10-sinf adabiyot darsligi asosida 3-mavzu: (1166-yilda vafot etgan) AHMAD YASSAVIY Ahmad Yassaviyning hayoti haqida ma'lumotlar yetarli emas. U Yassi yaqinidagi Sayram shahrida tug'ilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo'lgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhur. Ahmadning yoshligi ancha qiyin kechadi: juda erta yoshligida otasi vafot etadi. Ahmad Yassaviy yirik mutasavvif olim Arslonbobo qo'lida tarbiyalanadi, so'ng Buxoroga borib Yusuf Hamadoniy qo'lida tahsil oladi. Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar chuqur egallaydiki, xalq orasida «Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad» degan naql paydo bo'ladi. Ahmad Yassaviy 1166-yilda vafot etadi. Uning shuhrati vafotidan keyin ham pasaymagan. Amir Temur unga alohida hurmat bilan qarab, 1395-1397-yillarda Turkistonda Ahmad Yassav iyning qabri o'rnida muhtasham maqbara qurdiradi. U hozir ham mavjud. Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Ahmad Yassaviyga shunday ta'rif beradi: «Xoja Ahmad Yassaviy - Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidur. Maqomati oliy va mashhur, karomoti matavoliy (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as'hobidindur (suhbatdoshi)». «Hikmat»lar Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asardir. Unda 240 ga yaqin she'r bor. Asar xalq orasida «Devoni hikmat» nomi bilan mashhur bo'lgan. Hikmatlarga «Qul Xoja Ahmad», «Xoja Ahmad Yassaviy», «Ahmad ibn Ibrohim», «Sulton Xoja Ahmad Yassaviy», «Yassaviy miskin Ahmad», «Miskin Yassaviy», «Xoja Ahmad», «Ahmad», «Ahmadiy», «Qul Ahmad», «Miskin Ahmad» kabi taxalluslar qo'yilgan. Ahmad Yassaviy - mutasavvuf shoir. Tasavvufdagi to'rt asosiy bosqich: shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat mohiyatini she'riy misralariga singdirgan Ahmad Yassaviy shu yo'nalishda katta shuhrat qozondi. Bu bejiz emas. Adib tasavvufni inson ma'naviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida biladi. Bundan maqsad insoniyatni to'g'ri yo'lga da'vat etishdir. To'g'ri yo'l haqiqatni anglashga olib kelmoq kerak. Haqiqatni anglash o'zlikni anglashdir. Bunga erishmoq uchun kishining hidoyat yo'liga kirmog'i, butun kuch va vujudini shu yo'lga qaratmog'i kerak. Ahmad Yassaviy she'riyatidagi obrazlar tuzilishi ham tasavvuf ta'limoti bilan, ham og'zaki ijod an'analari bilan chambarchas bog'lanib ketgan. Pir, darvish, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita tasavvuf bilan bog'lansa, yo'l, rabot, karvon, o'q kabilar og'zaki ijod an'analari bilan aloqador holda yuzaga kelgan. Ahmad Yassaviy hikmatlari xalqona ruhi bilan o'ziga xoslik kasb etadi. HIKMATLAR Ahmad Yassaviy maqbarasi (Turkiston shahri) Ishq da'vosin manga qilma, yolg'on oshiq, Oshiq bo'lsang bag'ring ichra ko'z qoni yo'q, Muhabbatni shavqi birla jon bermasa, Zoye kechar umri oni, yolg'oni yo'q. Ishq bog'ini mehnat tortib ko'kartmasang, Xorlik tortib shum nafsingni o'ldirmasang. Olloh debon ichga nurni to'ldirmasang, Valloh-billoh senda ishqni nishoni yo'q. Haq zikrini mag'zi jondin chiqarmasang, Uch yuz oltmish tomirlaring tebratmasang, To'rt yuz qirq to'rt so'ngaklaring qul qilmasang, Yolg'onchidir, Haqqa oshiq bo'lg'oni yo'q. Nafsdin kechib, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.38 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
4.38 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: ppt