Adabiyot o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi

Adabiyot o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi REJA: 1.Adabiyoto'qitish metodikasining adabiyotshunoslik turkumidagi fanlar bilan aloqasi. 2.Adabiyot o'qitish metodikasining tilshunoslik turkumidagi fanlar bilan aloqasi. 3.Adabiyot o'qitish metodikasining ijtimiy-gumanitar turkumidagi fanlar bilan aloqasi. 4.Adabiyot o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi.Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to'plangandan keyin o'sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruriyatini taqozo etadi.Pedagogika fani tekshiradigan tarbiya bilan ta'lim o'zaro munosabati,o'qituvchining rahbarligi va o'quvchilarning mustaqil ishlari kabi masalalar adabiyot mashg'ulotlarida g'oyat muhim rol o'ynaydi. Ta'limning asosiy vazifasi o'quvchilarni bilimlar, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish bo'lsa, tarbiya esa yosh avlodni jamiyatimizdagi qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e'tiqodini,axloqiy malakalar va ko'nikmalarni,ehtiyoji va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat.Tarbiyashunos olim Abdulla Avloniy o'zining Turkiy guliston yoxud axloq asarida inson kamolotida tarbiyaning rolini alohida ta'kidlab, shunday degan edi : Janobi haq insonlarning asl xilqatiga iste'dod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni , foyda ila zararni,oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan.Lekin, bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo'ladir.Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go'zal xulqlarga odatlanib katta bo'lsa, baxtuyor bir inson bo'lib chiqadi.Agar tarbiyasiz,axloqi buzulib o'ssa nasihatni qulog'iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoyi odam bo'lib chiqadi. Har bir maktab predmetining o'ziga xos materiali, mazmuni bor. Bu material va mazmun bolaining bilimini kengaytiradi,dunyoqarashini shakllantiradi,uning hissiyotini,intilishini tarbiyalaydi. Adabiyot haqidagi fan- adabiyotshunoslik bilan adabiyot o'qitish usulining vazifasi o'rtasida farq bor.Adabiyotshunoslik fani badiiy adabiyotining taraqqiyot qonunlarini,badiiy asar yaratilgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy voqealar yozuvchilarning tarjimaiy holiga doir materiallar, hujjatlar tanqidiy adabiyotlarni o'rganadi.Adabiyot o'qitish metodikasi-bu, o'quvchilarni o'quv predmeti sifatida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan adabiyotni o'qitishdagi ijtimoiy jarayon manbai bo'lgan va unga to'g'ri rahbar qilish maqsadida bu jarayonnig qonuniyatlarini ochishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ygan xususiy pedagogik fandir. Adabiyotshunoslikning o'rganish sohasi predmeti badiiy adabiyot ekan, adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlari,ijtimoy aloqalarini har jihatdan o'rganadi.Adabiyotshunoslikning predmeti bo'lmish badiiy adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko'lami juda keng. Ularning bir qismi umumestetik muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir qismi sof adabiyotshunoslik muammolari sanaladi.Badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va reallik munosabatlari, dunyoqarash va badiiy ijod jarayoni xususiyatlari,badiiy asarni qabul qilish jarayoni xususiyatlari kabi qator muammolar umumestetik xarakterga ega.Badiiy adabiyotning mohiyati uning rivojlanish omillari va qonuniyatlari, badiiy asar tabiyati,uning tuzulishi, badiiy til xususiyatlari, adabiy tur va janrlar kabi qator masalalar borki, ular sof adabiyotshunoslik muammolari sanaladi.Adabiyotshunoslik badiiy asarni tahlil qilib, unga joziba bahsh etayotgan, undagi ifodallilik va tasviriylikni, badiiy ta'sir kuchini oshirayotgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.36 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.36 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga