« ALISHER NAVOIYNING FARHOD VA SHIRIN DOSTONIDAGI NOMALARNING G'OYAVIY-BADIIY TALQINI » Kirish Adabiyot masalasi - bu ma'naviyat masalasidir Prezident Islom Karimov qayd etganlaridek: O'zbek adabiyoti deganda beixtiyor ko'z o'ngimizda Alisher Navoiy siymosi gavdalanadi. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimiz g'ururi, shan'u sharafini dunyoga tarannum qilgan o'lmas so'z san'atkoridir. Ta'bir joiz bo'lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so'zlovchi biron-bir inson yo'qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa. O'zbek mumtoz adabiyotida noma janrining taraqqiyoti va Farhod va Shirin dostonidagi nomalar. O'zbek adabiyoti tarixi sahifalariga nazar tashlar ekanmiz, uning boyliklari qatorida asrlar davomida shakllangan va uzoq taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan ko'plab janrlar bilan tanishamiz. Xalq og'zaki ijodiyotining qo'shiqlari, termalari, qissa va dostonlari, yozma adabiyotning g'azal va ruboiylari, tuyuq va qit'alari, noma va boshqa asarlari shular jumlasidandir. O'zbek adabiyotining ana shu keng qamrovli janrlari o'rtasida noma ham katta o'ringa egadir. Sharq adabiyoti tarixida «Shohnoma», «Qobusnoma», «Iskandarnoma», «Boburnoma» va «Shayboniynoma», «Sayohatnoma» kabi asarlarni bilamiz. Noma so'zi bilan qo'shaloq kelgan bu asrlar bir holatda biror tarixiy yoki afsonaviy shaxsning sarguzashtidan iborat bo'lsa, ikkinchi bir o'rinda ibratlik hikoyalardan tashkil topadi. «Sayohatnoma»larning mundarijasi esa uning atamasidan ham anglashinib turadi. Sharq adabiyoti, jumladan o'zbek adabiyoti tarixida noma atamasi bilan keladigan asarlarning yana bir turi mavjud. Masalan, «Muhabbatnoma» yoki «Dahnoma» kabi. Bu asarlar muhabbat mavzuidagi lirik nomalardan iborat alohida janrni tashkil qiladi. Shuningdek, qadimiy xalq dostonlarida ham noma janridan foydalanilganligini kuzatish mumkin. O'zbekiston hududidagi qadimgi urug'-qabilachilik, quldorlik tuzumining emirila boshlanishi va feodal munosabatlarning shakllana boshlashi davrini aks ettiruvchi, yaratilish davri ming yillar olislikka borib taqaluvchi o'zbek qahramonlik dostoni «Alpomish»da aka-uka o'rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli qalmoqlar yurtiga ko'chib ketishga majbur bo'lgan Barchin qalmoq alplari o'ziga sovchi qo'yavergach, ulardan olti oyga muhlat olib, Hakimbek (Alpomishga)ga maktub - noma yo'llab, bo'lib o'tgan voqealarni bayon qilib, o'zi nochor ahvolda qolganini ta'kidlab, tezda yetib kelib, qalmoq alplari zo'ravonligidan himoya qilishni so'raydi.Yuqoridagilardan ko'rinadiki, nomalarning paydo bo'lishida xalq og'zaki ijodi ham muhim o'rin tutadi. Shunga ko'ra aytish mumkinki, Navoiy o'zining «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhodning Shiringa va Shirinning Farhodga yozgan maktublarida Nizomiy va Dehlaviy dostonidagi noma an'analarini davom ettirgan.Farhod va Shirin dostoni o'zining tuzilishi, obrazlari, badiiy xususiyatlari jihatndan shu janrdagi yangi original asardir. Chunki Navoiyga qadar bunday xarakterdagi boshqa asarlar bo'lgan bo'lmagan. Navoiyning asari oshiq va ma'shuqalarning o'zaro sevgi-muhabbatlari mavzuidagi yozishmalari - nomalaridan tuzilgan o'ziga xos g'oyaviy-badiiy mundarijaga ega bo'lgan asardir. Farhod va Shirin dostonidagi maktublar - ...

Joylangan
25 Apr 2024 | 23:18:22
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
67.74 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:51
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
25 Apr 2024 [ 23:18 ]
Bo'lim
Adabiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
67.74 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:51 ]
Arxiv ichida: ppt