Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. Alisher Navoiy asarlarida jamiyat bilan inson munosabati va komil inson g'oyasi Reja: Kirish Temuriylar davr falsafasi harakat turlari va ularning o'zaro aloqadorligi. axloqiy tamoyillar va ularning mazmuni. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish O'rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o'rni va roliga baho berish bugungi kun falsafasining dolzarb masalalaridan biridir. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug' allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhimdir. Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan, millatimiz faxri, iftixori hisoblangan ulug' alloma - Ibn Sinoning xizmatlari xolisona baholanayotir. Tarixiy haqiqatga asoslangan tarixiy xotira tiklanmoqda. Olimning ilmiy, falsafiy, ijtimoiy- siyosiy va tabiiy qarashlari juda serqirradir. Qaysi fan sohasiga qalam urmasin, unda o'z zikrini qoldira olgan. Mutafakkir o'z asarlarida ilm va odob-axloq uyg'unligi, barkamol avlod kamoloti va baxt-saodati, adolat va diyonat, insonlarning o'zaro do'stligi hamkorligi, rahbarning burchi va mas'uliyati to'g'risida qiziqarli g'oyalarni ilgari surgan. Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda va xorijda Ibn Sino ilm-merosini o'rganishga e'tibor kuchaytirilgan. Jahonning turli kutubxonalarida Ibn Sino asarlarining qo'lyozmalari saqlanadi, jumladan, O'zbekiston FASHI da alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qo'lyozmasi mavjud. Yevropaolimlaridan E. Bishmann, Yu. Russka Karra devo, arab, eron, turk olimlaridan M. U. Najotiy, A. N. Nodir, Yahyo Mahdaviy, Umar Farruh ma'lum hissa qo'shganlar. Yurtimizda Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar Hamidullin Sh.H, S. Mirzaev, SagadeyevA.V, A. Semyonov, H. Hikmatullaevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, xususiylik usullarida Ibn Sinoning Axloq to'g'risidagi falsafiy qarashlari obyektiv ochib berildi. Mantiqiylik tamoyilida esa, bugungi kundagi yosh avlodga ta'sir etuvchi baxt-saodat masalasining ahamiyati aqlning yuqori o'rinda ekanligi bilan belgilanib, tadqiq qilindi. Inson hayoti davomida baxt-saodat uchun intilib yashashi va unga erishishda duch keladigan muammolarni yechishi tizimlilik metodi sifatida talqin etildi. Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishish lozimligini, jamiyatda insonlar o'zaro yordam asosida yashashlari kerak deb ta'kidlaydi. Jamiyat kishilarning o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini ta'kidlaydi. Jamiyat a'zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi, basharti podshoning o'zi adolatsizlikka yo'l qo'ysa, xalqning unga qarshi qo'zg'oloni to'g'ri va jamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlanmog'i lozim. Ibn Sino o'zining Axloq haqidagi risola sida axloqiy xislatlardan or-nomus, sha'n, qadr-qimmat, qanoat, saxiylik, g'ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma'rifatli bo'lish, ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.46 KB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.46 KB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:51 ]
Arxiv ichida: doc