Mavzu: Adabiyotshunos allomalar ALISHER NAVOIY SO'Z MULKINING SULTONI Buyuk shoir va mutafakkir Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o'zini Xitoydan to Xuroson gacha yoyilgan turkiy qavm (el, urug')larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog'i ostida birlashtirdi, yakqalam qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy ravnaqiga katta ta'sir ko'rsatdi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab o'tdi. Qadim zamonlardan, shu jumladan, Navoiy yashagan davrda ham Xuroson va Movarounnahr bir mamlakat bo'lib, bir taxt egasi ixtiyorida kelgan,aholisining asosiy qismini turkiy xalqlar tashkil etgan. Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiy tili Andijon shevasi bilan rost ligini aytadi. Binobarin, biz - o'zbeklar turkning eng qadim bo'g'inini tashkil etgan va bugun o'zbek millati bo'lib shakllangan xalq buyuk Navoiyning bevosita vorislaridirmiz. Navoiydek jahoniy zotga avlodlik va vorislik hissi har bir o'zbekning qalbini g'urur va iftixor tuyg'ulari bilan to'ldiradi. Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o'sdi. Olimu fozillar davrasida bo'ldi. 3-4 yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvarning bir she'rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. 5 yoshida esa uni maktabga berdilar. U bo'lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o'qidi. Alisherlar xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. Ko'p o'tmay, taxtga Abulqosim Bobur Mirzo o'tiradi. Alisherning otasi G'iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa, o'qishini davom ettiradi. Bo'lajak shoir Sa'diy Sheroziyning Guliston, Bo'ston asarlarini sevib o'qiydi. Ayniqsa, Farididdin Attorning qushlar tilidan hikoya qilingan Mantiq ut-tayr asari Alisherning o'y -xayolini tamom egalab oladi. U odamlardan yotsiraydigan, xilvatni yoqtiradigan bo'lib qoladi. Bu holdan uning ota-onasi tashvishga tushadilar va kitobni yashiradilar. Lekin bu foydasiz bo'lib chiqadi. Kitob Alisherga tamom yod bo'lgan edi. Mantiq ut-tayr xayoli Alisherga bir umr hamroh bo'ldi. Umrining so'ngida esa, Lison ut-tayr nomi bilan unga javob yozdi. Bo'lajak mutafakkirining sevib o'qigan shoirlari yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy edi. 1453-yilda Alisherning otasi G'iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so'ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do'st - Husayn va Alisher yana birga bo'ldilar. Bu yillar ham yosh Alisher uchun o'qish va ilm egallash yillari bo'ldi. She'rga mehr Alisherni ijodga undadi. U 7 - 8 yoshlarida she'r yoza boshladi.O'zbekch she'rlariga Navoiy, forscha she'rlariga Foniy taxallusini qo'ydi. 15 yoshlarida she'rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tortdi. 1457- yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot etdi. Uning o'rnini Abusaid Mirzo egalladi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga sho'ng'ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o'qishni davom ettirdi. 1464-yilda Hitotga qaytib kelgan shoir hayotida noxushliklar boshlandi. Abusaid Mirzo taxtga da'vogar Husayn Boyqaroning yaqin kishilarini ta'qib ostiga oladi. Alisherning ota mulkini ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
182.44 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:48
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
182.44 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:48 ]
Arxiv ichida: ppt