Adabiyotshunoslik - so'z san'ati haqidagi fan Reja: 1. Adabiyotshunoslik va uning tarkibiy qismlari: a) Adabiyot tarixi; b) Adabiy tanqid; v) Adabiyot nazariyasi. 2. Sharq adabiyotshunosligi. «Adabiyotshunoslik» so'zi ham ikki qismdan iborat bo'lib, u «adabiyot bilan shug'ullanish», «adabiyotni o'rganish» manosini anglatadi. Bundan ayon bo'ladiki, adabiyotshunoslik adabiyot haqidagi fandir. Har bir fan singari adabiyotshunoslik ham adabiyotning mohiyati, uning paydo bo'lish asoslari, rivojlanish tamoyillarini o'rganadi. Bu fan adabiy - badiiy asarlarning to'zilishi, tarkibi, adabiy - tarixiy jarayonda sodir bo'lgan o'zgarishlarni tahlil qiladi. Adabiyotshunoslik adabiyotning ijtimoiy fikr taraqqiyotiga ta'siri, adabiyotning boshqa fan, soha, tarmoqlar bilan aloqadorligini aniqlash bilan shugullanadi. Adabiyotshunoslikning bundan boshqa vazifalari ham ko'p. Shu boisdan adabiyotshunoslik nima ekanligini aniq, lo'nda ta'riflash oson, jo'n ish emas. Aslida ham murakkab hodisalarni, ayniqsa, ular nomoddiy bo'lsa, sodda, barchani birday qanoatlantiradigan tarzda ta'riflab bo'lmaydi. Chunki har qanday muqammal ta'rif - tavsif ham ularning mohiyatini to'la - to'kis ifoda etolmaydi. Adabiyotshunoslikning o'rganadigan manbasi adabiy - badiiy asarlar va ular yaratilgan sharoit, muhitdir. Bundan ayonlashadiki, adabiyotshunoslik juda ko'p fan, sohalar, xususan, tarix bilan o'zviy bog'liq holda ish tutadi. Ayni choqda barcha fanlar turli tarmoq, bo'limlarga ajralgani singari adabiyotshunoslik ham muayyan tarkibiy qismlarga bo'linadi. Bular: «adabiyot tarixi», «adabiy tanqid», «adabiyot nazariyasi», «matnshunoslik»dir. Ularning har biri adabiyot hodisalarini malum bir yo'nalish, nuqtai nazar asosida o'rganadi. Barchasining bosh obyekti esa adabiy - badiiy asarlar sanaladi. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan «Adabiyot tarixi» adabiyotning taraqqiyoti tamoyillarini, har bir davrning o'ziga xos xususiyatlarini, ijodkorlarning ijodiy faoliyatini o'rganadi. Adabiyot tarixi har bir adabiy hodisani mavjud ijtimoiy - siyosiy voqelik bilan bog'liq holda talqin qiladi. Qiyoshlash orqali davrlar adabiyoti orasidagi o'zgarishlarni aniqlaydi. Milliy adabiyotlar o'rtasidagi farq - tafovutlarni ko'rsatadi. Adabiyotda ro'y bergan o'zgarishlarni muayyan belgi-xususiyatlariga ko'ra davrlashtiradi. Albatta, adabiyotning taraqqiyot bosqichlarini davrlarga ajratish nisbiy bo'ladi. Adabiyot tarixini davrlashtirish, avvalo, adabiyot hodisalariga qanday nuqtai nazardan yondashishga bog'liq. Adabiyot tarixida adabiyot janrlarida ro'y bergan yangilanishlar, ijodkorlarning hayot hodisalari va inson obrazini yaratishda qanday uslub, unsurlar qo'llagani ham aniqlanadi. Chunki adabiyot tarixi adabiy janrlar, adabiy uslublar tarixidir. Adabiyotshunoslikning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblangan «adabiyot nazariyasi» adabiyot va ijtimoiy hayot orasidagi bog'liqaikni, so'z san'atining kishilik jamiyati taraqqiyoti bilan bog'lik holda rivojlanishini, adabiy tur va janrlar tabiatini, ularning o'ziga xos xususiyatlarini, badiiy asar tuzilishi, o'ni tashkil etuvchi qasmlarni, asarning tili, ifoda uslubini, badiiy-tasviriy vositalarni, adabiy yo'nalish, adabiy uslub, adabiy maktab, ijodkorning badiiy mahorati kabi masalalarni o'rganadi. Shuningdek u adabiyotni inson ma'naviy-ma'rifiy faoliyatining bir ko'rinishi sifatida tahlil qiladi. Zotan, adabiyotning xaqaqiy namunalarida insonning qalbi, tafakkuri akslangan va ular boshqalarga ta'sir eta oladigan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.42 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.42 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:48 ]
Arxiv ichida: doc