Alisher Navoiy va turkiy nasr taraqqiyoti Reja: 1. Navoiyning nasriy merosi haqida umumiy tushuncha (tasnif, 20 tomlik MAT asosida). 2. Navoiy nasrida tarixiy, diniy va axloqiy-didaktik mavzular (Tarixi muluki ajam, Tarixi anbiyo va hukamo). 3. Navoiyning Nasoyim ul-muhabbat tazkirasida tasavvuf ahli sifatlari haqida (asar muqaddimasi tahlili). 4. Navoiy ijodida manoqib va holotlar (Holoti Said Hasan Ardasher, Holoti Pahlavon Muhammad, Xamsat ul-mutahayyirin). Nizomiddin Amir Alisher Navoiy - Foniy buyuk shoir, ulkan dostonnavis bo'lish bilan bir qatorda o'sha davrdagi nasr an'analarini yangicha davom ettirgan, turkiy - o'zbek ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-axloqiy va badiiy nasrini nodir yodgorliklar bilan boyitgan adib hamdir. Alisher Navoiyning nasriy asarlari mavzu, janr va badiiyati jihatidan rang-barangdir. Bu asarlar qanday mavzuga bag'ishlanganliklaridan yoki qaysi janrga mansubliklaridan qat'iy nazar o'sha davrdagi nasrning ilmiy-badiiy, estetik talab va mezonlariga to'la-to'kis muvofiq bo'lib, Navoiyga qadar bo'lgan turkiy-o'zbek nasrini har jihatdan boyitdi. Alisher Navoiyning nasriy asarlari asosan o'zbek tilida yozilgan bo'lib, Risolai muammo va Devoni Foniydagi nasriy debocha fors-tojik tilidadir. Alisher Navoiyning nasriy asarlarini yo'nalishi nuqtayi nazaridan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: ilmiy, tazkira, holot, ijtimoiy-axloqiy. 1. Risola. Alisher Navoiy nasriy risolalarining bir qismi ilmning turli sohalari, jumladan, adabiyot nazariyasi, qiyosiy tilshunoslik, iqtisod va madrasalardagi ta'limning amaliy masalalariga bag'ishlangan. quyida bularning ayrimlari haqida muxtasar to'xtalamiz. 2. Tazkira. Tazkira arabcha zikr so'zidan bo'lib, esdalik daftari ma'nosini anglatadi. Tazkiraning mavzu doirasi keng bo'lib, unda asotiriy va tarixiy voqealar, shaxslar, falsafiy qarash va nafis san'at, adabiyot hamda she'riyatga mansub shaxslar haqida so'z yuritiladi . Shu jihatdan tazkiralar sohalarga bo'linib, tarix, falsafa, san'at va adabiyotga doir tazkiralar mavjud. Jumladan, Tazkirai Muqimxoniy (tarixga oid), Tazkirat ul-avliyo (falsafa ahli - mutasavvuflarga oid), Tazkirat ush-shuaro (shoirlarga oid), Tazkirai xattoton (xattotlarga oid) va boshqalar. Alisher Navoiy zamonasiga qadar yozilgan tazkiralar asosan arab va fors-tojik tilida edi. XV asrga qadar turkiy tilda yozilgan tazkiralar hozircha juda oz. Jumladan, Rabg'uziyning Qissas ul-anbiyosi shunday asarlar sirasiga, ya'ni payg'ambarlar haqidagi qissalar- zikrlardir. Alisher Navoiy bu holatni hisobga olib, o'zbek tilida tarix, falsafa va adabiyot sohalariga daxldor tazkiralarni maydonga keltirdi. Bular-tarix va falsafaga oid Tarixi anbiyo va hukamo, Tarixi muluki Ajam, falsafa ahli-mutasavvuflarga bag'ishlangan Nasoyim ul-muhabbat hamda zamondosh shoirlardan bahs yurituvchi Majolis un- nafois dir. Shuni eslatish joizki, bulardagi mushtarak xususiyat voqea va shaxslar faoliyati zikr qilinganligida ko'rinsa-da, ammo har bir asarning mavzui bilan bog'liq o'ziga xos tuzilishi va bayon uslubi bor. Shu jihatdan bu asarlarning har biri alohida ilmiy-adabiy yodgorlik sifatida qaraladi. Tarixi anbiyo va hukamo- Payg'ambarlar va faylasuflar tarixi deb nomlanuvchi bu asar aslida Alisher Navoiy tomonidan ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.1 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.1 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:51 ]
Arxiv ichida: docx