Alisher Navoiy she'riyatida ramziy raqamlar talqini

Alisher Navoiy she'riyatida ramziy raqamlar talqini

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiy she'riyatida ramziy raqamlar talqini - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiy she'riyatida ramziy raqamlar talqini REJA Kirish3-6 I.BOB. O'zbek mumtoz she'riyatida raqamlarning ramziy - majoziy ma'no sirlari7-9 I.1. Raqamlarda poetik ma'no va mantiq10-24 I.2. A.Navoiy lirikasida raqamlar hissiyot belgisi25-35 II.BOB. A.Navoiy she'riyatida ramziy raqamlar talqini 36-38 II.1. Shoir nazmida O'n sakkiz ming olam iborasi tahlili39-44 II.2. Navoiy she'riyatida raqam asos bo'lgan badiiy san'atlar45-54 Xulosa55-57 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati58-59 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Ma'naviy hayotimizdagi katta o'zgarish va yangilanishlar milliy merosimizni keng o'rganish, tadqiq qilishda ham e'tiborli yutuqlarni qo'lga kiritishga yo'l ochdi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning «Eng muhim vazifa shundan iboratki, o'zligimizni teran anglab, mutafakkir bobolarimiz, azo'z avliyolarimiz qoldirgan bebaho merosni avaylab-asrab, yanada boyo'tishimiz, ulug' ajdodlarimiz ishining munosib davomchilari bo'lmog'imiz darkor», degan so'zlari adabiy merosimizga do'qqat-e'tiborning ortganligi va milliy o'zligimizni anglash davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligidan dalolat beradi, shuningdek, adabiy merosimizni har tomonlama puxta tekshirishga undaydi. Uzoq asrlik mumtoz adabiyotimiz namunalarini tadqiq va tahlil qilganda, ularning ramziy-majoziy «qatlam» va haqiqatlariga ham duch kelinadi. Bu fikr raqam semantikasi va simvolikasiga ham bevosita daxldor. Ma'lumki, XIX asrdan keyin raqamlarning falsafiy, ilohiy xususiyatlariga qiziqish kuchayib, ko'p olimlar bu haqda qalam tebratishgan. Hatto so'ngso'z qudrat sohibi Ollohning yaratiqlaridagi ichki sir va uyg'unliklarni ham raqamlar tili orqali kashf aylashga da'vatlar bo'lgan. Bu esa raqamlarning badiiy adabiyotdagi o'rni va ma'no sirlarini yoritishga rag'batni anchagina jonlantirgan. Darhaqiqat, raqam zamirida yashiringan u yoki bu ma'no va haqiqatni anglamasdan, badiiy matnni tahlil qilish ancha mushkul. Sharq she'riyatida qo'llanilgan raqamlar faqatgina aniq son qiymatini emas, balki aksariyat paytlarda biror bir ramziy-ilohiy, falsafiy, dunyoviy mazmunni ham ifoda etgan. Raqam ramzlaridan mohirona foydalanish ijodkordan din, mifologiya, falsafa, tarix, tasavvuf kabo'larga doir bilimni talab qilganidek, har bir raqam ortida berkingan mazmunlarni ochish, to'g'ri talqin qilish uchun ham ma'lum tayyorgarlik va malaka lozimdir. Raqam arabcha so'z bo'lib, «yozuv», «bo'tish», «son» ma'nolarini ifodalaydigan, miqdorni anglatadigan harfli belgidir. «O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi»da raqamlar, ularning paydo bilish tarixi, tadrijiy taraqqiyot yo'llari haqida muxtasar ma'lumot keltirilgan. Unda aytilishicha «Eng qadimgi raqam bobilliklar va misrliklarga mansub. Misr iyeroglif raqamida sonlarni ifodalash uchun maxsus rasm belgilar, keyinroq neratik va demotik yozuvlari paydo bildi. Misr neratik yozuvidan Yaqin va O'rta Sharqdagi barcha yozuvlar hamda Yunon-Ioniya yozuvi, shu bilan birga alifboga asoslangan raqam kelib chiqdi». Arab mamlakatlarida VI asrdan boshlab arab alifbosi harflari bilan ifodalanadigan raqamlar ishlatilgan. Arab yozuvidagi 28 ta harf 28 ta raqamni anglatadi va bu «Abjad hisobi» deb yuritiladi. Raqamlar hisob-kitob vazifasini bajarishdan tashqari, turli qadimiy e'tiqodlar bilan bog'liq ravishda ramziy ma'nolarga ham ega. Filologiya fanlari doktori M.Jo'rayevning fikriga ko'ra, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.94 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 87.94 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga