Alisher Navoiy ijodi turkiy tillardagi adabiyotning yangi bosqichi Режа: Alisher Navoiy - turkiy xalqlar adabiyotining buyuk vakili. Buyuk xamsanavislar. Navoiy va Sharqiy Turkiston Uyg'ur adabiyotida ham xamsachilik an'anasining paydo bo'lishi. Musulmon Sharqida turkiy, forsiy va arab tillaridagi badiiy adabiyot juda katta hududda taraqqiy etgan bo'lib, ular o'rtasida mutassil ravishda turli shakllardagi o'zaro aloqalar davom etib kelgan. bu xildagi ma'naviy tafakkur yaqinligi Sharqning qadimiy xalqlaridan bo'lgan arablar, forslar, tojiklar va barcha turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidagi qator umumiy jihatlarga asoslangan bo'lib, bu adabiyot sohasida bir mintaqa, ya'ni, umumsharq adabiyoti hududini yuzaga keltirgan edi. Arab, fors va turkiy tildagi adabiyotning eng yaxshi namunalariga, o'z navbatida, ana shu region adabiyotining yutug'i sifatida ham qaraldi. Zotan, bu adabiyotlarning Ahmad Yassaviy va Yusuf Xos Hojib, Nasimiy va Lutfiy, xususan, Alisher Navoiy (turkiy tildagi adabiyot), Firdavsiy va Rudakiy, Sa'diy va Hofiz, Xusrav Dehlaviy va Jomiy (forsiy tildagi adabiyot), Al-Baridiy va Zamahshariy, ibn Zaydun va Al-Vallad (arab tilidagi adabiyot) kabi namoyandalari umumsharq ijtimoiy fikr taraqqiyoti va ijodiy jarayonni boshqarib bordilar, uning tasvir prinsiplariga yo'llanma berdilar. Sharqda gumanistik adabiyotning qaror topishi va rivojlanib borishida bu ijodiy kuchlarning ijtimoiy-adabiy qarashlari, ular yaratgan nodir asarlarning o'rni nihoyatda katta bo'ldi. O'zbek xalqining mutafakkir shoiri Alisher Navoiy Sharq adabiyoti doirasiga turkiy xalqlar adabiyotining buyuk vakili sifatida kirib bordi. Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib kabi adabiyot namoyandalari meroslari vositasida Sharqda o'z nufuzini ko'rsata boshlagan turkiy adabiyot Navoiy dahosi bilan arab va fors tillaridagi adabiyotlar qatoridagi o'zining mustahkam o'rnini egalladi. Shunday qilib, o'z ijodi bilan o'zbek tilidagi, shuningdek, boshqa turkiy tilidagi adabiyotlarga ravnaq bergan Alisher Navoiy ayni paytda uning yutuqlarini butun Sharqqa, butun dunyoga yoydi. Zotan, «o'zida ham liriklik, ham epiklik, ham olimlik, ham davlat arbobi qobiliyatlarini muvaffaqiyatli mujassamlashtirgan takrorlanmas ajoyib talantlardan biri bo'lgan» bu ulug' shaxsiyat butun faoliyati davomida Sharqdagi hamma adabiyotlarning o'zaro aloqalar yo'li bilan bir-birlarini boyitib borishlari, yangi-yangi ijodiy kashfiyotlarga erishuvlari tarafdori bo'ldi. O'zi turkiy tilidagi adabiyotning eng yaxshi namunalarini yaratib, boshqa so'z san'atkorlarini ham shu ijodiy yuksaklikka erishuvga chaqirdi. Sharqda mashhur Nizomiy va Xusrav Dehlaviy «Xamsa»lari bilan bo'ylashaoladigan «Xamsa» yaratdi. Ona tilidagi lirik asarlaridan iborat «Xazoyinul-maoniy»dan tashqari, forsiy tilida o'zining «Devoni Foniy» to'plamini tartib berib, ustodlarning tahsinini qozondi. Aruzning Sharq poeziyasidagi o'rni, turkiy lirikada o'ziga xos joziba kasb etishiga oid «Mezon ul-avzon» ilmiy asarini yaratdi. Turkiy tilining boyliklari, nafosati-yu, latofatini namoyish etuvchi «Muhokamat ul-lug'atayn» asarini yuzaga keltirdi. Anbiyo va hukamolar tarixiga maxsus asar bag'ishladi. O'zbek shoiri Eron afsonaviy qahramonlari va shohlari tarixini yozib chiqdi. Shunday qilib, Navoiy turkiy xalqlar ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
470.25 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
470.25 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:50 ]
Arxiv ichida: doc