«Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayoti va ijodi» Reja: 1. Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti va ijodi. 2.Aleksandr Sergeyevich Pushkin ertaklarining bolalar kitobxonligida katta rol o'ynashi. 3. «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak», «Shoh Sulton va uning azamat o'g'li knyaz Gvidon haqida ertak», «Baliqchi va baliq haqida ertak», «O'lik malika va yetti bahodir haqida ertak», «Oltin xo'roz haqida ertak» asarlarining g'oyaviy-badiiy yuksakligi bilan ajralib turish. 4. Ertak-dostonlar zamirida insoniylik, to'g'rilik, halol va poklik yotganligi, vaxshiylik, yolg'onchilik va xoinlik ustidan adolatning tantana qilishi kabilarning keng yoritib berilishi. 5. Xulosa. Aleksandr Sergeyevich Pushikinning hayoti va ijodiy faoliyati xususida nimalarni bilasiz? Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o'zida mujassamlantirgan shoiri bo'ladi. Rossiyada inson ma'naviy olamining musavviri, shubhasiz, Aleksandr Sergeyevich Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo'lib yetishdi. Bu xususida rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Blok: «Pushkinning nomi naqadar jarangdor», - deb ta'riflagan edi. Buyuk tatar shoiri Abdulla To'qay XX asrning boshida yozgan asarlaridan birida A.S.Pushkinni she'riyat osmoning yorqin yulduzi deb atagan edi. Bu ta'rif chiroyli shoirona tashbeh bo'lsa-da, unda rus shoiri ijodining mohiyati, ular yaratgan she'riyatning qimmati to'g'ri va haqqoniy aks etgan. Mana, bir yarim asrdirki, bu nom jahon she'riyatining eng yuksak, eng porloq yulduzi kabi she'rtalab qalblarga, go'zallik va ezgulik ishtiyoqida yongan yuraklarga saxiylik bilan nur taratib kelmoqda. Pushkin yaratgan asarlar - lirik she'rlar, dostonlar, ertaklar, dramatik asarlar, hikoyalar, qissalar, romanlarning hamasi vaqt sinovidan muvaffaqiyat bilan o'tdi. Chinakam san'at asari zamonlar o'tishi bilan qarimas, aksincha, har qaysi zamonda ilgari uncha ko'zga tashlanmagan yangi qirralari jilolanib yasharib borar ekan. Pushkinning qay bir asarini o'qimang, ular xuddi kechagina yozilgandek tuyuladi. Shuning uchun ham bugungi kunda bu asarlar har qanday sarhadlardan oshib o'tib, dunyoning hamma go'shalariga yetib bordi. Bugungi kunda Pushkin Yevropava Osiyoda ham, Afrika va Avstraliyada ham, Shimoliy va Janubiy Amerika qit'alarida ham kitobxonlarning eng sevimli yozuvchisi bo'lib qolgan. Bu buyuk so'z san'atqorining taqdiri yana bir haqiqatni tasdiqlaydi - daho shoirlar, ulug' adiblar hamisha bir xalqning farzandi, bir muhitning mevasi o'laroq maydonga keladiyu, keyinchalik hamma xalqlarning farzandiga aylanib ketadi. Bugun dunyodagi yuzlab xalqlar qatori o'zbek xalqi ham Pushkinni o'zlarining sevimli ijodkorlari sifatida sevadilar va asarlarini qayta-qayta o'qishdan charchamaydilar. Undan o'z milliy adiblari kabi faxrlanadilar, asarlaridan bahramand bo'ladilar. Nega shunday? Buning sababi shundaki, Pushkin o'z davrining eng ilg'or g'oyalarini yuksak mahorat bilan ifodalagan edi. U rus milliy shoiri bo'lgani holda umuminsoniy haqiqatlarni hayqirib kuylagan edi. Albatta, Pushkin buyuk shoir sifatida har qaysi o'ziga xos, bir-birini takrorlamaydigan poetik olamni yaratgan. Ma'lumki, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.18 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.18 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: doc