Adabiyot o'qitishda muammoli ta'limning ahamiyati

Adabiyot o'qitishda muammoli ta'limning ahamiyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot o'qitishda muammoli ta'limning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot o'qitishda muammoli ta'limning ahamiyati. Reja: 1.Muammoli ta'lim o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatish. 2.Muammoli vaziyat hosil qilish yo'llari. 3.Muammoli ta'limda badiiy matn mag'zini ochishda o'qituvchining mahorati. Ta'limda muammoli yondoshish o'quv dastulrida ham, o'qituvchi bilimlarini bayon qilishda ham ,o'quvchilarning mustaqil ishi hoka'zolarda ham o'zining ifodasini topishi lozim.Shu bilan birga har qanday masalani o'quvchilarning har qanday mustaqil izlanishini muammoli ta'limga kiritmaslik kerakligini nazarda tutish kerak. U yoki bu muammo hayotiu muhim masalarni o'rganish jarayoninig o'zida vujudga kelsa va ma'lum yangilik hisoblansagina muammolim ta'lim bo'ladi.Uni yoritishda turli sharoitlarga va yechish usullariga yo'l qo'yiladi. Bilimlarni muammoli bayon qilish.Bunday bayon qilishda o'qituvchi o'quvchilarga u yoki bu qoidalarni faqat gapirib bermaydi, balki og'zaki fikr yuritib,muammoni ham aytadi va uni hal qilish jarayonini ko'rsatadi. Bayonning ayrim bosqichlarida o'quvchilarni izlanishga jalb etishda o'qituvchi muammoni qo'yadi, o'quv materialini tushuntiradi,lekin ana shu jarayonda o'quvchilarga ulardan izlanish jarayoniga qo'shilishni va u yoki bu blish vazifasini mustaqil holda hal etishni talab qiladigan savollarni beradi. Ta'limning tanqiy metodida o'quvchilar bilish muammosini anglab,o'zlari izlanish rejasini belgilaydilar, taxminni tuzadilar, uni tekshirish yo'lini muhokama qiladilar,uzatish va tajribalar o'tkazadilar,faktlarni qayd qiladilar,tajribalarni va faktlarni taqqoslaydilar,umumlashtiradilar. Muammoli bayon qilsh jarayonida izlanishni o'qituvchi olib boradi, o'quvchilarga ilmiy isbotlash bo'yicha fikrlash namunasini ko'rsatadi, o'quvchilar faqat uning mulohazasini kuzatadilar,muammoni hal qilishga qaratilgan qiziqishini oshiradi. Muammoli ta'lim deganda o'quv materialini o'quvchilar ongiga ilmiy izlanishga o'xshash,bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo'sinda o'rgatish tushuniladi.O'quvchining fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani obyektiv ravishda izlanishga va mantiqiy to'g'ri ilmiy xulosalar chiqarishga da'vat etadi. O'quvchilarning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlarning shakllanishi ularning shaxsida qiziquvchanlik,o'tkir zehnlilik,mustaqillik,o'qishga qiziqish va ijodga intilish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Muammoli vaziyat o'quvchining ma'lum aqliy faoliyatidir.Bunday holat ma'lum topshiriqni bajarish jarayonida diqqatni anglash tufayli vujudga keladi.Muammoli ta'lim o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatishda muhim omil hisoblanadi.Muammoli vaziyat hosil qilish yo'llari :muammoli savollar yordamida munozara uyushtirish orqali muammoli vaziyat hosil qilish,oldindan uyga topshiriq berish orqali muammoli vaziyat hosil qilish,dars vaqtida asarni o'qishdan oldin muammoli vaziyat hosil qilish,o'quv materialini qayta ko'rish orqali muammoli vaziyat hosil qilish,o'quvchilarning hayot tajribalaridan adabiy materialga bog'liq holda muammoli vaziyat hosil qilish,fanlararo aloqlalardan foydalanib muammoli vaziyat hosil qilish. Ta'limdagi muammolilikni o'quvchilarning o'quv muammosini anglash va hal qilish borasidagi bilish harakatlarini tashkil etish sifatida tushunamiz.Ta'limdagi muammolilikning muhim xususiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish hisoblanadi.Bunda shuni nazarda tutish lozimki,muammoli vaziyat hayotiy faktlar va voqealar asosida vujudga keltiriladi,chunki bu vaziyat tabiiy shaklga qancha mos bo'lsa,o'quvchilarni faollashtirish va muammoni hal qilishga jalb etish imkoniyati shuncha katta bo'ladi.Ta'limdagi muammolilik an'anaviy didaktikaning prinsiplarini va qoidalarini inkor qilmaydi,balki ularga tayanadi.Ta'limda muammoli yondoshishni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 19.79 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: zip, doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → zip, doc
Fayl hajmi 19.79 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: zip, doc
Tepaga