Ahmad Tabibiy hayoti va ijodi (1869-1911 YIL) Reja: Ahmad Tabibiy ijodiga munosabat masalasi. Tabibiyning hayot yo'li. Tabibiy - tazkiranavis. Tabibiy lirikasi. «Vomiq va Uzro» dostoni. Tabibiyning Xorazm adabiy muhitida tutgan o'rni. Tabibiydek sermahsul ijodkorning ijodiga bo'lgan e'tibor o'z davridan boshlangan. Zamondoshi Muhammad Yusuf Bayoniyning Shajarai Xorazmshohiy asarida, rus turkshunosi A.N.Samaylovichning tadqiqotlarida1 Ahmad Tabibiy shaxsi va ijodiga oid ma'lumotlar bor. Muhammadamin o'g'li Hasan murodqori Laffasiyning Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimai hollari nomli tazkirasi esa shoirning tarjimai holi bilan bog'liq ko'p qiziqarli ma'lumot va lavhalarning mavjudligi bilan diqqatga sazovordir. Shoir hayoti va ijodini ilmiy jihatdan o'rganish 1945 yildan boshlandi. Bu yilda tuzilgan O.Sharafiddinovning O'zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi va Rahmat Majidiyning O'zbek adabiyoti kitobida shoir haqida qisqacha ma'lumot va she'rlaridan parchalar berilgan. Keyinchalik M.Yunusov2, V.Mirzayev3, G'.Karimov4, Y.Yunusov5ning kitoblarida ham Tabibiyning adabiy faoliyatiga oid ma'lumotlar berilgan. Umuman, Xorazm adabiy muhiti bilan bog'liq manbalarda shoir bilan bog'liq tafsilotlar albatta berilgan. 1968 yil F.G'anixo'jayev Tabibiy ijodini chuqur o'rganib Tabibiy hayoti va ijodi mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Shu yili Tanlangan asarlar, 1978 yilda Ahmad Tabibiy nomli shoir haqidagi ilmiy monografiyasini nashr ettirdi. Shoirning ismi Ahmad, Tabibiy uning taxallusidir. Ahmad Tabibiy 1869 yilda Xivada tug'ildi. Uning otasi Ali Muhammad asli afg'onistonlik bo'lib, Xivaning ko'zga ko'ringan tabibi sanalgan, keyinchalik attorlik bilan ham shug'ullangan. Muhammad Rahimxon II ning qaynisi Otajon To'ra xizmatida bo'lgan. Ali Muhammad o'g'li Ahmadni yoshlikdan maktab va madrasada o'qitib, fors tilini o'rgatdi. Ahmad o'zining g'ayrati orqasidan tez fursatda savodli bo'lib yetishdi. Otasiga shogird tushib, tabiblik ilmidan ham xabar topdi. U tib ilmiga juda qiziqqanligidan zamonasining mashhur tabibi, shoir Bayoniyning akasi Yaxshimurodbek huzurida uzoq vaqt ishlab, undan ilm o'rgandi. Xalq o'rtasida shuhrati ortib bordi. Laffasiyning ta'rificha, Ahmad past bo'yli, ochiq yuzli, shirin tilli, nozik tabiat, xushmuomala bir kishi edi. Ko'pincha Avaz bilan birga bo'lar edi. U shaxmatga g'oyat usta, bundan tashqari, muzika san'atini ham yaxshi egallagan edi. Muhammad Rahim II Ahmadni saroyga taklif qiladi. Xorazm adabiy muhitiga rahnamolik qilayotgan Muhammad Rahimxon soniy - Feruzni Ahmad Tabibiyga bo'lgan e'tibori kuchayadi va uni saroyga taklif qilish voqeasi ham g'ayri tabiiy ro'y beradi. Ma'lumki, Feruz har juma kunini adabiyot, she'riyat kuni qilib belgilagan. Shu kunda u hamma nazm ahlini yig'ib adabiy mushoira o'tkazar va iste'dodlarni rag'batlantirar edi. Shunday davralardan birida davra ahllaridan biri «Falon joyda Ali ismli bir tabibning Ahmad degan navqiron o'g'li bor. U ham she'riyat shinavandasi, hatto durustgina baytlar bitmish» deb qoladi. Shu zahotiyoq Feruz uni saroyga chaqirtiradi. Qarasaki, endi mo'ylablari sabza urgan, jussalari kichkinagina bir bola. Unga ishonmaygina, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
430.13 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
430.13 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: doc