Alfons Dode So'ngi saboq

Alfons Dode So'ngi saboq

O'quvchilarga / Adabiyot
Alfons Dode So'ngi saboq - rasmi

Material tavsifi

10-sinf adabiyot darsligi asosida 28-mavzu: ALFONS DODE «SO'NGGI SABOQ» HIKOYASI HAQIDA Fransuz adibining ushbu hikoyasi yosh bola tilidan bayon qilinadi. Uning ismi Frans. Adib Frans nazari bilan kichkinadek tuyulgan milliy-madaniy hodisaga nazar tashlaydi; baho beradi. Ayniqsa, hikoyada fransuz tili muallimi mosye Amelning g'amginlikka uyg'un jonkuyarligi va qat'iyati, o'z ona tili va yurtini yurak-yurakdan sevishi sezilib turadi. To'g'risi, hikoyani tushunish uchun XIX asr Fransiya tarixini, ma'lum bir muddat qaysi mamlakatga qaram bo'lgani kabi ma'lumotlarni ham bilish lozim. Hikoyada Fransiyaning Elzas va Lotar ingiya hududi o'z vaqtida nemislar tomonidan ishg'ol qilinganiga ishora bor. Undagi « nemislarning safda yurish mashg'ulotlari» degan jumla, shuningdek, muallimning o'quvchilarga: «Bolalar, bugun sizlar bilan so'nggi bor dars o'tishimiz. Berlindan Elzas va Lotaringiya maktablarida faqat nemis tili o'qitilishi haqida buyruq keldi. Yangi o'qituvchi ertaga keladi. Bugun fransuz tilidan oxirgi mashg'ulotimiz. Iltimos, e'tiborliroq bo'linglar!» degan murojaati hamda «Maktab tomida kaptarlarning g'uv-g'uvlagani qulog'imga chalindi. O'ylanib qoldim: «Hali ularni ham nemischa kuylashga majburlash kerakdir?» degan e'tiroznomasi ham shundan dalolat beradi. Hikoyada sinf xonasi, undagi har bir predmet birma-bir aniq tasvirlanadi. Ushbu darsga har kungidan boshqacharoq qiyinib kelgan muallimning ust-boshini batafsil ta'ri Ammo fransuz xalqi bu yerda og'ir musibatni boshidan kechirayotganiga, xuddi o'z ona tillarini qabrga qo'yayotgandek bo'lganiga, ayni paytda sinf xonasida yoshi ancha katta kishilar ham o'tirganlariga urg'u beradi. Hikoyadagi «biz franso'zlar doim o'qishni orqaga suramiz» degan gap ham har kimni o'ylantiradi. Hozirgi zamonga xolis baho beradigan bo'lsak, nafaqat franso'zlar, balki butun dunyo yoshlari ham ko'pincha yalqovlik bilan o'qishni, bilim olishni orqaga suradi. Hurmatli o'quvchi! Siz ushbu hikoyani o'qish jarayonida dili ngizda bir marotaba bo'lsa ham «iye, men ham shunday qilgandim, darsga kirishni istamay qish kunlari ko'chada sirpanchiq uchgandim, bahor kunlari esa daraxtlarga tir-mashardim» kabi o'ylar kech gan bo'lishi mumkin. To'g'risi, o'tib borayotgan har bir daqiqa bir tomchi suvga o'xshaydi, u yerga tushishi bilan singib yo'qoladi. Uni qaytarib bo'lmaydi. Guvohi bo'lganingizdek, hikoya qahramoni Frans ham vaqtini behuda o'tkazib, so'nggi fransuz tili darsida o'z qilmishlaridan pushaymon bo'lib o'tiribdi. Aziz o'quvchi! Agar bu hikoyani jon-u dilingiz bilan berilib, hikoyadagi qahramonlar holatiga tushib o'qisangiz, ta'sirlanib beixti yor o'yga tolishingiz tabiiy. Muallimga ham, hikoya qahramoni Fransga ham hamdard bo'lgingiz keladi. Hikoyadagi bayonga ko'ra, mosye Amel o'z mashg'ulotini yuksak bir pafosda, dars o'quvchilari va boshqa tinglovchilar eslab yuradigan bo'lishini, shu bilan birga ular tasavvuriga butun umr «Yashasin Fransiya» degan yozuv muhrlanib qo-lishini istaydi. Muallimning «fransuz tili dunyodagi eng ajoyib til ekani», uni asrash lozimligi, «chunki mustamlaka xalq o'z ona tili yordamidagina yorug'likka chiqa olishi» to'g'risidagi fkrlari bevosita ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.26 MB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:49 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.26 MB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga