Alisher Navoiyning hayoti va ijodi

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi

O'quvchilarga / Adabiyot
Alisher Navoiyning hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Alisher Navoiyning hayoti va ijodi Reja: Alisher Navoiyning bolalik va yigitlik davrlari. Navoiy davlat va jamoat arbobi sifatida. Shoirning badiiy, tarixiy, ilmiy va islomiy ruhdagi asarlari. Shoir hayotining so'nggi yillari. O'zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida Navoiy ijodining ahamiyati. Turkiy adabiyotning yirik vakili, turkiy xalqlarning eng buyuk shoiri Alisher Navoiy Xito (y) dan to Xuroson gacha bo'lgan turkiy qavmlarni bir adabiy til bayrog'i ostida birlashtirgan mutafakkirdir. 1441-yilning 9-fevrali (hijriy 844-yil ramazon oyining17-kuni) da Amir Temurning o'g'li Shohrux Mirzo shohligi davrida Hirotda dunyoga keldi. Otasi G'iyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan hamda bu xonadonning ishonchli kishilaridan biri edi. U o'g'lining tarbiyasi va o'qishiga jiddiy e'tibor beradi. Alisherning she'riyatidagi ilk ustozlari tog'alari Mir Sayyid Kobuliy va Muhummad Ali G'aribiylardir. Navoiy bu ulug' zotlarni Majolisun-nafois asarida ehtirom bilan tilga oladi. Kichikligidan she'riyat va musiqaga ishqi tushgan Navoiy olimu fozillar davrasida bo'ldi. Bo'lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o'qidi. 1447-yilda Shohrux vafot etgach, temuriy shahzodalar o'rtasida kurash boshlandi. G'iyosiddin Muhammad xonadoni ham ko'p qatori vatanni tark etdi. Iroqqa yo'l olgan Navoiylar oilasi Taft shahrida to'xtaganda yosh Alisher zamonasining mashhur tarixchisi Sharafiddin Ali Yazdiyni uchratadi. 1451-yilda Alisherlar oilasi Hirotga qaytadi. 1452-yilda Hirot taxtiga Abulqosim Boburmirzo o'tiradi. Navoiyning otasi Sabzavorga hokim qilib jo'natiladi. Ammo oradan ko'p o'tmay dunyodan ko'z yumadi. Bu paytda Alisher 12 yoshda edi. Abulqosim Bobur Alisher va uning maktabdosh do'sti H.Boyqaroni o'z tarbiyasiga oladi. 1459-yili o'zi bilan Mashhadga olib ketadi. Bu yillar davomida Alisher o'qish va ilm egallash bilan shug'ullandi. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt she'r yod olganini aytadi. She'r shunchaki nutq o'stirish emas, ma'rifat, tafakkur mashqi ham edi. She'rga mehr Alisherni ijodga unnadi. Uning 7-8 yoshlardan boshlab she'r yozgani ma'lum. 1455-1458-yillar haqida Navoiy Faqirning nazmlari Xurosonda shuhrat tutib erdi, - deb yozadi. Zamonasining mashhur kishilari bilan yaqindan tanishuv ulardan saboq olish Navoiy dahosining yuksalishiga ham sabab bo'ldi. 1464-yilda A.Navoiy Hirotga qaytadi. Biroq poytaxtdagi noxushliklar sabab u Samarqandga yo'l oladi. 1466-1468-yillar Alisherning umri asosan Samarqandda o'tdi. Bu yerda din huquqshunosi va faylasuf Fazlulloh Abullays qo'lida o'qiydi. Ahmad Hojibekning rag'bat va homiyligida ilm sirlarini olishga harakat qiladi. Samarqandlik shoirlar Uloyi Shoshiy, Yusufshoh Badiiy, Safoyi Andijoniy, Riyoziy, Javhariy, havofiylar bilan yaqin munosabatda bo'ladi. Keyinchalik bu shoirlar Majolisun-nafois asaridan o'zlarining munosib o'rinlarini oldilar. 1465-1466 yillarda Navoiyning muxlislari yozgan she'rlarini to'plab devon tuzdilar. Bu kitob bugun Ilk devon nomi bilan mashhurdir. 1469-yilda Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallaydi va Alisher Navoiyni Hirotga taklif etadi. Alisher voqeadan xabar topishi bilan do'sti huzuriga qaytadi, ramazon hayiti munosabati bilan do'sti sharafiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.41 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Adabiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.41 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga