Adabiyot ta'limi bo'yicha davlat ta'limi standartiga sharh

Adabiyot ta'limi bo'yicha davlat ta'limi standartiga sharh

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyot ta'limi bo'yicha davlat ta'limi standartiga sharh - rasmi

Material tavsifi

Adabiyot ta'limi bo'yicha davlat ta'limi standartiga sharh. Режа: 1.Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartini ishlab chiqish prinsiplari haqida. 2Dasturning taribi va mazmuni. 3.Darslikka qo'yiladigan talablar. 4.oAdabiyot o'qitish metodikasi bo'yicha o'quv qo'llanmalar haqida ma'lumot. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti o'quvchilar umumta'lim tayyorgarligiga, sviyasiga qo'yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.Davlat ta'lim standarti ta'lim mazmuni, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.Ta'lim mazmunining o'zagi hududida faoliyat ko'rsatayotgan turli muassasalarda ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi.Davlat ta'lim standarti o'z mohiyatiga ko'ra o'quv dasturlari, darsliklar, qo'llanmalar, nizomlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti o'zining tuzulishi va mazmuniga ko'ra davlat, huquq, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiy o'quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi. Ta'lim-tarbiya muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo'ygan davlat o'sha muassasalar tomonidan tayyorlangan kishilar egallashi lozim bo'lgan ijtimoiy-ma'naviy va inteltual-kasbiy xislatlarning minimal chegarasi,miqdori aniqlanishini talab qilishi tabiiy holdir.Davlat ta'lim standartlari ta'lim-tarbiya muassasi ma'lum bosqichning bitiruvchilari muayyan o'quv fani yuzasidan egallashlari shart bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka va ma'naviy xislatlarning eng quyi miqdorini umumiy asoslovchi rasmiy pedagogik hujjatdir. Ta'lim tizimidagi barcha predmetlar ham davlat ta'lim standartiga bir xil parametrlar bo'yicha tushavermaydi.Ayrim o'quv predmetlarining standartlarini belgilashda o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim ustuvor o'rin tutsa, boshqasi uchun egallanadigan ko'nikma va malaka sistemasi muhim hisoblanadi.Estetik-ma'naviy yo'nalishdagi o'quv fanlarida esa ko'proq o'quvchilarning ruhiyati, qalbi, hissiyotlari olamining shakllantirishga e'tibor qaratiladi. Maktabda adabiyot bolalarga shuning uchun ham o'rgatiladiki, badiiy adabiyotsiz inson to'la ma'noda shaxs bo'lib shakllana olmaydi.Badiiy asarni o'qish, tushunish, ta'sirlanishi va tahlil eta olishiga qodirlik inson mka'naviyatidagi asosiy jihat bo'lmish o'zgani tushunish, uning tuyg'ularini his qilish, darddoshlik fazilatlarini shakllantiradi.Binobarin, madabiy ta'lim mezonlarini belgilashda boshqa predmetlar uchun asosiy bo'lgan zohiriy, tashqi predmetlarga chalg'imaslik lozim bo'ladi.Chunki adabiyot tarbiyalanuvchi va ma'naviyatini, qalbini, tuyg'ularini shakllantirishga yo'naltirilgan faoliyat ekan, bu xislatlarni o'lchash mumkin tashqi o'lchamlarning o'zi yo'qligi hamisha yodda tutilishi lozim.Adabiy ta'lim uchun tarbiyalanuvchning nutq boyligi, farosat bilan so'zlay olishi, fikrni ravon ifodalash malakasini egallanganligi, badiiy asarlarni yod bilishi, o'rgangan asarlarni tahlil qil;ish salohiyati o'z holicha maqsad emas, balki barkamol shaxsni shakllantirishdek asosiy maqsadga erishish yo'lidagi vositadir. Standart qolip emas, balki erishilishi shart bo'lgan pedagogik marra.Adabiy ta'lim mezonlarini belgilashda matematik hisoblarga mutlaqo boy bermaydigan ma'naviy asoslar ustuvorligi ko'zda tutiladi.Shuningdek, adabiyot o'qitishda faqat tafakkurni o'stirishga, amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga emas, balki qalbni shakllantirishga, estetik didni tarkib toptirishga ko'proq e'tibor qaratiladi. Umumiy o'rta ta'lim bosqichi o'quvchilarining ruhiy-jismoniy xususiyatlari shundayki, ularga pand-nasihat qilish, aql o'rgatish kutilganidan teskari natija berishi mumkin.Ayni vaqtda, ezgu ma'naviy fazilatlar,go'zal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.77 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.77 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga