi bo'lgan idoralarning xodimlarigina emas,balki jamiyat faol a'zolarining ko'pchiligi bevosita shug'ullanishga o'rinayotganliklari tabiiy holdir. Ijtimoiy hayot talablari faqat badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikkagina emas, balki pedagogika va metodikaning taraqqiyotiga ham kattaq ta'sir ko'rsatadi.Ma'lumki, badiiy adabiyot jamiyatning estetik ideallarini ifoda etadi.Jamiyatning axloqi va ijtimoiy ideallari estetik idealning asosidir.Metodika hozirgi zamon badiiy adabiyotni ,tanqid va publitsistikani ,hozirgi zamon estetik ideallarning badiiy asarda qanday shakllantirganligini diqqat bilan o'rganadi va o'qituvchi adabiyot darslarida estetik ideallarning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e'tibor beradi. Umumta'lim maktablarida adabiyot nima uchun va qanday o'qitilish kerakligini belgilash hamda adabiy ta'limni amalga oshirish jarayonida tanilishi zarur bo'lgan ilmiy - nazariy , estetik - pedagogik asoslarni ishlab chiqish kechiktirib bo'lmaydigan yumushga aylanadi . O'quvchilar badiiy adabiyotni nima uchun o'qishlari kerakligini , ularga qanday asarlar tavsiya etilishi lozimligini , bu asarni o'zlashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarga qanday sifatlar shakllantirish joizligini aniq- ravshan belgilab olgandagina adabiyot o'qitishning samaradorligiga erishish mumkin bo'ladi. Badiiy adabiyotni o'rganish mashg'ulotiga jamiyat tomonidan belgilangan bosh, umumiy maqsaddan tashqari har bir o'quvchining xususiy maqsadi ham bo'lishi mumkinligi singari jihatlar tekshirilishi va jiddiy ilmiy xulosalarga kelinishi vaziyatning talabiga aylandi . O'zbek adabiyotini o'qitishda o'tmish tajribasini bilan birga zamonaviy o'zbek metodika ilmining namoyondalari qarashlari ham atrofligicha tahlil qilinmoqda. Badiiy adabiyot tarbiyalanuvchilarga adabiyot bo'yicha qandaydir bilimlar majmuini singdirish uchun o'qitilmasligi , balki jozibali badiiy so'z vositasida o'quvchilarning hissiyotlariga ta'sir qilish orqali ularning ma'naviy qiyofasini shakllantirish yo'li bilan bolalarini komil inson bo'lish sari yetaklash maqsad ekanligi metodikasini tarixida ilk bor tadqiq etildi . Jamiyatning qay yo'sinda rivojlanishi jamiyat a'zolarining ma'naviy qiyofalariga bog'liq . Fuqoralarning ma'naviyatini shakllantirishda beqiyos imkoniyatlarga ega bo'lgan adabiy ta'limning samaradorligini oshirish , uni to'g'ri ilmiy asoslar ustiga qo'yish nafaqat nazariy , balki sof amaliy ahamiyatga ham egadir . Adabiy o'qitilishning umumnazariy muammolarini bu tariqa har tomonlama o'rganish adabiy ta'limining davlat o'lchamlarini belgilashda ,adabiyot o'qitishning yo'riqlarini yaratishda,o'quv rejalarini tuzushda, o'quv dasturlari ishlab chiqish va darsliklar ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.55 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
8.55 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:47 ]
Arxiv ichida: doc