Adabiyotshunoslik - badiiy adabiyot haqidagi fan

Adabiyotshunoslik - badiiy adabiyot haqidagi fan

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyotshunoslik - badiiy adabiyot haqidagi fan - rasmi

Material tavsifi

Adabiyotshunoslik - badiiy adabiyot haqidagi fan Reja: «Adabiyot» atamasining mazmuni va tarixi: Badiiy adabiyot va uni o'rganishning ahamiyati. «Adabiyotshunoslik» atamasining mazmuni, adabiyotshunoslik fanining obyekti va vazifalari. a) «Adabiyot» atamasining mazmuni va tarixi: «Adabiyot» termini etimologiya jaxatidan arabcha -adab so'zining ko'plik shakli ( hozirgi o'zbek tilida - odoblar) dan olingan. «Adabiyot» termini hozirgi paytda ikki ma'noda, ya'ni keng va tor ma'noda qo'llaniladi. Keng ma'noda qo'llanilganda «adabiyot» termini tushunchasi doirasiga- kitoblar, broshyuralar, maqolalar, umuman, ko'pchilikning o'qish uchun muljallab va nashr qilingan ( bosmaxona kashf etilishidan avvalgi davrda kulyozma kitob xolida tarkalgan) barcha asarlar kiradi. Adabiyot ayni chogda sohalarga bulinadi va turli nomlar bilan ataladi. Chunonchi, qishloq xo'jaligiga oid asarlar- «qishloq xo'jaligi adabiyoti», texnika oid asarlar - « texnika adabiyoti», tibbiyotga oid asarlar - «tibbiyot adabiyoti», siyosatga doir asarlar- «siyosiy adabiyot», so'z san'atiga oid asarlar - «badiiy adabiyot» deb yuritiladi va xokazo. «Adabiyot» atamasini tor, maxsus va professional ma'noda qo'llanilganda- faqat sofbadiiy asarlar ( romanlar, povestlar, hikoyalar, she'rlar, balladalar, poemalar, qasidalar, dramalar, komediyalar, tragediyalar va boshqalar)-gina ko'zda tutiladi. «Adabiyotshunoslikka asoslari kursida «adabiyot atamasi asosan professional ma'noda qo'llaniladi. Ma'lumki,hozirgi paytda jahonning bir necha xalqlari tillarida, jumladan rus tilida litteratura (»Literatura») termini, o'zbek tilida esa «adabiyot» atamasi qo'llaniladi. Bu ikkala atama hozirgi davrda bir ma'noni anglatadi. Biroq, bu ikki termin etimologiya jihatidan xam, qo'llanila boshlash tarixi e'tibori bilan xam bir-biridan ajralib turadi. «Literutura» termini jahon fanida XU11-X1X asrlarda paydo bo'lgan. Bu termin aslda lotincha litera («litera»), ya'ni «xarf» so'zidan olingan va asosan yozma adabiyot ma'nosida qo'llanilgan. «Literatura» ( Adabiyot») termini Rossiyada X1X asrda paydo buldi. Bu termini birinchi bo'lib ilmiy asoslagan va maxsus ma'noda qo'llagan olim V.G. Belinskiydir ( Qarang: «Adabiyot» so'zining umumiy ma'nosi», 1862 yil). Rossiyada X1X asrning o'rtalarigacha xam tor va maxsus ma'nodagi «literatura» o'rnida asosan « poeziya» termini ishlatilgan. Maxsus, tor va professional ma'nodagi «adabiyot» atamasi o'zbek adabiy tilida XX asrning boshlarida paydo buldi va, asosan, Oktabr tuntarilishidan sung keng qo'llanila boshlandi. O'zbek tilida «adabiyot» atamasi kishilarga yaxshi xulk va umuman hayotni to'g'gri tushunish va to'g'gri yashashni o'rgatish maqsadida yozilgan asarlar ma'nosida qo'llanilgan. Shunga ko'ra , o'tmishda badiiy adabiyot bilan birga umuman ilmiy, tarixiy, axloqiy kitoblar xam «adabiyot» atamasi tushunchasi doirasiga kiritilgan. o'rta asrlarda shunday asarlar xam yaratilganki, ularda badiiy so'z san'ati ilm-fan, axloq-odob masalalari bilan chatishib-korishib ketgan («Kobusnoma», «Kutadgu bilik», «Bobirnoma» va boshqalar). Shu xil asarlar xam «adabiyot» deb yuritilgan. Bundan tashqari, o'tmishda yaratilgan sof badiiy asarlar («Shoxnoma», «Xamsa» va boshqalar) xam yozilganki, bular xam «adabiyot» atamasi tushunchasi doirasiga kiritilgan. Biroq, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 443.59 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 443.59 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga