11-sinf adabiyot darsligi asosida 10-mavzu: ALISHER NAVOIY «Saddi Iskandariy» «Xamsa» dostonlarining yakunlovchisi. U hajmiga ko'ra ham eng yirik dostondir. U 89 bobdan iborat. Shundan 1-14-boblar kirishni, 15-87-boblar asosiy qismni, 88-89-boblar xotima qismini tashkil etadi. Asosiy qism o'zaro yaxlitlikni tashkil etadigan 18 ta mavzuni yorit adi. Ularda himmat, adolat, qish, bahor, to'g'rilik, mehmondorchilik, yoshlik, safar qilish, o'lim va aza singari mavzular yoritilgan. Mavzular mazmunini yoritish tartibi ham o'ziga xos. Ularni jadvalda quyidagicha tasvirlash mumkin: Dostonda Iskandarning sarguzashtlari ayrim epizodlar tariqasida keltiriladi. Undan keyin falsafiy-didaktik mazmundagi mulohazalar o'rin oladi. Yaxlitlikning uchinchi qismini ayni mana shu sarguzasht va mulohazalar mazmuniga ishora qiluvchi hikoyatlar tashkil etadi. Nihoyat, uni Iskandarning Arastu (yoki boshqa hakimlar) bilan savol-javoblari tariqasidagi hikmatlar yakunlaydi. Dostonda Iskandarning harbiy yurishlari qisman aks etgan bo'lsa-da, u jangnoma emas. Shunga qaramasdan, asar tilida harbiy so'z va atamalar, tushunchalar nisbatan kengroq o'z aksini topgan. Doston Faylaqusning Iskandarni topib olishi bilan boshlanadi. Unga munosib tarbiya beradi. Unga Naqumohis (Arastuning otasi) ustozlik qiladi. Iskandarning yoshlikdan bilim egallashga ishitiyoqi alohida ta'kidlanadi: Qayu ishni ta'lim qilg'on zamon, Eshitmak hamon erdi - bilmak hamon… Bori ishda bir yerga yetdi ishi Ki, mumkin emas andoq o'lmoq kishi Bilik kasbini qildi to joni bor, Hunar bildi onchaki imkoni bor. U barcha fanlarni puxta egallagach, harbiy san'atni ham o'rganadi. Aql va tafakkurni o'stiradigan mashg'ulotlar bilan jiddiy shug'ullanadi. Faylaqus vafot etadi. Iskandar taxtga o'tirishdan voz kechishni o'ylab turganida, otasiing vasiyati esga tushadi. U: «Bu dunyo bilan xayrlashsam, mening o'rnimga o'tirsang-da, mening nomus-orim, shon-shuhratim yellarga uchmasa, degan umidda seni topgan edim», - degan edi. Iskandar ikkilanib qoladi va xalq bilan maslahat qilib ko'nglidagi gaplarni aytadi: Bu ishga keraktur tavono kishi, Emas men kibi notavono ishi. Erur tortmoq sher chekkonni mo'r, Yukin pilning aylamak pashsha zo'r. Ne bor shahlik aylarga niyat manga, Ne aylay desam qobiliyat manga. Xalq bu gaplarga ko'nmay Iskandarning o'zini podshoh qilib ko'taradi. O'g'il ota vasiyatiga amal qiladi. Xalqning arz-dodlarini eshita boshlaydi. Adolat qo'lin tutti andoq biyik Ki, topti amon arslondin kiyik Yarim kungacha adl ila dod edi, Yana kun so'ngg'i yaxshi bunyod edi. Bu yanglig' chu oz vaqt tuzdi rusum, G'ani bo'ldilar adlidin ahli Rum. U paytda Rum ahli Faylaqusning qo'l ostida edi. Ammo jahonning katta qismi Doroga qarar edi. Faylaqus ham unga har yili ming tilla tuxumdan iborat boj to'lar edi. Iskandar bu paytda qo'lga kiritgan yer-suvlari Rum mamlakatiga qaraganda ikki-uch marta ko'proq bo'lgan. Uch yil davomida uning boyliklari otasining davridagidan o'n marta ko'proq bo'ldi. Ammo bu paytda u boj to'lashni ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.33 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:50
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.33 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:50 ]
Arxiv ichida: ppt