Adabiyotshunoslik fan sifatida Reja: Adabiyotshunoslik fanining predmeti. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari. Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. Adabiyotshunoslik fanining predmeti. Fanning predmeti deyilganda o'sha fan nimani o'rganishi nazarda tutiladi. Adabiyotshunoslik (adabiyot + shinos, ya'ni o'rganish, yaxshi bilish + lik) fanining nomidanoq uning o'rganish sohasi adabiyot ekanligi ochiq-oshkor ko'rinib turadi. Adabiyot so'zi arabcha adab so'zining ko'plik shakli bo'lib, u keng va tor ma'noda qo'llaniladi. Keng ma'noda qo'llanilganda adabiyot so'zi o'qishga mo'ljallab yozilgan va chop qilingan barcha asarlarni o'z ichiga oladi. Shunga qaramay, adabiyot so'zi (termini) tor ma'noda ham juda faol ishlatiladi va bunda so'z san'atiga daxldor bo'lgan asarlar - badiiy adabiyot tushuniladi. E'tiborli jihati shuki, istilohning ayni shu tarzda (tor va keng ma'nolarda) qo'llanilishi rus va boshqa bir qator tillarda ishlatiluvchi literatura so'ziga ham xosdir. Zero, bu termin ham litera (harf) so'zidan olingan bo'lib, keng ma'noda umuman chop etilgan mahsulotni, tor ma'noda badiiy adabiyotni anglatadi. Biz mutaxassis sifatida adabiyot so'zining tor ma'nosini ishlatamiz va bunda badiiy adabiyotni nazarda tutamiz. Demak, adabiyotshunoslikning o'rganish sohasi - predmeti badiiy adabiyot ekan. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini har jihatdan va atroflicha o'rganadi. Adabiyotshunoslikning predmeti bo'lmish badiiy adabiyotga taalluqli ilmiy muammolar ko'lami juda keng. Ularning bir qismi umumestetik (badiiy san'at sohalarining barchasiga xos) muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir qismi sof adabiyotshunoslik muammolari sanaladi. Deylik, badiiy obraz va obrazlilik, badiiy obraz va reallik munosabatlari, dunyoqarash va badiiy ijod, badiiy ijod jarayoni xususiyatlari, badiiy asarni qabul qilish jarayoni xususiyatlari kabi qator muammolar umumestetik xarakterga ega. San'atning barcha turlariga taalluqli bu muammolarni adabiyotshunoslik badiiy adabiyot nuqtai nazaridan, badiiy adabiyot bilan bog'lagan holda va uning misolida o'rganadi. Badiiy adabiyotning mohiyati, uning rivojlanish omillari va qonuniyatlari, badiiy (adabiy) asar tabiati, uning tuzilishi, badiiy (poetik) til xususiyatlari, adabiy tur va janrlar kabi qator masalalar borki, ular sof adabiyotshunoslik muammolari sanalishi mumkin. Adabiyotshunoslik bu muammolarni nima maqsadda o'rganadi? Umuman, ularni o'rganishga zarurat bormi? Axir, adabiyotshunoslikdan bexabar bo'lgan holda ham badiiy asarni o'qib zavqlanish yoxud go'zal asarlar yaratish mumkin emasmi? Bir qarashda bu xil savollarning yuzaga kelishi tabiiy va asoslidek, adabiyotshunoslikning badiiy adabiyotni o'rganishdan maqsadi o'rganishning o'zi bo'lib qolayotgandek ko'rinishi mumkin. Aslida esa bu xil savollarning yuzaga kelishi adabiyotshunoslik ilmining ahamiyatini tushunmaganlikdan, uning vazifalari va rolini tasavvur qila olmaganlikdandir. Umumiy bir nazar tashlashdayoq adabiyotshunoslik ilmining ikki jihatdan - badiiy adabiyotning rivojlanishi va badiiy did tarbiyasi jihatlaridan ahamiyatli ekanligi ko'rinadi. YA'ni, aslida adabiyotshunoslik fani yutuqlari ijodkorlarga ham, o'quvchi ommaga ham kerak. Zero, adabiyotshunoslik badiiy ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
444.38 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
444.38 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:48 ]
Arxiv ichida: doc