Alisher Navoiy jahonga tanilgan she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiyning kichik zamondoshi, shogirdlaridan biri tarixchi olim Xondamir o'zining «Makorim ul-axloq» asarida shunday deb yozgan edi: «Xitoy va Xo'tan mamlakatlarining chegaralari boshlab to Rum va Mag'ribzamin mamlakatlarining oxirigacha shoh va gado, yosh va qari, musulmon va g'ayridin, yaxshi va yomon og'zidan ul hazratning go'zal nazmlari mashhur va butun xalq ommasi va ayrim tabakalarning ko'ngil sahifalarida va qalb lavhalarida muborak she'rlari nAQSHlangandir» Navoiy she'riyatining bundan besh asr ilgariyoq jahonni zabt etganligidan guvohlik beruvchi bu haqqoniy so'zlarning qadri hozir ham zarracha kamaygan emas. Ulug' shoir dilida ardoqlangan ezgu aqidalar, adolat va ijtimoiy farovonlik, insoniy baxt haqidagi orzular, san'atkor tafakkurining qudrati, bilimi, ruhiy-ma'naviy olami, shalola kabi toshqin tuyg'ulari bu besh dostonda yorqin tarannum etilgan. Unda qadim Sharqning ko'p asrlik badiiy-estetik tajribalari, adabiy an'analari, hikmat va zakovati aks etgan. Qomusiy mazmun kasb etgan «Xamsa» ayni paytda so'z san'atining bebaho xazinasidir. Jahonni hayratda qoldirgan o'tkir nigoh, nozik ta'b, bemisl iste'dod nurlari bu asarda butun borlig'i bilan jilolangan. Akademik Abduqodir Haytmetov «Xamsa»ning yaratilish tarixi haqida quyidagilarni hikoya qiladi: «1483 yili ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiy ijodida buyuk burilish yuz berdi. Shu vaqtga qadar lirik she'rlar, xususan g'azal yozib nom chiqargan, devonlar tuzgan shoir dostonchilikka yuz o'girdi. Shoir o'z qalbidagi ulug' g'oya va his-tuyg'ularini atroflicha keng va chuqur ifodalashga lirik janr torlik qilayotganini e'tirof etishga majbur bo'ldi: G'arazqim, chu nazm o'ldi tuhmat manga, Yoyildi jahon ichra shuhrat manga Vale qone' o'lmay ushoq ishga hech, Dimog'imda erdi ulug' pech-pech. Buyuk san'atkorning bu paytdagi ijodiy rejalarini amalga oshirish uchun eng qulay janr «Xamsa» edi. Shuning uchun Navoiy yana bir bor bu sohada undan avval qalam tebratgan ulug' ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1206), uning hindistonlik izdoshi Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325) «Xamsa»larini qayta o'qishga, mutolaa qilishga, ularning eng yaxshi ijodiy tajribalari asosida o'z «Xamsa»sini yaratishga kirishdi. Bu vaqtda Alisher Navoiy Husayn Boyqaro davlatining vaziri, mamlakatni boshqarish, asosan, uning zimmayeida edi. Shuning uchun Navoiy bu davrda «Yo'k edi bosh qashigali fursatim» deb, ijodiy ishga fursati kamligidan shikoyat qilib, ijod bilan asosan kechalari, uyqu hisobiga shug'ullanganini («Ki aylab yarim tunlar uyqu harom») xabar qilar ekan, buni o'z ma'nosida to'g'ri tushunish kerak. Lekin shunga qaramay ish nihoyatda tez bordi. 1485 yil. «Xamsa» yozib tugallandi. Bu turkiy tildagi birinchi «Xamsa» edi. Uni yozishga hammasi bo'lib ikki yil sarflangan. Navoiy bu ulug' asarning ikki yil ichida yozilganini ta'kidlab, agar boshqa ishlar xalaqit bermaganida uni 6 oyda yozishi ham mumkinligiga, aslida ham bu besh dostonni yozishga ketgan muddat«yig'ishtirsa» 6 ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.01 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.01 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:50 ]
Arxiv ichida: doc