Adabiyot o'qitish metodikasi tarixidan

Adabiyot o'qitish metodikasi tarixidan

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot o'qitish metodikasi tarixidan - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot o'qitish metodikasi tarixidan. Reja: 1Adabiyot o'qitish metodikasi fanining shakllanishi,rivojlanishi tarixi. 2.Eng qadimgi davrlarda adabiyot o'qitish metodikasi. 3.Adabiyot o'qitish metodikasida jadidchilik davri. 4.Mustaqillik va adabiyot o'qitish metodikasi fanining rivojlanish xususiyatlari. O'zbek adabiyotini o'qitish usuli,asosan, 20-yillardan fan sifatida shakllandi va rivojlanib bormoqda.O'zbek adabiyotini o'qitish usluning mustaqil fan ekanligi shundaki, boshqa fanlardagi kabi uning ham o'rganadigan,tadqiq eadigan predmeti mavjud bo'lib,u badiiy adabiyotdir.Badiiy adabiyot ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga va o'ziga xos tadqiqot usuliga ega.Adabiyot o'qitish usluning asosiy vazifasi adabiyot o'qitish jarayoni qonuniyatlarini o'rganish,yoritishdan iboratdir.Adabiyot o'qitish usuli o'rganadigan qonuniyatlar adabiyotshunoslik,didaktika va psixologiya o'rganadigan qonuniyatlardan farq qiladi. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganadi,didaktika ta'limning umumiy qonuniyatlarini ,inson ruhiyati,jumladan,bolalar ruhiyati faoliyatining qonuniyatlarini o'rganadi.O'qitish usuli bu fanlarga bevosita suyanadi,ular bilan bog'lanadi.Ammo u bajaradigan vazifa adabiyotshunoslik,didaktika va ruhiyat fanlari amalga oshiradigan vazifalardan farq qiladi. Adabiyot o'qitish usuli jamiyatning madaniy ,adabiy hayotida yuz beradigan o'zgarishlar asosida o'zgarib,rivojlanib boradi,ta'lim jarayoni qonuniyatlarini ochish orqali adabiyot o'qitish usullarini tarbiyada qo'llash mumkin bo'lgan qoidalarni ishlab chiqadi. Adabiyot o'qitish usuli insonni shakllanirishda muyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to'g'risidagi hamda ta'lim-tarbiya berishning mazmuni,shakli va metodlari haqidagi fan bo'lib,pedagogikaning uzviy qismi sifatida adabiyot o'qitish jarayonini o'rganadi. Adabiyot o'qitishning ijtimoiy mohiyati esa, yosh avlodning axloqiy-estetik va aqliy adabiy rivojida asosiy vosita bo'lgan badiiy adabiyotning tarbiyaviy ahamiyatini yoritishda ochiladi. Turkistonda musulmon diniy maktablari boshlang'ich savod maktabi,daloyixona,qorixona va madrasadan iborat bo'lib,maktablarda kitob o'qish ikki usulda-yakka va xor tartibida o'quvchilarga asarni o'qitish bilan birga,asardan parchalar ko'chirtirish yo'li bilan chiroyli yozishga ham o'rgatilgan. Madrasalarda diniy ilm,ilmi aruz,ilmi bayon,mantiq kabi ijtimoiy fanlardan tashqari riyozat,falakiyot,handasa,tibbiyot singari aniq fanlar ham o'qilgan,diniy kitoblar va adabiy asarlarni o'qishda ifodali o'qish ,badiiy o'qish,yoddan o'qish,husnixat,sharhli o'qish usullaridan foydalanilgan. Eski maktab va madrasalardagi ta'limda shbu usullarning qo'llanishi ifodali o'qish,so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish ,lingvistik malakalarni egallashga yordam beradi.talabalar arab va fors tillarida yozilgan badiiy kitoblarni o'qish orqali Sharqning mashhur klassiklari -Sa'diy,Hofiz,Fuzuliy,Bedil asarlari bilan tanishganlargi, bu eski maktb va madrasalardagi ta'limning ijobiy tomonidir.Ammo eski maktab va madrasalarda o'qish muddati rasmiy ravishda belgilanmagan edi. Maktab va madrasalarga maxsus tashkilotga rahbarlik qilmas,o'qishlar yagona o'quv rejasi asosida olib borilmas edi.Mana shu holat va o'qishning asosan,arab,fors tillarida olib borilganligi sababli ko'pchilikni tashkil etgan mehnatkashlarning bolalari savodli bo'la olmaganlar. Uzoq asrlik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy,diniy to'siqlarga qaramay,O'rta osiyodagi boshqa xaklqlar kabi buyuk ilg'or fikr egalarini,dunyoga mashhur buyuk olim ,shoir va san'at ahllarini yetkazdi,insoniyatga ilm-fan,san'at va adabiyot sohasida o'lmas yodgorliklar taqdim etdi. Abu Nasr Farobiy,Yusuf xos hojib ,Abulqosim Mahmud ibn Umar Zamaxshariy,Alisher Navoiy kabi olim va shoirlar o'z asarlarida o'sha davr maktablaridagi ta'lim-tarbiya,badiiy asarni o'qish va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.67 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.67 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga