Ma'naviyat Dunyoqarash G'oyaviylik (fikrlar majmui) Tendensiozlik Xalqchillik va uning xislatlari Adabiyotdagi milliylik va umuminsoniylik Reja: kirish. Tayanch so'z va iboralar: Ma'naviyat Dunyoqarash G'oyaviylik (fikrlar majmui) Tendensiozlik Xalqchillik va uning xislatlari Adabiyotdagi milliylik va umuminsoniylik Badiiy ijod jarayonida talant asosiy tamoyil bo'lishidan qat'i nazar, san'atkor hayoti davomida orttirgan turli-tuman boyliklar (ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, bilimlar, tajribalar) ning ahamiyati ham kam emas. Yozuvchining parvozini baland va go'zal qushga o'xshatsak, uning parvozini ta'minlovchi bir qanoti talant bo'lsa, uning ikkinchi qanoti dunyoqarashdir. Dunyoqarash - bu, avvalo,inson o'zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, tushunishi, bilishi va baholashi natijasida yuzaga kelgan xulosalari,bilimlari asosida shakllangan umumlashmalar tizimidir. Bu jihatdan dunyoqarash dunyoning inson ongidagi o'ziga xos in'ikosi bo'lib, inson o'z-o'zini va dunyoni anglashning alohida shaklidir. Dunyoqarash, shu bilan birga, insonning o'ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo'lgan munosabatlarini ifodalaydigan ko'nikmalari, malakalari, bilimlari, hamda dunyoni amaliy va nazariy o'zlashtirishi hamdir. Xullas, u insonning dunyoni sezishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, tushunishidan tortib, uning dunyodagi o'z o'rni va rolini belgilashi, o'zini va dunyoni o'zgartirishining umumiy ma'naviy zaminlari hamdir (Falsafa, T., 199, 9-bet; ta'kidlar bizniki-H.U.) Demak, dunyoqarash ma'naviyat orqali amalga ko'chadi, o'zlikda aks etadi. Ma'naviyat-Alloh oldidagi ma'sullik, Alloh haqiqatini anglab yetish yo'lidagi harakatlar va uning bilan uyg'unlikka erishishdir Shaxs va millat ruhiyati (adabiyotning predmeti-H.U.) ham ma'naviyat bilan tutash bo'lib, asosiy farqlaridan biri-ruhiyat murakkab voqyelik sifatida o'zida ham rahmoniy, ham shaytoniy xislatlarni, ham fazilat, ham qusurlarni, ham tabiiy-irsiy, ham atrof-muhit ta'siridagi holatlarni aks ettirsa, ma'naviyat shaxsning, millatning insoniy fazilatlarini, uning qalbidagi ilohiy nur in'ikosini namoyon qiladi1 Adabiyotning asli yaratilishidan bosh maqsadi ham odamlarni kufr zulmatlaridan iymon nuriga-Alloh yo'liga olib chiqishdir. Shu yo'lda qalbni badiiylik qudrati ila poklash, tozartirish, o'yg'otish, harakatga solishdir. Ko'rinadiki, talant va ma'naviyat o'zaro uzviy bog'liqlikda o'zlikni va dunyoni kashf etish quroliga aylanadi; adabiyotdagi inson tasviri tarixi-ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo'lgan, odamzotga xos barkamollikni mujassam etgan, uni uzluksiz harakatini o'ziga ohanrabodek tortuvchi komil inson g'oyasi tarixidir, degan xulosaga asos beradi. Bundan adabiyot-g'oyaviydir degan fikr kelib chiqadi; har bir asar, albatta, aniq g'oyani yoki g'oyalar tizimini o'zida ifodalaydi: inson va jamiyatni taraqqiyot va ezgu maqsad-umuminsoniy haqiqat sari yetaklaydimi yoki teskarimi (zarar keltiradimi)-har ikki holda ham o'sha asar muayyan fikrlar majmui (g'oyalar)ni jonlantiradi. Eng xarakterli tomoni shundaki, har qanday g'oya talantli shaxs qalbidagi intilishlar natijasi sifatida dunyoga keladi va u ijtimoiylik kasb etib hayot zaruratiga, davr tarixiga, insoniy munosabatlar qoidasiga aylanadi. Shu sababdan, Lev Tolstoy, maqsadsiz va foyda yetkazishga umidsiz yozish sira ham qo'limdan kelmaydi San'at shu ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.11 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.11 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:48 ]
Arxiv ichida: doc