Adabiyotshunoslik - fan

Adabiyotshunoslik - fan

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyotshunoslik - fan - rasmi

Material tavsifi

Adabiyotshunoslik - fan Reja: 1. Fan, san'at, adabiyot 2. Adabiyot - so'z san'ati 3. Adabiyot Insonshunoslikdir, ruhshunoslikdir 4. Adabiyot - tuyg'ular tarbiyachisi Tayanch tushunchalar: Fan, san'at, adabiyot. Adabiyot - so'z san'ati. Adabiyot insonshunoslikdir. Adabiyot tuyg'ular tarbiyachisidir. Inson o'z hayoti davomida hayotni-tabiat, jamiyat, insonni bilishga intiladi, ularning mohiyati, qonuniyatlari va xususiyatlarini tadqiq qiladi. Ayni paytda inson dunyoni va o'zini bilish bilan cheklanmaydi, balki to'plagan bilimlariga suyanib u jamiyatni, o'zining ruhiy-ma'naviy dunyosini boyitib, o'zgartirib boradi. Ong-borliqning inson miyasidagi oliy in'ikos (aks etish) shakli ekan, u ijtimoiylik kasb etadi. Inson ongi (ruhiy va aqliy qobiliyati) jamiyatdagi hayoti davomida tarkib topadi, ijtimoiy muhit ta'sirida reallashadi, faollashadi, ijod qiladi. Ijtimoiy ong shakllari (siyosat, huquq, axloq, din, fan, san'at, falsafa, riyoziyot, tibbiyot va h.)ning barchasi-hayotni o'rganadi, biroq har biri o'ziga xos predmetiga asosan obyektiv borliqni in'ikos etadi, o'rganadi va o'rgatadi. Jumladan, ilmiy ijod-insonning tabiat, jamiyat va o'z tafakkurida amal qiladigan qonun va qonuniyatlarni kashf etish, bilish va o'rganish bilan shug'ullansa, badiiy ijod-tabiat, jamiyat va insonning nafosat qonunlari va tamoyillari asosida badiiy ifodalash sirlarini ochadi. Boshqacha aytsak, ilmiy tafakkur barcha fanlarni, badiiy tafakkur san'at va uning shakllarini o'zida birlashtiradi. Ikkalasi ham real borliq (hayot)ni, bizdan tashqaridagi olamni o'rganadi. Biri-hayot (tabiat, jamiyat, inson tafakkuri)ning obyektiv qonunlarini ochish, tushuntirish bilan shug'ullansa, ikkinchisi-hayot(tabiat, jamiyat, inson)ning badiiy (obrazli) kashfini tahlil va tadqiq qiladi. Ilmiy tafakkur borliqni ilmiy tushunchalar, g'oyalar, kategoriyalar, prinsiplar, muammolar, gipotezalar, hukmlar, xulosalar, nazariyalar, qonunlarda ifodalasa, badiiy tafakkur borliqni obrazlarda aks ettiradi. Ha, shuning uchun ham, Agar fanlar va san'atlar bo'lmaganda, inson va inson hayoti ham bo'lmasdi (L.N.Tolstoy). Filosof sillogizmlar orqali fikr yuritsa, shoir-obrazlar va kartinalar vositasida gapiradi va ularning ikkalasi ham ayni bir narsani aytadi. Siyosiy iqtisodchi statistik raqamlar bilan qurollanib, o'z o'quvchi yoxud tinglovchilarining zehniga ta'sir etib, jamiyatdagi falon sinfning ahvoli falon-falon sabablarga ko'ra ko'p yaxshilangani yoxud ko'p yomonlashganini isbotlaydi. Shoir voqyelikning jonli va yorqin tasviri bilan qurollanib, o'z o'quvchilarining fantaziyasiga ta'sir etib jamiyatdagi falon sinfning ahvoli falon-falon sabablarga binoan haqiqatdan ham ko'p yaxshilangani yoxud yomonlashganini haqiqiy kartinalarda ko'rsatadi. Biri isbotlaydi, ikkinchisi ko'rsatadi-ikkalasi ham ishontiradi, bunga faqat ularnng biri mantiqli asoslash, boshqasi kartinalarda namoyon etish bilan erishadi (V.Belinskiy; Ta'kidlar bizniki-H.U). Yuqoridagi Humoyunnoma (Gulbadan begim) asaridan keltirilgan parchaga e'tibor qilsangiz, unda mantiqiy fikrlash, mushohada, xabar ustunlik qiladi; hamma so'zlar aniqlik, obyektivlik, quruq qayd etishga bo'ysindiriladi va haqiqatan bo'lgan voqea haqida tushuncha beradi. Yulduzli tunlar romanidan keltirilgan lavha esa Bobur, Mohim begim, Shayxulislom (Ko'hinur olmosi ham) jonli gavdalanadi, ularning o'zaro muloqotlaridan har birining qalbidagi tuyg'u va hislarni (jumladan, Mohim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.18 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.18 KB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga