Adabiyot va mafkura Reja: Mafkura tushunchasi. Dunyoqarash va badiiy ijod. Umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi. Mafkura va adabiyot munosabati. O'zbek tilida faol ishlatiluvchi fikr, tafakkur, mafkura so'zlarining o'zakdosh so'zlar ekanligi sizlarga ma'lum. Inson ongida olam va odam haqida fikr va tasavvurlar mavjudligini, inson tafakkur (fikrlash) qobiliyatiga ega oliy mavjudot ekanligini yaxshi bilasiz. Xo'sh, insonga xos ikki muhim xususiyatni bildirgan so'zlar bilan o'zakdosh bo'lgan mafkura so'zi nimani anglatadi? Mafkura deganda ma'lum bir jamiyat, davlat, millat va hokazo ijtimoiy guruhlarning siyosiy, iqtisodiy va h.k. maqsadlariga mos holda muayyan bir tizim holiga keltirilgan fikr va g'oyalar jamini tushunamiz. Demak, mafkura fikr va tafakkur tushunchalariga nisbatan xoslanganroq, maxsus tushuncha ekan. Boshqa bir jihati shuki, fikr va tafakkur alohida olingan har bir insonga tabiatan xos narsa, mafkura esa avvalo ijtimoiy hodisa sifatida maydonga keladi, keyin har bir alohida shaxs tomonidan o'zlashtiriladi. Jamiyatda yashayotgan shaxs (jumladan, ijodkor ham) ma'lum bir ijtimoiy guruh vakili, demak, o'zining muayyan ijtimoiy muhitda shakllangan qarashlari, orzu-intilishlariga egaki, bular shu guruhning qarashlari, orzu-intilishlariga ko'p jihatdan mos. Shunga qaramay, ijodkor birinchi galda shaxs, shu bois ham asar mazmunida shaxsiylangan ijtimoiylik aks etadi, shaxsiylik va ijtimoiylik uyg'un mujassamlashadi. Aksincha yo'ldan borilsa, ya'ni, ijodkor shaxsi ijtimoiylikda singib yo'qolsa - ijodiylik yo'qoladi, bu holda ijod ham, badiiyat hodisasi ham mavjud emas. Negaki, bu holda yozuvchi voqelikni tayyor qoliplar asosida ko'radi, o'sha qoliplar asosida tasvirlaydi va baholaydi - sxematizm yuzaga keladi. Sirasi, kompyuter texnikasi yuksak rivojlangan bizning zamonamizda, ehtimol, bunday sxematik asarni dasturiy jihatdan yaxshi ta'minlangan kompyuter ham yozishi mumkin. SHo'ro davri adabiyotining fojiasi ayni shunda - ijodkor shaxsining ijtimoiylikda singib yo'qolib ketganida edi. Badiiy ijod dunyoqarash bilan bog'liq tarzda kechadi. Dunyoqarash deganda konkret insonning dunyo haqidagi bilimlari, tushunchalari, g'oyalarini tushunamiz. Badiiy asarda akslangan badiiy voqelik ijodkor tomonidan ko'rilgan ijodiy qayta ishlangan va g'oyaviy-hissiy baholangan voqelik ekan, demak, badiiy asar mazmuni ijodkor dunyoqarashi bilan bog'liq bo'ladi. Ma'lumki, har bir inson dunyoni o'zicha ko'radi, uni o'zicha idrok qiladi va o'zicha baholaydi. Qizig'i shundaki, hammamiz ham o'zimiz ko'rgan voqelikni real voqelik deb tushunamiz, holbuki, bu - voqelikning ongimizdagi biz ko'rolgan va idrok etolgan aksi, xolos, ya'ni, individual borliqdir. Shunday ekan, bir joyda, bir davrda yashab turgan ikki inson ongidagi voqelikning aksi bir xil bo'lolmaydi. Buning yorqin misoli sifatida Kecha va kunduz bilan Qutlug' qon romanlarini olib ko'rishimiz mumkin. Ikkala muallif bir davrda yashagani, bir davrni qalamga olgani holda, har ikki romanda akslangan badiiy voqelik bir-biridan tubdan farq qiladi. Sababi, har ikki adibning asarida ham individual borliq - ularning ongida akslangan voqelikning ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
439.59 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
439.59 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:47 ]
Arxiv ichida: doc