Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat

Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat

O'quvchilarga / Adabiyot
Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat - rasmi

Material tavsifi

Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat Reja: Ahmad Yassaviyning tarjimai holi haqida. Yassaviy - tasavvuf vakili sifatida. Yassaviy tariqati. Devoni hikmat va tasavvuf ta'limoti: a) Devoni hikmatda inson va g'arib inson timsoli; b) Hikmatlarda davrning ijtimoiy noqisliklari; v) Devoni hikmatda ruhiy kamolot bosqinchlarining aks etishi. 4. Ahmad Yassaviy qalamiga mansub bo'lgan Faqrnoma asari haqida . Xoja Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida muhim mavqeyga ega bo'lgan. Hozirgi Turkiston, oldingi Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tavallud topgan. Yassaviyning tavallud sanasi ma'lum emas. Ayrim tadqiqotchilar uni 63 yil yashagan deyishsa, ayrimlari 73 yoki 85 yil yashagan, deygan qarorga kelishgan. Atoqli yassaviyshunos Muhammad Fuod Kuprilizodaning aytishicha, Yassaviy 120 yil yashab, hayotdan ko'z yumgan. Rus olimi V.A.Gordlevskiy bu raqamni yana besh yilga ko'paytirib, Yassaviy 125 yil yashagan, deydi. Uning Devoni hikmat dagi: Yoronlardan fayz va futuh ololmadim, Yuz yigirma beshga kirdim bilolmadim,- degan fikrlari asosida shunday xulosaga kelganligi shubhasizdir. Tasavvuf tarixiga nazar tashlansa, ko'p ulug' shayx va mutasavvuflarning ancha uzoq umr ko'rganligiga guvoh bo'lish mumkin. Shunga qaramasdan Ahmad Yassaviyning 125 yoshga kirganligiga ishonish qiyin. Birinchidan, Devoni hikmat dagi yuqoridagi fikrlar tarixiy haqiqatdan ko'ra, manoqibiy mazmunga ega. Ikkinchidan, 125 yillik uzoq umrining yarmidan ko'pini yer osti da (Oltmish uchda yer ostiga kirdim mano) o'tkazish aql bovar qilmas hodisadir. Yassaviyning yashash muddatini 75-85 atrofida belgilagan olimlarning taxminlari haqiqatga yaqinroqdir. Xullas, Yassaviy XI asrning ikkinchi yarmida Sayramdagi eng nufuzli oilalardan birida, ma'rifatli va javonmardlikka ixlos-e'tiqodi bilan shuhrat taratgan Shayx Ibrohim oilasida tug'ilgan. Onasi Shayx Ibrohimning xalifasi Muso Shayxning qizi Oysha xotun edi. Bu oilada avval bir qiz tug'uladi. Unga Gavhar Shahnoz deb nom qo'yishadi, Ahmad tavallud topgach, ko'p o'tmay onasi vafot etadi. Etti yoshida esa otasidan ajraladi va uning tarbiyasi opasi Gavhar Shahnoz zimmasiga tushadi. Keyin ular Yassiga ko'chib borishadi. Yosh Ahmad birinchi ustozi Arslon bob bilan uchrashadi, undan tahsil oladi. Bob arabchada eshik ma'nosini ifodalaydigan so'z bo'lib, turkchada bu kalima islom dini targ'ibi uchun fidoiylik ko'rsatganlarga beriladigan bir laqab bo'lgan. Alisher Navoiy Farg'onada ulug' mashoyixni Bob derlar, - deydi. Shuningdek, bob va bobo so'zlari Shayx, pir, valiylarga nisbatan ham qo'llanilgan. Ahmad Yassaviy Turkistondagi boblarning eng buyugi, deb e'tirof etilgan Arislonbobdan tahsil olgan. Arislon bob tirikligidayoq Ahmad Yassaviyni Buxoroga borib, tahsilni davom ettirishga da'vat etgan edi. Ustozining vafotidan so'ng Yassaviy bilimini oshirish uchun Buxoroi sharifga tomon yo'l oladi. U Buxoroda, eng avvalo, diniy va tasavvufiy ilm sirlarini chuqur egallashga kirishadi. Arab tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham puxta o'zlashtiradi. Zamonasining peshqadam olimi va so'fiysi Shayx Yusuf ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.17 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.17 KB
Ko'rishlar soni 154 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga