Adabiyotshunoslik va tanqidiy tafakkur taraqiyotida ilmiy - ijodiy tajribalarning o'rni va ahamiyati

Adabiyotshunoslik va tanqidiy tafakkur taraqiyotida ilmiy - ijodiy tajribalarning o'rni va ahamiyati

O'quvchilarga / Adabiyot
Adabiyotshunoslik va tanqidiy tafakkur taraqiyotida ilmiy - ijodiy tajribalarning o'rni va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Adabiyotshunoslik va tanqidiy tafakkur taraqiyotida ilmiy-ijodiy tajribalarning o'rni va ahamiyati (taskirachilik va she'riy shakldagi adabiy-tanqidiy tafakkur taraqiyoti tarixi) Alisher navoiyning adabiyotshunoslik va tanqidiy qarashlari haqida REJA: 1.Badiiy-estetik va tanqidiy tafakkur taraqqiyotining uyunligi masalalari. 2.Qadimdagi taskirashunoslik va adabiyotshunoslik bobidagi ilmiy-ijodiy tajribalar haqida. 3.SHe'riy shakldagi adabiiy-tanqidiy tafakkur taraqiyoti haqida 4.O'zbek adabiy tanqidchiligining shakllanishi va tanqidiy tafakkur taraqiyoti haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar xususida. 5. Sharq va g'arb qadimgi adabiyotshunosligi tarixidan 6.Alisher Navoiyning «Mezonul-avzon»i qadimgi ilk adabiyot nazariyasiga oid qimmatli asar 7.A.Navoiyning «Majolisun-nafois» asaridagi adabiyotshunoslik va adabiy tanqidiy qarashlarining tahlili 8.A.Navoiyning «Muhokamatul-luatayn» yirik adabiyotshunoslik asari va unda milliy adabiyot yaratish oyalarining ifodalanishi 9.Xulosa Ilmiy- ijodiy tajribalardan ma'lumki, yozuvchining adabiy-tanqidchi ijodiga ta'siri va ularning o'zaro hamkorligi doimo ijobiy baholanib kelingan. Masalan, taniqli munaqqid Matyoqub Qo'shjonov va Ozod Sharafiddinov A.Qahhor satirasi haqidagi salmoqli ilmiy-tadqiqotlarida adibning ijodiy tajribalari, yoshlar bilan suhbati va adabiy-tanqidiy qarashlariga suyanib ish ko'radi. Bu esa M.Qo'shjonov, O.Sharafiddinov tanqidchilik mahoratining yanada oshuvi va adibning ijod laboratoriyasiga ularning chuqur kirib borishlariga munosib xizmat qilgan. Yozuvchining ko'p hollarda taniqli tanqidchi ham bo'lishi yoki o'z navbatida tanqidchining badiiy ijod bilan muntazam shuullanish jarayonlari ham biz fikr yuritgan tanqidchi uslubi va mahorati muammolari bilan uyunligini ko'rsatib turadi. Masalan, Izzat Sultonning nazariyotchi, tanqidchi va yoki yozuvchilik faoliyatlarini bir-biridan ajratish ancha mushkul masala. Chunki I.Sultonning ijodi qorishiq bo'lib, uning yozuvchi, adabiyot nazariyotchisi va tanqidchilik faoliyati biri ikkinchisini taqoza etib, ular qayerdan boshlanib, qaysi nuqtalarda kesishib to'xtaydi, bilib bo'lmaydi. Yana shu narsani ham alohida qayd etish kerakki, o'zbek professional tanqidchiligi boshida Fitrat, Cho'lpon, A.Qodiriy, Oybek, H.Olimjon kabi yozuvchi-tanqidchilar turganligi ham mazkur masalani yanada oydinlashtiradi. Albatta, ko'p hollarda yozuvchi-tanqidchi professional tanqidchi kabi muayyan asarni yoki ijodkor olamini ilmiy-adabiy qonuniyatlar nuqtai-nazaridan tahlil qilmasligi mumkin, bu tahliliy jarayon undan talab ham qilinmaydi. Lekin bu yozuvchi-tanqidchining estetik va adabiy-tanqidiy faoliyatini o'rganish kerakmas, degani emas. Chunki yozuvchi adabiy-tanqidiy faoliyatidan bahs ochish kitobxonni san'atkor ijodiy laboratoriyasiga yanada chuqurroq olib kiradi, badiiy ijod sirlarini, estetik adabiy-tanqidiy qarashlar uyunligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ilmiy-tanqidiy va estetik tafakkur rivojiga munosib hissa qo'shadi. Xullas, jahon adabiy-tanqidchiligi tarixida muhim o'rin tutgan yozuvchi-tanqidchi mahorati masalasini o'zbek adiblari ilmiy-estetik tafakkuri misolida o'rganib chiqish muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, adabiy tanqidning ilmiyligi bilan san'at turlari, estetika va etikaning uyunligi ham tabiiydir. Bu uyunlik va uzviy aloqadorlik holatlari adabiyot va san'atning obrazlilik asosidagi fikrlash tarzini yanada kengaytirishga xizmat qiladi va adabiy tanqidni ba'zida san'at darajasiga ko'tarilishiga ham olib keladi. Tanqidchining adib yoki shoir, umuman olganda, san'atkor va yozuvchining esa ko'p hollarda adabiy tanqidchi bo'lishi adabiyot, san'at, estetika, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 443.79 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 443.79 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga