Alisher Navoiy badiiy nasri

Alisher Navoiy badiiy nasri

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiy badiiy nasri - rasmi

Material tavsifi

Alisher navoiy badiiy nasri Reja: 1.Alisher Navoiy nasri poetikasi. 2.Navoiyning ilmiy-filologik xaraterdagi nasriy asarlari. 3.Memuar-biografik nasriy asarlar tahlili. 4.Navoiyning ijtimoiy-siyosiy va didaktik xarakterdagi nasriy asarlari. 5.Adibning tarix, tasavvuf va din tarixiga oid nasriy asarlari Alisher Navoiyning ilmiy-filologik xarakterdagi nasriy asarlari («Muhokamatul-lug'atayn», «Mezonul-avzon», «Risolai mufradot», «Majolisun-nafois»). Memuar-biografik xarakterdagi asarlar («Hamsatul-muttaxayyirin», «Xoloti Sayyid Xasan Ardasher», «Xoloti Paxlavon Muhammad») Ijtimoiy-siyosiy va didaktik xarakterdagi asar («Mahbubul-qulub»). 1. Tarix,tasavvuf va din tarixiga oid asarlari («Tarixi muluki ajam», «Nasoyimul-muhabbat», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Vaqfiya»). XV asrning ikkinchi yarmida o'zbek adabiyoti o'z taraqqiyotining o'tmishdagi eng yuksak pog'onasiga ko'tarildi. Bu yuksalish asos e'tibori bilan ulug' shoir va adib, ajoyib mutafakkir va olim, davlat arbobi va madaniyat homiysi Alisher Navoiy nomi bilan bog'langan edi. O'zbek adabiyotida she'riyatning «Xamsa» va «Xazoyinul-maoniy» kabi jahonshumul namunalari yaratildi, o'zbek adabiy tili shakllandi. Bu davrda fan, san'at, adabiyot va umuman madaniyatning rivojlanishi uchun xususan Xuroson davlatida Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar tufayli nisbatan qulay sharoitlar yuzaga keldi. Natijada o'zbek va fors-tojik adabiyotlari o'rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanib, o'zining ijobiy samaralarini berdi, ikki adabiyotda ham xalqchillik g'oyalari bilan sug'orilgan ko'plab she'riy va nasriy asarlar yuzaga keldi. Bu davr o'zbek adabiyoti taraqqiyotida nazm bilan bir qatorda nasrning ham o'rni katta bo'lib, o'tmishda hech bir ijodkor Navoiychalik ko'p miqdorda rang-barang janrlarda nasriy asarlar yaratmadi. Bizga bu davrda mazkur saltanat hukmdori Husayn Boyqaroning o'z davri siyosiy va madaniy hayoti haqida o'zbek tilida bir nasriy risola yozganligi ma'lum. Bu risola 1485 yili, ya'ni Navoii o'z «Xamsa» sini yozib tugatgan yili yozilgan bo'lib, unda muallif o'z hukmdorligi davrida ko'plab shoir va olimlar etishganiga, fan va madaniyat ilgarigiga nisbatan rivojlanganiga, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiydek ulug' so'z ustalari uning davrida qalam tebratib, badiiyat mo''jizalarini yaratganiga shukronalar bildiradi. Bu risolada Navoii haqida shunday so'zlarni o'qish mumkin: «Xar sinf maydonigakim takovar surdi, ul kishvarni tigi zabon bila o'z xatti tasarrufiga kivurdi. Aning nazmi vasfida til tsosir va ojiz turur». Xusayn Boyqaro risolasi o'sha davr o'zbek prozasining o'ziga xos namunalaridan hisoblanishi mumkin. Alisher Navoii nasriy asarlarini yaratar ekan, o'zigacha bo'lgan va o'z davridagi sharq prozasining zng yaxshi xususiyatlarini o'zlashtirib, o'z ona tilida shunday asarlar yaratishga, ulardagi ilg'or traditsiyalarni yangi zaminda yanada rivojlantirishga. alohida ahamiyat bilan qaradi. Binobarin, Navoii nasriy asarlarining yaratilishida Avfiy, Nizomiy Aro'ziy, Sa'diy va Jomiy kabi fors-tojik adabiyotidagi nasrning taniqli ijodkorlari-ning ma'lum ta'siri va roli bor. Ayni chokda, o'sha davrdagi turkiy tilda badiiy adabiyotning forsiy tilidagiga nisbatan sust rivoji, qadimiy o'zbek tili mavqeining quyi ekanligi, o'zbek tilida nasriy asarlarning nihoyatda kam yaratilgani va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.12 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.12 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga