(1441-1501) Alisher Navoiy Agar bu ulug' zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir. Islom Karimov E'TIROF Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tavallud topgan. Alisherning maktabdosh do'sti Husayn Boyqaro taxtga chiqishi bilan uni Samarqanddan Hirotga chaqirib oladi va muhrdor qilib tayinlaydi. 1472-yildan vazirlik martabasiga ko'tariladi, 1487-88-yillarda Astrobodda hokim bo'lib ishlaydi. Buyuk ijodkor 1501-yil 3-yanvar kuni vafot etdi. Alisher Navoiyning qabri Hirotda. Hirot esa Afg'onistonda joylashgan. O'tmish mavzusida «Tarixi mulki Ajam» («Ajam, ya'ni arab bo'lmagan mamlakatlar tarixi»); «Tarixi anbiyo va hukamo» («Payg'ambarlar va donishmandlar tarixi») asarlarini yozgan. Aruzga doir «Mezon ul-avzon» («Vaznlar o'lchovi»); Tazkirachilikka oid «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») kabi asarlar yaratdi. Lug'atshunoslikka oid «Sab'atu abhur» («Yetti dengiz») nomli kitob yozdi. Muhokamat ul-lug'atayn» («Ikki til muhokamasi») asarida turk (o'zbek) va sort (fors) tillarini solishtirib, o'z ona tilining tuganmas imkoniyatlarini ilmiy asoslab berdi. TURLI YO'NALISHDAGI ASARLARI Sharqda o'tgan mashhur shayxlar, so'fiylar hayoti haqida ma'lumot beruvchi «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarini yozib tugatdi. So'ng umr bo'yi xayolini band etgan «Lison ut-tayr»ni qog'ozga tushirdi. Boshqalar bilan olib borgan yozishmalari - xatlarini to'plab «Munshaot» («Xatlar») tuzdi. 1500-yilda buyuk mutafakkirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarini o'zida ifodalagan «Mahbub ul-qulub» («Ko'ngillarning sevgani») asari maydonga keldi. Navoiyning 8 ta devoni bo'lib, 7 tasini o'zi tuzgan: 1. Ilk Devon-zamondoshlari tuzgan. 2. Badoe' ul-bidoya-1472-76-yillarda Navoiy tuzgan ilk devon. 3. Navodir un-nihoya . 4. Xazoyin ul-maoniy- Chor devon - 1492-98-yillar. 5. Devoni Foniy (8-devon) - 1491-1498-yillar. DEVONLARI Shoirning muxlislari 1465-66-yillarda uning she'rlarini to'plab, devon tuzadilar va bu devon o'z davrida xattotlar sultoni nomi bilan mashhur bo'lgan Sultonali Mashhadiy tomonidan nasta'liq xatida ko'chiriladi. Bu devon uni nashrga tayyorlagan adabiyotshunos olim Hamid Sulaymonov tomonidan shartli ravishda Ilk devon deb nomlangan. 391 g'azal, 41 ruboiy, 1 mustazod va 1 muxammas, jami 434 she'rdan tashkil topgan. ILK DEVON HAQIDA Badiiylikning boshlanishi - Alisher Navoiyning o'zi tomonidan tuzilgan birinchi rasmiy devon bo'lib, shoir bu devonini do'sti, podshoh Husayn Boyqaroning topshirig'iga ko'ra tuzgan edi. 11 janrga oid jami 1046 ta she'r mavjud: g'azal - 77 ta, mustazod - 3 ta , muxammas - 5 ta, musaddas - 2 ta, tarji'band - 3 ta, qit'a - 46 ta, ruboiy - 85 ta, lug'z - 10 ta, muammo - 52 ta, tuyuq - 10 ta, fard - 53 ta. Badoye'u-l-bidoya devoni haqida Behad nodirliklar - shoirning ikkinchi rasmiy devoni Devonning nisbatan to'liq nusxasi Abdujamil kotib va Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko'chirilgan bo'lib, unda 862 she'r bor. XX asrning 80-yillar oxirida adabiyotshunos olima ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:51
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.01 MB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:51 ]
Arxiv ichida: pptx