10-sinf adabiyot darsligi asosida 27-mavzu: Mashhur adib Alfons Dode o'zining roman va hikoy alari bilan fransuz adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1840-yil 13-mayda Fransiyaning Nim shahrida tug'ilgan. Yoshlik yillari maktablarda muallim bo'lib ishlaydi. O'n yetti yoshida Ernest ismli akasi bilan Parijga ko'chib borishadi. Yoshi yigirmaga yetmasidanoq bir qancha jurnallar bilan muxbir hamda teatr tanqidchisi sifatida ham-korlikni yo'lga qo'yadi. «Tegirmonimdan xatlar» (1869) deb nomlangan birinchi kitobida hikoyalari jamlangan edi. Bu hikoyalarda oddiy insonlar hayoti tabiat bilan uyg'unlikda, shuningdek, ularning halol mehnat bilan turmush kechirishlari xalq og'zaki ijodidagi hikoyat va ertaklarga o'xshash uslubda tasvirlanadi. Yoshlikdagi ashaqqatli yillari to'g'risida avtobiogra͐k xarakterga ega bo'lgan «Kichkintoy» (1868) nomli roman yozadi. Dastlabki ikki kitobi bilan A. Dode fransuz adabiy muhitida shuhrat topadi. O'z davrining Gyustav Flober, Emil Zolya, shuningdek, o'sha yillarda Parijda yashagan rus adibi Ivan Turgenev bilan yaqin munosabatda bo'ladi. «Tarasonlik Tartaranning sarguzashtlari», «Kichik Fromon va katta Risler», «Roza va Ninetta» kabi bir qancha romanlar yozadi. Adabiyotshunoslar uning ijodidagi ikki qirraga alohida urg'u berishadi. Birinchisi - yumor, kinoya hamda tasvirdagi aniqlik. Ikkinchisi esa kuzatishlaridagi teranlik hamda adibning voqeli kni naturalistik uslubda tasvirlaydigan yozuvchilarga usluban yaqinlashganidir. A. Dodening XIX asr 80-yillarida yozgan asarlarida psixologik tahlil yetakchilik qiladi. 1867-yilda adib uylanadi. Undan uch farzand dunyoga keladi. A. Dode 1897-yil 17-dekabrda Parijda vafot etadi. ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.39 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:49
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.39 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:49 ]
Arxiv ichida: ppt