Adabiyot o'qitishda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish Reja 1. Adabiyot o'qitishda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. 2. Adabiyot darslarida o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish. 3. Adabiyot darslarida o'quvchilarning yozma nutqini o'stirish. Adabiyot o'qitishni tashkil etish adabiy ta'lim negizida turadi. O'quvchilarning adabiyot darslarida olgan bilimlari ularning yuksak axloqiy-ma'naviy qadriyatlar bilan tanishishiga, shu sohadagi ehtiyojlarning tarbiyalanishiga imkon beradi. Adabiyotning nihoyatda katta ta'limiy va tarbiyaviy roli ham ana shunda. U o'quv predmeti sifatida o'quvchilar nutqining takomilida, bolalarning kitobxonlik madaniyatining yuksalishida, kitobning to'liq badiiy idrok etish qobiliyatining shakllanishi va rivojida beqiyos ahamiyatga molik. Bunda o'qituvchi va o'quvchi hamkorligi hal qiluvchi omildir. Ana shu omil ishga to'liq tushsagina o'quvchi shaxsidagi g'oyaviy, axloqiy-ma'naviy, estetik rivojlanish sodir bo'ladi.Undagi tasavvur imkonlari kengayib, ijodiy hamkorlik qobiliyati kamol topadi, ayni paytda hikoya qilish, ifodali o'qish, fikrni og'zaki va yozma bayon eta olish ko'nikma va malakalari, iste'dod va qobiliyatlari shakllanadi va rivojlanadi.Buning uchun avvalo adabiyotni o'rganish prinsiplarini tushunish, bu fanga oid ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'ziga xoslik va qonuniyatlarni, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini o'rganish va ularni hisobga olish zarur. Adabiyot darslari o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini o'stirishda beqiyos katta imkoniyatlarga ega. Bu yerda adabiy o'qish, ifodali o'qish, matnni izohlash, yod olish, qayta hikoyalash, matnning rejasini tuzish, asarning ajratib olingan alohida bir qismi, nomlanmagan asarlar (xususan, klassik adabiyotimizdagi lirik asarlar)ga sarlavha topish, asar muallifi yoki qahramonlarga maktublar yozish, adabiy asar yoki adabiy-tanqidiy maqolalarga taqriz yozish singari bir-biriga o'xshamaydigan ish turlari mavjud. Insho yozish o'quv faoliyatidagi eng qiyin nuqtalardan biridir. Insho juda uzoq va murakkab tayyorgarlik va tajribalarni talab qiladigan ijodiy jarayondir. Insho yozish uchun nimalar talab qilinadi? Buning birinchi asosi muayyan adabiy-badiiy materialni o'qish, anglash va uning asosiy mohiyatini, fakt va hodisalarini puxta o'zlashtirish bilan bog'liq. Nihoyat, mana shu o'zlashtirilgan adabiy fakt va hodisalarning qayta ifodasi o'quvchining mushohadasi bilan to'ldirilgan va uning ongida qayta ishlangan shaklda insho shakliga keladi. O'quvchilar o'z tajribalarida diktant, bayon singari yozma ish turlari bilan yaxshi tanish bo'lishadi. Bu tajribalar ularga boshlang'ich sinflardanoq yaxshi ma'lum. Yuqori sinflarda ularga bunday yozma ishlarning ijodiy topshiriqli turlarini ko'proq berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bularning orasida o'quvchining o'zi mustaqil tarzda davom ettiradigan bayon turlari o'ziga xos o'rin tutadi. Uning asosiy mohiyati shundan iboratki, o'quvchiga muayyan bir matn tavsiya etiladi. Bu matn tugallanmaganligi bilan o'ziga xoslik kasb etadi. Matnning asosiy xususiyati shundaki, unda muayyan tipdagi fikr (tasvir, tavsif, hikoya) boshlab beriladi. Bu fikr o'quvchining qiziqishlarini, diqqat-e'tiborini o'ziga tortgunga qadar (matn mazmuniga ko'ra bir-ikki, ba'zan besh-oltitagacha gap doirasvda) davom etgiriladi va xuddi shu yerda to'xtatiladi (uzib qo'yiladi). Uni davom ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
447.23 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
447.23 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:47 ]
Arxiv ichida: doc