Alisher Navoiy Xamsasining yaratilishi modulini o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish

Alisher Navoiy Xamsasining yaratilishi modulini o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiy Xamsasining yaratilishi modulini o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiy Xamsasining yaratilishi modulini o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish MUNDARIJA UMUMIY XULOSALAR …… 81 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI ……. 84 KIRISH: BITIRUV LOYIHA ISHINING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil yurtimizda shakllanayotgan milliy istiqlol g'oyasi Konstititsiyamizda e'tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqishlariga ko'tarilish, jahon hamjamiyati safidan munosib o'rin egallash kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Bu esa, avvalambor, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o'rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko'lamini hosil qilish, ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta'limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan bog'liqdir. So'nggi yillarda Respublikamizda fan, madaniyat, ishlab chiqarish, ta'lim sohasida jadal rivojlanish sur'ati yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Xususan, ta'lim tizimidagi tub islohotlar - ta'limning insonparvarlashuvi va demokratlashuvi, ta'lim tizimiga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish jadal amalga oshirilmoqda. Xususan, adabiyotshunoslik va adabiyot ta'limida ham ko'p asrlik boy an'analarga tayangan holda, ilg'or xorijiy tajribalarni ham o'zlashtirish, ulardan samarali foydalanishga qaratilgan innovatsiyalar kundalik ehtiyojga aylandi. Filologiya va tillarni o'qitish ta'lim yo'nalishining mutaxassislik fanlarini o'qitishda ham innovatsion ta'lim texnologiyalaridan unumli va samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizning birinchi prezidenti tomonidan haqli ravishda avliyolar avliyosi, mutafakkirlar mutafakkiri va shoirlar sultoni deya ta'riflangan Alisher Navoiy adabiy merosi insoniyat ma'naviy xazinasining nodir durdonalaridandir. Zero, Inson qalbining quvonchu qayg'usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyotida kamdan-kam topiladi. Shunday bebaho durdona asarlardan biri, Alisher Navoiy qarashlarining o'ziga xos xulosasi bo'lgan Xamsasidir. Xamsa nafaqat Alisher Navoiy ijodi, balki butun Sharq va jahon adabiyotining gultoji bo'lishga arzigulik durdona asarlardandir. Uning bir-biridan ajoyib obrazlar dunyosi, yuksak insonparvarlik g'oyalari bilan to'yintirilgan mazmuni hamda badiiy barkamolligi o'zbek va jahon adabiyotshunosligida ko'p bora e'tirof etilgan. Alisher Navoiy Xamsasi mamlakatimiz ta'lim tizimining deyarli barcha bosqichlarida alohida e'tibor bilan o'qitiladigan modullardandir. Xususan, bakalavriat bosqichining Filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishi o'quv rejasiga kiritilgan O'zbek mumtoz va milliy uyg'onish adabiyoti hamda yangilangan o'quv rejadagi Navoiyshunoslik fanlari dasturlarida Navoiy Xamsasining yaratilishi masalasi alohida mavzu sifatida taqdim etilgan. Binobarin, mazkur modelni o'qitishning samarali yo'llarini izlash, ta'limdagi innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda uning modernizatsiyalashgan metodik va didaktik ta'minotini yaratish dolzarb vazifalardandir. Muammoning o'rganilganlik darajasi. Alisher Navoiy Xamsasi, uning xamsanavislik an'anasiga munosabati, uning taraqqiyotidagi o'rnimasalalari adabiyotshunoslik va sharqshunoslikda ancha keng yoritilgan. Mazkur masalalarni dastlabki marotaba monografik tadqiq etgan olim rus sharqshunosi E.E.Bertelsdir. Uning Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy adabiy merosiga oid tadqiqotlarida hamda, Iskandar haqidagi roman va uning Sharqdagi asosiy versiyalari monografiyalari mazkur ijodkorlar hayoti va ijodiy merosi bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 146.16 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 146.16 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga