Reja: 1. Al-Xorazmiyning hayoti. 2. «Mafotih al-ulum» asari haqida. 3. Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli haqida. Uning mashhurligi vazir Abul Hasan al-Utbiy ho'zurida kotib bo'lib xizmat qilgan davrida cho'qqisiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u «al-kitob al-Xorazmiy» nomi bilan ham tanilgan. O'z xizmat vazifalari yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va ko'pgina allomalar bilan hamsuhbat bo'lgan. Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo'lga kiritgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997 yidda vafot etgan. Olimning dunyoqarashi o'sha davrda keng tarqalgan qadimgi yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyandalari Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy hamda Abu Bakr ar-Roziy ta'siri ostida shakllandi. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha etib kelgan, ko'pchilik asarlari singari o'sha davrning ilm tili - arab tilida bitilgan, yagona ma'lum asari - «Mafotih al-ulum» («Ilmlar kalitlari»)dir. «Mafotih al-ulum»ning qo'lyozma nusxalari juda ko'p emas. Yaqin-yaqingacha uning to'rt nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu to'rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya mo'zeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari hamda Berlin kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi. Amriqolik olim K. Bosvort asrimizning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasini Turkiya kutubxonalarida borligini aniqladi. Barcha olti nusxa Istambul shahridagi kutubxonalardadir. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari O'rta asarlardagi fanlar rivojlanishi tarixiga oid kamyob manba sifatida ko'pgina olimlarning diqqat-e'tiborini o'ziga jalb etdi. Birinchi bo'lib bu manbani o'rgangan va 1895 yilda nashr qilgan olim - gollandiyalik sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Bartold, K. Brokelman, E. Videman, G. Sarton, M. M. Xayrullaev, U. I. Karimov, G. P. Matvievskaya, H. Hasanov, A. Sharipovlar ham asarning turli tomonlarini tadqiq qilganlar. «Mafotih al-ulum» o'ziga xos qomusiy asar bo'lib, o'sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o'z ichiga qamrab olgan. Mual-lif O'rta asrlardagi har bir ilm mazmunini sharhlash yo'li orqali tushuntirib beradi. Olim ilmlarni ikkiga bo'lib, ularga «arab - shar'iy» va «arab bo'lmagan»larga ajratadi Bu hol olim o'z davrining namoyandalari singari ilmlar tasnifida ularni ikki qismga bo'lish an'anasiga sodiq qolganligini ko'rsatadi. Uning birinchi an'anaviy «arab» ilmlari qismi o'n bir bobdan iborat fiqh, etti bobdan iborat kalom, o'n ikki bobdan iborat grammatika (sarf va nahv), sakkiz bobdan iborat ish yurgizish, besh bobdan iborat she'r va aro'z hamda to'qqiz bobdan iborat tarixdan tashkil topgandir. Ikkinchi qismiga esa «arab bo'lmagan» quyidagi ilmlar kiritilgan: ular - uch bobdan iborat falsafa, to'qqiz bobdan iborat mantiq, sakkiz bobdan iborat tib, besh bobdan iborat arifmetika, to'rt bobdan iborat handasa, shuningdek, to'rt bobdan iborat ilm an-nujum, uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat mexanika va uch bobdan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
505.26 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
505.26 KB
Ko'rishlar soni
143 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: ppt