Ahmad Taroziy va janrshunoslik Reja: Kirish Ahmad Taroziyning Funun ul-balog'a asarining birinchi qismi tarkibidagi she'riy janrlar haqida umumiy malumot. II. Asosiy qism: 1. Ahmad Taroziy hayotiy faoliyati va adabiy me'rosi 2. Ahmad Taroziyning Funun ul- balog'a asarida janrlar tasnifi 3. Ahmad Taroziyning turkiy janrlarga bo'lgan munosabati Ш. Xulosa I. Ahmad Taroziyning Funun ul-balog'a asarining birinchi qismi tarkibidagi she'riy janrlar haqida umumiy malumot. Adabiyotshunoslikda adabiy tur va janrlar xususiyati o'zbek mumtoz adabiyotining muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Zero, badiiy poetika xalq, millat, adabiyotning shakllanish tarixi, takomili g'oyaviy dunyosida o'z ifodasini topgan. Adabiy janrlarda badiiy asarning ham mazmun, ham shakl jihatlari umumlashadi. U mazmun bilan shakl birligini umumlashtiruvchi bir ko'prikdir. Muhimi shundaki, turkiy she'riyat navlari va ularning shakliy xillari XV asrning birinchi yarmi turkiy she'riyati tarkibida bo'lganligini isbotlab turadi. Alisher Navoiy ijodigacha ham o'zbek shoirlari xalq og'zaki she'riyati va aruz orqali paydo bo'lgan rang - barang janrlardan foydalana borganligini ko'rsatadi. Milliy adabiyotshunoslikning ibtidosi, taraqqiyoti Shayx Ahmad Xudoydod Taroziyning adabiyot nazariyasiga doir Funun ul-balog'a nomli asari topilishi sharofati bilan bugungi kun 56 yil oldinga surildi. Mazkur risola 1437-yilda Ulug'bek Mirzoga atab yozilgan, turkiy tilda yaratilgan birinchi ilmiy-nazariy asar hisoblanadi. Mumtoz adabiyotning yirik bilimdoni Abdulqodir Hayitmetov Funun ul- balog'aga yozgan so'zboshisi va bu asarga bag'ishlangan boshqa tadqiqotlarida turkiy adabiyotshunoslikka oid ilk asarning o'ziga xos xususiyatlari, uning tarkibiy tuzilishi tekshirilgan masalalarni yaqqol ko'rsatib tasniflab bergan. Ushbu maqolada Funun ul-balog'a ning o'zidan oldin va keyin yaratilgan tadqiqotlardagi nazariy fikrlardan farqli jihatlari hamda faqat ushbu asarda uchraydigan nazariy yangiliklar tabiati imkon darajasida tadqiq etiladi. Professor A. Hayitmetov ta'kidlaganlaridek, ilgari o'tgan adabiyotshunos olimlar adabiyot nazariyasi bo'yicha kitob yozganlarida, ko'pincha, bir - yo she'r turlari, yoki vazn, yoki badiiy san'at masalasiga to'xtalganlar. Yoki biror she'riy janr xususiyatlarini yoritib berganlar. Shayx Ahmad esa, bu sohada mukammal bir qo'llanma yaratishni, o'z risolasida nazariya masalalarining barchasini yoritib, tahlil qilib berishni niyat qiladi, toki uni o'qigan kishilar nazariyadan mumkin qadar to'la ma'lumot va foyda olsinlar Taroziy o'z kitobini zamon podshosi- Ulug'bekka bag'ishlashga qaror qiladi. Asarning kirish qismi Ulug'bek haqidagi quyidagi ta'rif-tavsif bilan tugallangan: saltanat daryosining gavhari va ma'dalat konining javhari, saxovat boronining abri va shijoat beshasining babri,farosat spehrining mohi, qayosat mulkining shohi,shohanshohi a'zam,shahriyori a'lam, sohibus-sayful- qalam,ma'dani lutfu karam, moliki riqobi umam,farmondehi turk,arab va ajam,mag'isiddin vad-davron Amir Ulug'bek Ko'ragon…. Shayx Ahmad Taroziyning Funun ul-balog'a (Yetuklik ilimlari) asari kirishdan tashqari,besh qismdan iborat bo'lib,birinchi qism Sharq she'riyatida,xususan,XV asr o'zbek adabiyotida istemolda bo'lgan sher turlari (janrlari)ning ilmiy tarifiga bag'ishlangan.Shayx Ahmad bu o'rinda shoirlarning ijodiy tajribasidan kelib ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.29 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.29 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: doc