10-sinf adabiyot darsligi asosida 4-mavzu: AHMAD YASSAVIY HIKMATLARI HAQIDA O'zbek mumtoz adabiyotida ishq talqinlari ko'p uchraydi. Jumladan, Ahmad Yassaviy hikmatlarida ishq va oshiq mavzusi boshqa mumtoz adabiyot namoyandalaridan farqli - o'ziga xos tarzda tasvir etiladi. Ahmad Yassaviy Allohga bo'lgan ishqni haqiqiy sanaydi. Chin oshiqning sifatlariga diqqat qaratadi Xo'sh, chin oshiq kim? Shoir nazdida chin oshiq bo'lish uchun «Alloh debon ichga nur»ni to'ldirish, butun tanadagi tomir-u suyaklar larzaga kelgan holda «Haq zikri»ni qilish, rohat farog'atdan kechish lozim bo'ladi. Shoir ishqni bebaho dur-gavharga o'xshatadi. Biroq bunday gavharni ishqsiz, nafs qutqusiga uchragan «har nomardga sotib» bo'lmaydi. Shu o'rinda Ahmad Yassaviyning barcha hikmatlariga xos yana bir xususiyatni ta'kidlash o'rinli bo'ladi. Bu - nafsga qarshi kurash masalasi. Shoir hamma vaqt nafsdek baloyi azimni yenga olmagan odamga achinadi, unga tanbeh beradi. Nafsini jilovlagan odam sabr-qanoatga erishadi. Agar oshiq bo'lsa, bunday sabrli ishq egasining «mahshar kunida armoni» bo'lmaydi. Ishq muhokamasiga doir ushbu hikmatning boshqa bir bandida «Nafsni tepib dargoh iga loyiq bo'lg'il» deb ta'kidlanadi. Bu ham nafsini yenggan va uning istaklarini bartaraf etgan odamgina chin oshiqlik martabasiga ko'tarila olishiga doir mulohazadir. Ishqqa tushding, o'tga tushding, kuyib o'lding, Parvonadek jondin kechib axgar bo'lding, Dardga to'lding, g'amga to'lding, telba bo'lding, Ishq dardini so'rsang hargiz darmoni yo'q. Ushbu bandda chin oshiqning holi yana ham kuchaytirib ko'rsatiladi. Ishq dardiga uchragan odamda juda katta ruhiy o'zgarishlar bo'ladi. Ahmad Yassaviy uni bamisoli o'tga tushgan odam holiga qiyoslaydi. Ikkinchidan, sham tegrasida aylanib kuygan, axgar (laxcha cho'g') bo'lgan kapalakka o'xshatadi. Eng muhimi, ishq o'tida dard, g'am hamda telbalik bor. Ammo bu dardning darmoni topilgan emas. Boshqa bir mumtoz va oshiq shoir ta'biri balan aytganda «bu dardni bedavo derlar» (Mashrab). Ishqning bunday xususiyatlarini ta'rixffab Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida yozadi: «buni ko'rmagan kishi bilmas va bunga yetmagan kishi bovar (ishonch) qilmaskim, hijron-u ⟨roq mundin iboratdur» Shu ishq tavsi⟨ga bag'ishlab Navoiy «Layli va Majun» dostonini yozgani sizga ma'lum. Ahmad Yassaviy ta'kidlaydiki, ishq odamning «Majnun sifat aqlin olib Laylo qilur», yana davomidan ta'kidlaydi - «Olloh haqqi bu so'zlarni yolg'oni yo'q». Demak, Yassaviy hikmatlaridagi ishq mavzusini, oshiq holini bilish uchun nisbatan kengroq tushunchalar, sharq mumtoz adabiy otidagi o'ziga xos tasavvuf falsafasini ham anglash kerak bo'ladi. Ahmad Yassaviy hikmatlari fikrni kengaytirish uchun vosita, uni o'qib, anglash orqali hikmatgo'y shoir ruhini, dardini, qalbini, so'zini anglash mumkin, albatta. Ahmad Yassaviyning «Rabbim yodi ulug' yoddur aytur bo'lsam» deb boshlanadigan hikmati unchalik murakkab emas. Birinchi misradayoq she'r mavzu yo'nalishini anglab olish mumkin. Zotan, Yaratguvchini yodlash odamni xotirjam qiladi, achchiq tili shirin tilga aylanadi. Rabbim ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.68 MB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
7.68 MB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: ppt