Alisher Navoiy lirikasi modulini o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish mavzusidagi BITIRUV LOYIHA ISHI MUNDARIJA Kirish…….3 I BOB. ALISHER NAVOIY LIRIKASI MODULINI O'QITISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI 1.1 Alisher Navoiy lirik merosining manbalari, shoir devonlari, ularning tartib berilishi tarixi, janriy tarkibi va mavzular olami…….7 1.2 Alisher Navoiy g'azaliyotining shaqliy, g'oyaviy xususiyatlari, yetakchi qahramonlari va badiiyati……15 1.3 Kichik she'riy asarlari: qit'a, ruboiy, tuyuq va lug'z (chiston) lar…….22 II BOB. ALISHER NAVOIY LIRIKASI MODULINI O'QITISHNING AMALIY-TEXNOLOGIK JIHATLARI 2.1. Alisher Navoiy lirikasi modulini o'qitishga doir interfaol metodlar……31 2.2. Alisher Navoiy lirikasi modulini interfaol metodlar asosida o'qitishning didaktik ta'minoti…….56 Xulosa……75 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……77 KIRISH Mavzuning dolzarbligi va amaliy ahamiyati. Asrlar o'tsa-da, yangi ma'no qatlamlarining kashf etilishi bilan she'riyat ixlosmandlari qalbidan munosib o'rin egallab borayotgan Alisher Navoiy ijodi mangulikka daxldorlik kasb etmoqda. Shoir lirikasi ko'lamining kengligi, inson ma'naviy kamolotiga xizmat qiluvchi ulug' mutafakkir ijodkorning nihoyatda qimmatli ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta'limiy qarashlarini navoiyona uslubda yuksak san'atkorlik bilan o'zida mujassamlashtirgani bois qadr-qimmati oshib bormoqda. Salohiyatli shoir ijodida butun bani bashar muammosi, ayniqsa, xalqimiz dardi, orzu-intilishlari, beqiyos qadriyatlarimiz yuksak badiiy uslubda o'z ifodasini topgan. Shu bois bu bebaho ma'naviy yodgorlik haqida O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarida quyidagilarni ta'kidlagan edi: Inson qalbining quvonch-u qayg'usini, hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg'usi ham bizning ong-u shuurimiz, yuragimizga, avvalo, Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko'p bahramand etsak, milliy ma'naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma'rifiy qurolga ega bo'lamiz. Ana shu qudratli ma'naviy quroldan yoshlarimizni bahramand etishning usullaridan biri ularni talaba - o'qituvchi, talaba - talaba hamkorligining eng maqbul ko'rinishlaridan bo'lgan interfaol metodlardan ma'ruza, amaliy va seminar mashg'ulotlarda samarali foydalanib, talabalar ong-u shuuriga ulug' shoirning umumbashariy g'oyalarini singdirish, uning yuksak san'atkorlik mahoratini o'rgatishdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2012-yil 28-maydagi Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida qabul qilgan Qarorida zamonaviy fikrlovchi pedagog kadrlar tayyorlashga, ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik uslub: Case study uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o'qitish, amaliy o'yin, interfaol ta'lim uslubi va boshqalarni qo'llashga alohida urg'u berilgan. Ushbu qarorni dasturil amal sifatida qabul qilib, mashg'ulotlar samaradorligiga erishish har bir o'qituvchidan yuksak kompetentlikka ega bo'lishni talab etadi. Buning uchun interfaol metodlarning mohiyatini teran o'rganib, ularni qo'llash bilan bo'liq uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqish ahamiyatlidir. Masalaga shu nuqtayi nazardan yondashsak, bitiruv loyiha ishimiz ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
771.28 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:50
Arxiv ichida: zip, docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → zip, docx
Fayl hajmi
771.28 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:50 ]
Arxiv ichida: zip, docx